Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

JK 231-moddasi
2-qismi
bilan kvalifikatsiya qilinadi. Odam o‘limi adolatsiz sud hujjatining 
chiqarilishi bilan bevosita (masalan, aybsiz sudlanganga o‘lim jazosi 
479 


tayinlash) yoxud ushbu holat bilan bilvosita bog‘liq bo‘lishi mumkin 
(masalan, o‘zini o‘zi o‘ldirish natijasida). 
Boshqa og‘ir oqibatlarga:
shaxsni og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir 
etishda ayblash, ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarish, bir necha shaxsning 
noqonuniy hukm qilinishi, aybsiz sudlangan shaxsning oilasi uchun og‘ir 
oqibatlarga olib kelish, ko‘p miqdorda zarar yetkazish va aytib o‘tilganlar 
bilan teng oQirlikdagi boshqa oqibatlarni kiritish mumkin. 
4-§. Sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi) 
Jinoyat 
obyekti
sudning va sud hujjatlarini ijro etish bilan 
shug‘ullanadigan davlat organlarining normal faoliyatini ta’minlovchi 
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 
Obyektiv tomondan 
sharhlanayotgan jinoyat muayyan harakatlarni 
sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini 
yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo 
qo‘llanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek, sud hujjatining ijro 
etilishiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadi.
NOTA BENE ! 
Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash
deganda, ijro uchun kelib 
tushgan sud hujjatini amalga oshirish bevosita funktsiyalariga kiradigan 
shaxsning harakatsizligi, tegishli sud hujjatlarida ifoda etilgan ko‘rsatma, 
talab yoki qoidalarga rioya etmaslik tushuniladi. Xususan, qonunning 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasiga muvofiq, sud hujjati ijrochini muayyan 
harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish 
majburiyatini yuklashi mumkin. 
Mazkur jinoyat obyektiv tomonining belgilarini aniqlash sud hujjatining 
protsessual shakli (hukm, hal qiluv qarori, ajrim, qaror) va mazmuniga, 
uning predmetiga, ijro muddati va boshqalariga bog‘liq bo‘ladi. 
Xususan, muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni 
tayinlash to‘g‘risidagi sud hukmiga nisbatan sud hukmi bilan mazkur 
shaxs tomonidan amalga oshirilishi yoki egallanishi taqiqlangan faoliyatni 
480 


amalga oshirish yoki mansabni egallash bilan bog‘liq ishga shaxsni qabul 
qilish bo‘yicha harakatlar yoxud bunday hukm chiqarilgan shaxsni ishdan 
bo‘shatmaslik mazkur jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etadi. 
Yoki, masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarorini ijro 
etmaslikda buxgalter ijro varaqasini olganida javobgarning ish haqidan 
tegishli ajratmalarni, chegirmalarni amalga oshirmaydi. 
Qilmishni JKning 232-moddasiga ko‘ra kvalifikatsiya qilishda sud 
hujjatini qonuniylik, asoslanganlik va adolatlilik tamoyillariga javob 
berishi, mazmuni aniq, tushunarli bo‘lishi va tayinlanish maqsadiga 
alohida e’tibor berish kerak. Mazkur talablarga javob bermaydigan sud 
qarorini sud tomonidan takroran talab qilingan taqdirda ham bajarmaslik 
bilan bog‘liq harakatlarni qasddan sud hujjatini bajarmaslik deb topib 
bo‘lmaydi. 
Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini 
tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash 
shaxsga ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirilgan 
taqdirdagina sharhlanayotgan modda bo‘yicha javobgarlikni vujudga 
keltiradi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish