Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

185
2
-moddasi 1-qismi
bilan javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat 
subyektiv tomondan 
hamma vaqt 
qasddan 
sodir etiladi, aybdor 
o‘z harakatlarining qonunga xilof ekanligini anglaydi, jinoiy oqibatlarning 
kelib chiqishini xohlaydi va bunga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. 
Jinoyatning 
subyekti 
16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso jismoniy 
shaxs bo‘lishi mumkin. Aybdorning sharhlanayotgan moddaning 
2, 3, 4-
qismlari 
bo‘yicha javobgarligi o‘sha harakatlar tufayli ancha miqdorda, 
ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganidan vujudga keladi. 
(Ancha, ko‘p va juda ko‘p miqdor tushunchasi JKning 8-bo‘limida 
berilgan.) 
JKning 
185
2
-moddasi 5-qismida 
rag‘batlantiruvchi norma nazarda 
tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, agar ayblanuvchi yetkazilgan moddiy zararning 
o‘rnini qoplagan taqdirda, ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum 
qilish tariqasidagi jazolar qo‘llanilmaydi. 
JKning 
185
2
-moddasi 6-qismida 
rag‘batlantiruvchi norma nazarda 
tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u 
jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan 
moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi. 
«Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar» mavzusi 
bo‘yicha yakuniy savollar
1.
Naf keltirmaydigan bitim tuzish deganda nima tushuniladi? 
«O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari» tushunchasiga ta’rif bering. 
2.
Qalbaki pul, Aksiz markalar yoki qimmatli qog‘ozlar yasash yoki 
o‘tkazganlik uchun javobgarlikning kelib chiqish shartlari qanday? JKning 
176-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning shakllari qanday? 
183 


3.
Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘oz yasash yoki ularni o‘tkazish va 
qonunga xilof ravishda valuta qimmatliklarini olish yoki o‘tkazishning 
qanday umumiy tomonlari va farqlari mavjud? 
4.
Valuta qimmatliklarini g‘ayriqonuniy olish va o‘tkazish deganda 
nima tushuniladi? 
5.
Valuta qimmatliklarini g‘ayriqonuniy olish yoki sotganlik uchun 
javobgarlik shartlari qanday? 
6.
Chet el valutasini qasddan yashirish nimalarda ifodalanadi? 
7.
Chet el valutalarini yashirish o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj 
qilishdan qanday farq qiladi? 
8.
Soxta tadbirkorlik deganda nima tushuniladi? 
9.
Soxta tadbirkorlik o‘zgalar mulkini aldash yoki ishonchni suiiste’mol 
qilish yo‘li bilan egallab olishdan qanday farq qiladi? 
10.
Soxta bankrotlik deganda nima tushuniladi? 
11.
Soxta bankrotlik uchun javobgarlik shartlari qanday? Bu jinoyat 
o‘zlashtirish yoki firibgarlik jinoyatlaridan qanday farq qiladi? 
12.
Soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirishning qanday umumiyligi 
mavjud? 
13.
Bankrotlikni yashirish deganda nima tushuniladi? Bu jinoyatning 
talon-torojdan qanday farqi mavjud? 
14.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzish qanday harakatlarda 
ifodalanishi mumkin? 
15.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzish jinoyatining javobgarlikni 
og‘irlashtiruvchi holatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
16.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzishning jinoiy javobgarlik asosi 
sifatida qanday shartlar e’tirof etiladi? 
17.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish qanday harakatlarda 
ifodalanadi? 
18.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzishning ijtimoiy xavfliligi 
nimalarda ifodalanadi? 
19.
Soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortishning belgilarini 
aytib bering. 
20.
Foydani (daromadni) va soliq to‘lash obyektlarini yashirish, 
184 


kamaytirib ko‘rsatish belgilarini tushuntirib bering. 
21.
Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish 
nimalarda ifodalanadi? 
22.
Budjet intizomini buzishning belgilari. 
23.
Qimmatbaho metallar va toshlarni topshirish qoidalarini buzishning 
valuta qonunchiligini buzish va o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish 
jinoyatlaridan farqlarini ko‘rsatib bering. 
24.
Yer osti boyliklari, qimmatbaho metall va toshlarni o‘zlashtirib 
olishning talon-toroj qilishdan farqini aniqlab bering. 
25.
Rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, 
olish, foydalanish va o‘tkazish qoidalarini buzish deganda nimalar 
tushuniladi? 
26.
Davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va foydalanish qoidalarini 
buzishni yuridik tahlil qilib bering. 
27.
Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish 
qoidalarini buzish qanday harakatlardan iborat? Mazkur jinoyatning aldash 
yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazishdan 
farqi nimada? 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish