Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

tugallangan 
hisoblanadi. Mulkiy zarar 
keltirish yoki mulkiy foyda ko‘rganlik jinoyatning zaruriy belgisi 
hisoblanmaydi. 
Subyektiv tomondan 
jinoyat 
to‘g‘ri qasd 
shaklidagi ayb bilan 
tavsiflanadi. Aybdor ustav faoliyatini amalga oshirmaydigan tadbirkorlik 
tashkilotini tuzayotganligini anglaydi va ana shunday tashkilot tuzishni 
istaydi. 
Jinoyatni sodir etishdagi 
motiv 
jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Krida tariqasida jinoyat subyektlari bu vaqtda tamagirlik 
niyatida harakat qiladi. 
Soxta tadbirkorlikning zaruriy belgisi uning 
maqsadi 
— ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy 
kreditlar olish, soliqlardan ozod bo‘lish, egallashga huquqi bo‘lmagan 
boshqa mulkiy foyda ko‘rish maqsadini ko‘zlaganligi hisoblanadi. 
Jinoyatning birinchi maqsadi — noqonuniy 
kreditlar

ssudalar olish 
juda sodda tarzda amalga oshirilishi mumkin. Misol uchun, bankdan 
muddatli, qaytarib berish va foiz shartlari asosida imtiyozli kreditlar 
olinishi mumkin. 
Foyda (daromad)ni soliqlardan ozod qilish yoki kamaytirish 
deganda, qonunga muvofiq tuzilgan vaqtdan boshlab ma’lum muddat yoki 
butunlay ayrim soliqlardan ozod qilingan yoki imtiyozli tarzda soliq 
olinishi mumkin bo‘lgan tijorat tashkilotini (masalan, nogironlar jamiyati, 
turli xil shakllardagi notijorat tashkilotlari) tuzish sifatida tushunish kerak. 
Boshqa mulkiy foyda ko‘rish 
maqsadi deganda, belgilangan tashkiliy-
huquqiy shakllardagi tijorat tashkilotini tuzish va u orqali imtiyozli 
kreditlar olish, soliq imtiyozlarini qo‘lga kiritish, imtiyozli tarzda pul 
mablag‘larini faoliyatiga jalb qilish kabi operatsiyalarni amalga oshirishni 
tushunish lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi quyidagicha tushuntirish 
beradi: «Soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda shaxsning ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy 
127 


kreditlar olish, soliqlardan ozod bo‘lish, egallashga huquqi bo‘lmagan 
boshqa mulkiy foyda ko‘rish maqsadini ko‘zlaganligi hisobga olinishi 
lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning xatti-harakatlarini 
Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj etishga suiqasd qilish 
va soliq to‘lovlari to‘lashdan bo‘yin tovlash va h.k. uchun javobgarlikni 
nazarda tutuvchi moddalari majmui bilan tavsiflashga asos bo‘lishi 
mumkin»
11

Agar soxta tadbirkorlik jamiyatini tuzishdan maqsad taqiqlangan 
faoliyatni (diniy ta’limotlar berish, orden va medal, muhr va shtamplar, 
giyohvand, qattiq ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni tayyorlash va 
boshqalarni) amalga oshirish bo‘lsa, aybdor shaxs jinoyatlar majmui 
tariqasida JK 179-moddasi va tegishli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda 
tutuvchi moddalar bilan javobgarlikka tortiladi. 
Soxta tadbirkorlik tashkiloti aybdor foydasiga g‘ayriqonuniy mol-
mulkni egallash, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mol-
mulkni tortib olish harakatlarini amalga oshirish uchun tuzilgan bo‘lsa, 
aybdor JK 168-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi, chunki bu firibgarlik 
hisoblanadi. 
Soxta tadbirkorlikning 
subyekti 
har qanday 16 yoshga to‘lgan, soxta 
tashkilot aqli raso ta’sischisi yoki ta’sischilari bo‘lgan jismoniy shaxslar 
hisoblanadi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish