Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

178-moddasining 4-qismiga
muvofiq aybdor shaxs sodir etgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod 
bo‘lishi uchun quyidagi shartlarni bajarishi zarur: 
1. Shaxs ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining «a» va 
«v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan 
bo‘lishi kerak. 
2. Jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda 
yashirilgan chet el valutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat 
berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini ta’minlagan 
bo‘lishi kerak. 
5-§. Soxta tadbirkorlik (JK 179-moddasi) 
Jinoyatning 
obyekti 
korxonalar yoki boshqa tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanuvchi tuzilmalarning qonunda, o‘z ustavida belgilangan 
faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, davlat, jamiyat 
va fuqaroning tadbirkorlik faoliyati sohasidagi iqgisodiy manfaatlari 
hisoblanadi. 
Jinoyatning 
obyektiv tomoni 
ustavda ko‘rsatilgan faoliyatni amalga 
oshirish maqsadini ko‘zlamasdan, qarz, kredit olish, foyda (daromad)ni 
soliqlardan ozod qilish yoki boshqa mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida 
korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlarini tuzishda ifodalanadi. 
FK 40-moddasiga muvofiq, foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy 
maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni shunday 
maqsad qilib olmagan (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs 
bo‘lishi mumkin. 
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, 
ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan 
boshqacha shaklda tuzilishi mumkin. 
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, 
125 


ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan 
muassasa shaklida, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha 
shaklda tashkil etilishi mumkin. 
FK 41-moddasida yuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda 
tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqaroviy huquq layoqatiga ega 
bo‘ladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning nizomi yoki 
qonun hujjatlarida belgilangan bo‘ladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish