Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

JK 177-moddasi 
va 
mansabdorlik jinoyati bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinadi. 
Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish 
sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan harakatlar, ya’ni 
tovarlar, xizmatlar, ishlar uchun chet el valutasida haq to‘lash 
javobgarlikni vujudga keltiradi. Bunday to‘lovlarni faqat qonunda 
belgilangan tartibda tegishli joylarda amalga oshirish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi taqiqlangan qimmatli 
qog‘ozlarni olish yoki o‘tkazish yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududida 
tegishli valuta qimmatliklarini qonun talablarini buzgan holda joylashtirish 
qimmatli qog‘ozlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish deb 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika sarhadlaridan 
tashqaridagi emitentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston 
Respublikasi hududida muomalaga kiritishning umumiy qoidalari, har 
yilgi me’yorlari va tartibini belgilab qo‘yadi. Bunday holda emitent 
hukumatning Umumiqtisodiy bo‘limiga tegishli hujjatlarni yo‘llashi 
darkor. 
O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar Vazirlar 
Mahkamasining kvotasi bilan muayyan summada joylashtiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida emitentlar chiqargan qimmatli 
qog‘ozlarni investitsion institutlar 
— 
O‘zbekiston Respublikasi 
rezidentlari yoki ularning o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va 
litsenziyaga ega filiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi 
qoshidagi qimmatbaho qog‘ozlar bozori Koordinatsiya va nazorat markazi 
orqali joylashtiradi. Qimmatbaho qog‘ozlarni joylashtirishda qimmatbaho 
1
Қаранг
:
Биржадан ташқари валюта бозорида хорижий валютани харид қилиш ва сотиш операцияларини 
ўтказиш тартиби тўғрисидаги Низом (Вазирлар Маҳка- масининг 2001 йил 10 июлдаги 294-сон қарорига
2-
илова) // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2001 й., 13-сон, 90-модда; 2001 й., 20-сон, 
142-
модда; 2002 й., 1-сон, 7-модда; 19-сон, 150-модда; 2003 й., 1-2-сон, 6-модда; 4-сон, 42-модда; 14-сон,
115-
модда; 15-16-сон, 129-модда; 19-сон, 178-модда; 19-сон, 181-модда; 2004 й., 16-сон, 187-модда; 2005 й., 8- 
9-
сон, 69-модда; 2006 й., 30-сон, 294-модда.
110 


qog‘ozlarning yagona davlat reyestridan ro‘yxatdan o‘tkazish lozim. 
Purkaladigan oltinni qazib olish va uni quyma shaklga keltirish (qazib 
olingan rudadan ajratish, oltin moddasi bor boshqa metallardan ajratish, 
chiqindilardan ajratish) ishlari davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va tegishli 
ruxsatnomasiz amalga oshirilsa, jinoyat hisoblanadi. 
Bo‘ysunuvi, mulkchilik shakli, ilmiy, harbiy, ijtimoiy-madaniy, o‘quv 
maqsadidan, ko‘rsatadigan faoliyat turidan qat’i nazar, oltin qazib 
chiqaruvchi, qayta ishlovchi barcha korxona, tashkilot, muassasa, harbiy 
qurollardan qimmatbaho metallar, toshlarni ajratib oluvchi Mudofaa 
vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy 
qismlar va harbiy-texnikaviy utilizatsiya (chiqindilarni qayta ishlash) 
ishlari bilan shug‘ullanuvchi boshqa vazirlik va qo‘mitalar davlat 
ro‘yxatidan o‘tishi shart. Qimmatbaho metallar va toshlar bilan 
operatsiyalarni yakka tartibda mehnat va yakka tartibda tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham albatta davlat ro‘yxatidan 
o‘tishi shart. 
Analizlar uchun kerak bo‘ladigan azotkislotali kumush, tarkibida 
kumush bo‘lgan yorug‘lik sezuvchi materiallar (kinonusxa qiluvchi 
tashkilot va kinostudiyalardan tashqari), elektr texnikasi jihozlari, 
avtomatika, yig‘uvchi mahsulotlar yoki detallar tarkibida mavjud 
qimmatbaho metallar bilan shug‘ullanuvchi korxona va jismoniy shaxslar 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi
1

Qimmatbaho metallar va toshlarni sotish, sotib olish bilan bir martalik 
fuqarolik huquqiy munosabatga kiruvchi shaxslar davlat ro‘yxatidan 
o‘tmaydi. Agar ro‘yxatdan o‘tmasdan va ruxsatnoma olmay turib 
qimmatbaho metallar va toshlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanilsa, 
aybdorning xatti-harakatlari jinoyatlar majmui tariqasida 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish