bevosita obyekti
surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura
va sud idoralarining normal faoliyati va obro‘yi, fuqarolarning huquqlari
va qonuniy manfaatlari hisoblanadi.
JK 234-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan
jinoyatning obyektiv
tomoni
qonunga xilof ravishda ushlab turishda, ya’ni shaxs erkinligini
qisqa muddatga cheklashda ifodalanadi.
Jinoyatning obyektiv tomoni
faol harakat
orqali sodir etiladigan
qilmish sifatida baholanadi.
Mazkur jinoyat obyektiv tomonida nazarda tutilgan ushlab turish
deganda, jinoyat-protsessual majburlov chorasi nazarda tutiladi.
NOTA BENE !
JPKning 220-moddasiga muvofiq,
ushlab turish
jinoyatni sodir etishda
gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga
barham berish, qochib ketishi, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib
yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum
qilishdan iboratdir.
Mazkur holatda
ushlab turish deganda
, jinoyat sodir etishda gumon
qilinayotgan shaxsning jinoyatga aloqadorligini va (zarur hollarda) uni
qamoqqa olish masalasini hal etishda shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan
qisqa muddatli jinoyat-protsessual majburlov chorasi tushuniladi.
Ma’muriy qamoq tarzidagi ushlab turish chorasi qonunga xilof ravishda
deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas, chunki bunday ushlab turish
aynan surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan amalga oshirilishi
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) –
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 11-б.
487
lozim.
Ushlab turish jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ham, ish
qo‘zg‘atilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. So‘nggi holda
ushlab turishga faqat tergovchi, surishtiruvchi, prokurorning qaroriga yoki
sudning ajrimiga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
JPK 221-moddasiga muvofiq, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan
shaxs quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda ushlab turilishi mumkin:
1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga
tushsa;
2) jinoyat guvohlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir
etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar;
3) uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan
jinoyatning yaqqol izlari topilsa;
4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan
ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan
joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa.
Ushlab turish jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ham, ish
qo‘zg‘atilgandan keyin ham amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, o‘z
navbatida, oxirgi holatda ushlab turish faqat surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror qaroriga va sudning ajrimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushlab turish ushlab turilgan shaxs militsiya yoki huquqni muhofaza
qiluvchi boshqa organga keltirilgan vaqtdan boshlab etmish ikki soatdan
ortiq davom etishi mumkin emas, mustasno holat sifatida qidiruvda
bo‘lgan shaxsni tergov o‘tkaziladigan joyga yetkazishni hisobga olib,
prokuror ushlab turish muddatini 48 sutkaga uzaytirishi mumkin. Ushlab
turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud bo‘lganda, shaxs
ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb e’lon
qilinishi, JPK 109–112-moddalari qoidalariga muvofiq, so‘roq qilinishi va
JPK 236–240-moddalari qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot chorasini
tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur.
Har qanday holatda jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni
ushlab turish uchun olib borilgan joyda huquqni muhofaza qiluvchi organ
xodimi ushlab turish bayonnomasini tuzib, unda quyidagilarni bayon
488
qilishi kerak: kim tomonidan, qachon, qanday holatda, qonunda
belgilangan qanday asoslarda ushlangan; ushlab turilgan shaxs qanday
jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda; qanday vaqtda u militsiya yoki
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga olib kelingan. Bayonnomani
ushlab turish uchun asos bo‘lgan holatlarni tekshiruvchi ichki ishlar organi
yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi, jinoyat sodir
etishda gumon qilinayotgan shaxsni ushlagan vakolatli shaxs yoki fuqaro,
xolislar va ushlab turilgan shaxs imzolaydi.
Ushlab turilgan shaxs quyidagi hollarda ozod qilinishi mumkin, agar:
jinoyat sodir etilganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa;
ushlab turilgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi
qo‘llash zarurati bo‘lmasa;
ushlab turishning belgilangan muddati o‘tganda.
Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi,
prokurorning qarori va sudning ajrimiga asosan ushlab turilganlar
saqlanayotgan joyning boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Ozod qilish
to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib
tushishi bilan darhol ijro etiladi.
Qonunga xilof ravishda ushlab turish deganda, JPK 221-moddasida
nazarda tutilgan qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagan va qonun shartlarini
buzgan holda qisqa muddatli ozodlikdan mahrum qilishni tushunish lozim.
Qonuniy asoslar mavjud bo‘lmaganligi nafaqat ushlab turish uchun
asoslarning mavjud bo‘lmasligi, balki uni davom ettirish bilan bog‘liq
asoslar yo‘qligi bilan ham izohlanadi, masalan, jinoyat sodir etilganligi
to‘g‘risidagi gumon o‘z tasdig‘ini topmaganda. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi
doirasida tegishli qaror chiqarmasdan ushlab turishni amalga oshirish ham
qonuniy asoslarsiz ushlab turish deb baholanadi.
Bundan tashqari, JPK muayyan doiraga kiruvchi shaxslarni ushlab
turishga nisbatan immunitet belgilaydi, xususan, deputatlar, sudyalar,
prokurorlar jinoyat ustida yoki uni sodir qilib bo‘lgan zahoti qo‘lga
olinganlarida ushlab turilishlari mumkin. Mazkur shaxslarning boshqa
asoslarga ko‘ra ushlab turilishini ham qonuniy asoslarsiz ushlab turish
sifatida baholash lozim. Shuningdek, diplomatik immunitetdan
489
foydalanayotgan shaxslarni ham ushlab turish noqonuniy ushlab turish
sifatida baholanishi lozim. Bunda deputat, sudya yoki prokurorning
immunitetidan farqli o‘laroq, diplomatik immunitetga ega shaxs har
qanday asos mavjud bo‘lgan taqdirda ham ushlab turilishi mumkin emas.
Tahlil qilinayotgan jinoyatda ushlab turish haqidagi bayonnoma tuzilgan
va bu haqda ushlab turilgan shaxsga e’lon qilingan paytdan e’tiboran,
ushlab turish haqidagi bayonnoma tuzishga doir qonun talablari buzilgan
holda esa, shaxs haqiqatda huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgan
paytdan e’tiboran jinoyat
Do'stlaringiz bilan baham: |