Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


-§. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

7-§. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-
qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash
(JK 235-moddasi) 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida: «hech kim qiynoqqa 
solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi 
boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas»
1
, — deb 
mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning ushbu 26-moddasi 1948 yilda 
qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 
5-moddasiga mos keladi.
Konstitutsiya qiynoqqa solish, shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-
qimmatni kamsituvchi hisoblangan muomala hamda jazo turlarini 
qo‘llashni taqiqlashni talab qiluvchi xalqaro huquqning umume’tirof 
etilgan prinsiplari va normalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida 
amalga oshirilishiga zamin yaratadi. Qiynoqqa solish, boshqa shafqatsiz, 
g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo 
turlari xalqaro hamjamiyat tomonidan g‘ayriinsoniy va yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydigan holat sifatida tan olinadi. Amalda qiynoqqa solish, masalan, 
1949 yil 12 avgustdagi harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala 
to‘g‘risidagi Konventsiya, 1966 yil 19 dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy 
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt, 1995 yil 26 maydagi Insonning asosiy 
huquq va erkinliklari to‘g‘risidagi MDH Konvensiyasi, 1984 yil 
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий 
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган 
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 
апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, 
XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 
апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-
моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон 
Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг 
Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 
йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 
иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган 
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 
қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан 
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 
83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-
моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 
Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг 
Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-
моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган 
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 11-б. 
494 


10 dekabrdagi Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, 
insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi 
Konventsiya va boshqa qator hujjatlarda taqiqlangan. Qiynoq hamda 
muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-
qimmatni kamsituvchi turlarini qo‘llashni hech bir mansabdor shaxsning 
buyrug‘i, hech qanday favqulodda holat, urush holati yoki urush xavfi, 
milliy xavfsizlikka tahdidi, ichki siyosiy beqarorlik yoki boshqa har 
qanday tasodif bilan oqlab bo‘lmaydi. 
Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka 
zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlarini qo‘llash jinoiy javobgarlikni 
keltirib chiqaruvchi harakat hisoblanadi. Qiynoqqa solish faktining o‘zi 
xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro huquqning asosiy prinsiplari va 
normalarini buzuvchi og‘ir huquqbuzarlik, insonga qarshi jinoyat sifatida 
tan olinadi.
Mustaqil O‘zbekistonning Jinoyat kodeksi qiynoq sifatida tan olingan 
harakatni amalga oshirgani uchun javobgarlikni avval boshdanoq xalqaro 
huquq talablariga asosan belgilagan. Lekin xalqaro huquqning amalda 
qiynoqni taqiqlash va aybdor shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishni talab 
qiluvchi normalarining implementatsiyasi tarqoq va tizimga solinmagan 
edi. Xususan, «qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, 
insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlari» tushunchasi 
bo‘lmagan. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni jinoyat qonunchiligidagi 
mazkur kamchilikni bartaraf etdi hamda unga izchillik va tizimlilik baxsh 
etdi. 
Jinoyatning 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish