Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

bevosita obyekti
mamlakatdagi xo‘jalik 
munosabatlari, davlat, tashkilotlarning iqtisodiy manfaatlari hamda 
kreditorlarning manfaatlarini muhofaza qiluvchi ijtimoiy munobatlardir.
Jinoyat 
obyektiv tomondan
qasddan bankrotlikka olib kelish, ya’ni 
to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish orqali 
sodir etiladi. 
Qasddan bankrotlikka olib kelish
deganda, shaxsiy manfaatlari yoki 
boshqa shaxslarning manfaatlari uchun yakka tartibdagi tadbirkor yoki 
yuridik shaxsning boshqaruv organi, kuzatuv kengashi tarkibiga kiradigan 
shaxs, muassis (ishtirokchi) yoxud yuridik shaxsning mulkdori tomonidan 
qasddan to‘lovga qobiliyatsizligini yuzaga keltirish yoki oshirish sodir 
etilishi, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning 
iqtisodiy nochorlikka (bankrotlikka) olib kelishi tushuniladi. 
To‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish
deganda, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning 
talablarini qasddan qondirmasligi va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z 
majburiyatini bajarishga qodir bo‘la turib bajarmasligi shuningdek, 
qarzdor tomonidan majburiyatning boshlangan kunidan uch oy muddatda, 
shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtiriladigan korxonalar uchun esa – 
olti oy mobaynida tegishli majburiyatlar va (yoki) vazifalarni qasddan 
bajarmasligi tushuniladi. 
135 


Qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash xo‘jalik sudi 
tomonidan qarzdor bankrot deb e’tirof etilgan hamda tugatishga doir ish 
yuritish boshlangandan keyin, qarzdor uchun majburiy ko‘rsatmalar berish 
huquqiga ega bo‘lgan yoxud uning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda 
alomatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlari asosida bankrotlik keltirib chiqarilishini taxmin qilish asoslari 
mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning bankrotligi yuridik shaxs uchun majburiy 
ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan ushbu yuridik shaxsning 
muassisi (qatnashchisi) yoki mulkdori tomonidan faqat, agar u ko‘rsatib 
o‘tilgan huquqdan yuridik shaxs tomonidan buning oqibatida yuridik 
shaxsning bankrotligi boshlanishini oldindan bilgan holda yuzaga 
keltirilgan xatti-harakatlar sodir etish maqsadida foydalangan bo‘lsa, 
qasddan bankrotlikka olib kelish deb hisoblanadi
1

Qarzdorning qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari buning 
natijasida qarzdorning bankrotligi yuzaga kelishini oldindan bilgan holda 
quyidagi xatti-harakatlarni sodir etishida ifodalanadi: 
1) pul mablag‘laridan va boshqa mol-mulkdan qarzdorga qasddan ziyon 
yoki zarar yetkazgan holda jinoiy tarzda foydalanish; 
2) to‘lov intizomini buzish va shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik; 
3) mol-mulkni balans qiymatidan past narxda sotish yoki uni tekin berish; 
4) muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarni undirish bo‘yicha 
belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar ko‘rmaslik; 
5) asosiy faoliyatga (ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatishga) jalb etilgan qarzdor aktivlarining 50 foizdan ortig‘ini boshqa 
shaxslarga berish;
6) ijro etuvchi organ va/yoki kuzatuv kengashi tomonidan tegishli 
ravishda ularning vakolatiga kirmaydigan yirik bitimlar tuzish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 
avgustdagi
224-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Soxta bankrotlik, bankrotlikni 

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Сохта банкротлик, банкротликни яшириш ва қасддан 
банкротликка олиб келиш аломатларини аниқлаш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида»ги Қарори // Ўзбекистон 
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 33-сон, 441-модда.
136 


yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash 
qoidalari»ning 28-bandiga asosan, qarzdorni qasddan bankrotlikka olib 
kelish alomatlarini aniqlash maqsadida tahlil o‘tkaziladi, u ikki bosqichga 
bo‘linadi. 
Birinchi bosqichda ushbu Qoidalarning 13 va 17-bandlarida ko‘rsatilgan 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha qarzdorning to‘lov qobiliyati tahlil qilinadi va 
qarzdorning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari ta’minlanganligidagi 
o‘rganilayotgan davrda yuz bergan o‘zgarishlarni tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar hisoblab chiqiladi. 
Ikkinchi bosqichda majburiyatlar ta’minlanganligi ko‘rsatkichlarida 
jiddiy yomonlashish aniqlangan taqdirda, ikkinchi bosqichda shu davrning 
o‘zida qarzdorning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari 
ta’minlanganligi ko‘rsatkichlaridagi jiddiy o‘zgarishlarga olib kelgan 
bitimlarni sodir etish shart-sharoitlari tahlil qilinadi. 
Ko‘rsatkichlarning jiddiy yomonlashishi deganda, biror-bir choraklik 
davrda ularning pasayishi sur’ati o‘rganilayotgan davrda ushbu ko‘rsatkichlar 
qiymatlari pasayishining o‘rtacha sur’atidan oshgandagi pasayish tushuniladi. 
Qarzdorning bitimlarini tahlil qilish davomida bitimlar va qarzdorning 
boshqaruv organlari harakatlarining (harakatsizligining) qonun hujjatlariga 
muvofiqligi, shuningdek bozor shartlariga muvofiq bo‘lmagan shartlarda 
tuzilgan yoki bajarilgan, qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi yuzaga 
kelishiga yoki ko‘payishiga sabab bo‘lgan va unga aniq ziyon yetkazgan 
bitimlar aniqlanadi. 
Bozor shartlariga muvofiq bo‘lmagan shartlarda tuzilgan bitimlarga 
quyidagilar kiradi: 
a) qarzdorning oldi-sotdi bitimlari hisoblanmagan, qarzdorning 
aktivlarini kamroq likvidli aktivlarga almashtirishga yo‘naltirilgan mol-
mulkni o‘zgaga berish bo‘yicha bitimlari; 
b) qarzdorning mol-mulki bilan amalga oshiriladigan, qasddan qarzdor 
uchun foyda keltirmaydigan shartlarda tuzilgan yoki qarzdorning xo‘jalik 
faoliyati to‘xtab qolishiga sabab bo‘lgan oldi-sotdi bitimlari; 
v) qarzdorning mol-mulk bilan ta’minlanmagan majburiyatlari paydo 
bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek likvidli bo‘lmagan mol-mulk 
sotib olinishiga sabab bo‘lgan bitimlar; 
137 


g) ba’zi majburiyatlarni qasddan foyda bermaydigan shartlarda boshqa 
majburiyatlar bilan almashtirish bo‘yicha bitimlar. 
Qarzdor uchun oldindan ma’lum bo‘lgan foyda bermaydigan 
shartlardagi bitimlarga quyidagilar kiritilishi mumkin: 
a) vujudga kelgan bozor konyunkturasiga nisbatan yetkazib beriladigan 
(sotib olinadigan) tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning 
pasaytirilishi yoki oshirilishi; 
b) to‘lovning qarzdor uchun noqulay muddatlari va (yoki) usullari; 
v) qarzdor mol-mulkining o‘zgaga berilishi yoki mol-mulkka 
majburiyatlar yuklanishining har qanday shakllari, agar ular qarzdorlik 
teng darajada qisqarishi bilan birga kechmasa. 
JKning 181
1
-moddasida nazarda tutilgan qilmish moddiy tarkibli jinoyat 
bo‘lib, qilmish natijasida jinoiy oqibat yuzaga kelsagina sodir etilgan 
qilmish jinoyat sifatida baholanadi.
Qilmish natijasida quyidagi oqibatlarning yuzaga kelishi uni JKning 
181
1
-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishga asos bo‘ladi: 
1) yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning barqaror 
iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelish; 
2) kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish