ta’minlash tartibida jarima ko‘rinishidagi jazoni moddaning sanktsiyasi o‘z
ichiga olgan barcha hollarda jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni
davlat
daromadiga o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi JPK
290-moddasiga muvofiq, hukmning fuqaroviy da’voga va boshqa mulkiy
undirishlarga doir qismining ijrosini ta’minlash uchun surishtiruvchi,
tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki
fuqaroviy javobgarning yoxud jinoiy yo‘l bilan topilgan mulki bo‘lgan
shaxslarning mol-mulkini xatlashi shart.
FPK 248- va 249-moddalariga (XPK 76-,77-moddalariga) muvofiq, sud
yoki sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan yoki o‘z
tashabbusi bilan yoxud javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki
boshqa shaxsda turgan mol-mulk yoxud pul mablag‘larini xatlash,
javobgarning muayyan harakatlarni amalga oshirishini
taqiqlash tarzidagi
da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkin.
Band solingan mol-mulk protsessual qonunchilik talablariga rioya qilgan
holda xatlanadi. Bunda, xatlangan mol-mulk jinoyat
ishi yuzasidan
vakolatli shaxs ko‘rsatmasiga muvofiq, saqlash uchun o‘zini o‘zi
boshqarish organlari yoki boshqa organga yoxud shu mol-mulkning
egasiga yoki oila a’zolaridan voyaga etgan shaxsga topshiriladi. Ushbu
mol-mulkning saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik
tushuntiriladi va tilxat olinadi. Pul qo‘yilmalarini xatlash to‘g‘risida
qaror
bankning tegishli bo‘limiga yuboriladi, qaror olingandan so‘ng bu
qo‘yilma bo‘yicha bank operatsiyalari to‘xtatiladi. Da’voni ta’minlash
tartibidagi fuqarolik ishi bilan bog‘liq mulkni xatlash yoki ro‘yxatga
olishda shunga o‘xshash oqibatlar kelib chiqadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar
oilasining normal turmushini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan uy-joy,
kvartira, uy anjomlari va
jihozlari, kiyim va buyumlar xatlanmaydi.
Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf
qilish, zarur hollarda esa undan foydalanish man etilganligini e’lon
qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab
turish uchun
boshqa shaxslarga topshirishdan iborat.
Agar shaxs tomonidan qamoqqa olish ko‘rinishidagi ehtiyot chorasini
483
qo‘llash mumkin bo‘lmagan jinoyat
sodir etilsa, tergov organi unga
nisbatan yengilroq chora qo‘llashi mumkin, ulardan biri garov hisoblanadi.
Garov ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa
fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan dastlabki tergov organi yoki sud
depozit hisobvarasiga topshiriladigan pul mablag‘i yoki qimmatbaho
buyumlardan iborat. Garov tariqasida ko‘chmas mol-mulk ham qabul
qilinishi mumkin. Shaxs tomonidan JPK 46-moddasida ko‘rsatilgan
majburiyatlar bajarilmagan holda, garov sud ajrimi
bilan davlat mulkiga
aylantiriladi.
Jinoyatning
Do'stlaringiz bilan baham: