Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

JK 177-moddasi 
va faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganligi uchun jinoiy javobgarlikni 
nazarda tutuvchi JK 190-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
1
Қимматбаҳо металлар ва қимматбаҳо тошлар билан операциялар бажарувчи корхона, муассаса, 
ташкилотларни, жисмоний шахсларни рўйхатдан ўтказиш тартиби тўғрисидаги Йўриқнома (Ўзбекистон 
Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1995 йил 22 майда 144-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган, 
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан 1995 йил 22 майда 58-сон билан тасдиқланган), 2-банд.
111 


Valuta qimmatliklarini, xususan, sof oltinni quyma holda, qonunga xilof 
ravishda xazina va topilmalarni o‘zlashtirish natijasida olish noqonuniy 
hisoblanishi lozim. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, quyidagi tartibga rioya qilmasdan 
o‘zlashtirilgan ashyo noqonuniy o‘zlashtirilgan hisoblanadi, ya’ni 
yo‘qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni yoki 
ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo‘lgan o‘zga ma’lum 
shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu 
shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan 
bo‘lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo‘lmish shaxsga 
topshirilmog‘i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan 
shaxsning huquqlarini qo‘lga kiritadi va uning majburiyatlarini o‘z 
zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish 
huquqiga ega bo‘lgan shaxs noma’lum bo‘lsa yoki uning manzili ma’lum 
bo‘lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to‘g‘risida militsiyaga, 
tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organiga ma’lum qilishi shart. Ashyoni topib olgan shaxs uni o‘zida saqlab 
turishga yoki saqlash uchun militsiya, tegishli davlat organi yoki 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoxud ular ko‘rsatgan 
shaxsga topshirishga haqlidir. Topilma to‘g‘risida ichki ishlar organlariga 
yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan e’tiboran olti oy 
mobaynida yo‘qolgan ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxs aniqlanmasa 
hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organlariga, tegishli 
davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ana shu 
ashyoga bo‘lgan o‘z huquqi to‘g‘risida arz qilmasa, ashyoni topib olgan 
shaxs unga egalik huquqini oladi. 
Xazina borasida fikr yuritilganda, xazina u yashirib qo‘yilgan yer 
uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasining roziligisiz qazilma ishlarini 
olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu 
xazina joylashgan yerdagi mol-mulkni o‘zlashtirish g‘ayriqonuniy bo‘ladi. 
Tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan, valuta 
qimmatliklari hisoblanadigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, 
ular davlat mulkiga topshirilishi kerak. Bunda xazina yashirib qo‘yilgan 
112 


yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulkning egasi va xazinani topgan shaxs 
birgalikda xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olish 
huquqiga egadirlar. Agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib 
belgilangan bo‘lmasa, mukofot bu shaxslar o‘rtasida teng ulushlarda 
taqsimlanadi. 
Valuta qimmatliklarni saqlash yoki jo‘natish qonunga xilof ravishda 
olish yoki o‘tkazish deb hisoblanmaydi. 
Tayyorlovchi yoki buyurtmachiga qonuniy ravishda tegishli bo‘lgan, 
valuta qimmatligi hisoblanuvchi qimmatbaho metallar va toshlardan 
zargarlik buyumlarining, yasama tishlar va boshqa maishiy buyumlarning 
tayyorlanishi, shu jumladan bunday narsalarning qimmatbaho metallar va 
toshlardan hamda ularning rezgilaridan iborat boshqa zargarlik va boshqa 
maishiy buyumlardan tayyorlanishi valuta qimmatliklarini qonunga xilof 
ravishda olish yoki o‘tkazish sifatida baholanishi mumkin emas. 
Qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin fuqarolar qonunga 
xilof ravishda 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish