Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

G‘arazgo‘ylik bilan 
deganda, shaxsning chet el valutasini yashirish 
natijasida biron-bir moddiy naf chiqarib olishga intilishi (masalan, valutani 
daromadga aylantirish, qarzni to‘lash va hokazolar) tushuniladi. Chet el 
valutasini yashirish faktini g‘arazgo‘ylik tufayli sodir etilgan deb 
kvalifikatsiya qilish uchun aybdorda g‘arazli intilish 
JK 178-moddasida 
ko‘zda tutilgan jinoyat sodir etilishidan oldin yuzaga kelganligini aniqlash 
zarur. Basharti aybdor valutani yashirgach, uni noqonuniy o‘zlashtirgan 
bo‘lsa, uning harakatini chet el valutasini yashirish sifatida (boshqa 
og‘irlashtiruvchi holatlar bo‘lmasa) jinoyatlar majmui tariqasida 
JK 178-
moddasining 1-qismi 
hamda JK 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata 
yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha kvalifikatsiya qilish zarur. 
Agar chet el valutasini yashirish uyushgan guruh tomonidan yoki uning 
manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, jinoyatchi 
JK 178-moddasining 
3-qismi 
bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 
Ko‘rsatilgan og‘irlashtiruvchi va alohida og‘irlashtiruvchi holatlarda 
jinoyatni kvalifikatsiya qilish belgilari yuqorida tahlil qilingan va ulardan 
alohida xususiyatlarga ega emas. 
«Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy 
mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat 
jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
1
gi 
O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 178-moddasi rag‘batlantiruvchi norma bilan to‘ldirilgan 
bo‘lib, unga muvofiq ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi 
qismining «a» va «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta 
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017., № 1, Б.1. 
124 


sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik 
muddatda yashirilgan chet el valutasini O‘zbekiston Respublikasining 
vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini 
ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish