obyektiv tomondan
quyidagicha sodir etilishi mumkin:
a) o‘zboshimchalik bilan elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod
tarmoqlariga ulanish; b) elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, issiq yoki
sovuq suvni hisoblovchi qurilmalarni, shu jumladan ularning plombalarini
buzish; v) ushbu hisoblash asboblariga ularning ko‘rsatkichlarini
o‘zgartirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish.
Suv va gaz qurilmalari tarmog‘i deganda, gaz yoki suvni ishlab
chiqaruvchidan (sotuvchidan) iste’molchiga (sotib oluvchiga) yetkazish va
uning uzluksizligi hamda texnologik birligi (masalan, kompressor
qurilmalari, ulagich quvurlar) tushuniladi. Ushbu holatda gaz va suv
qurilmalari tarmog‘idagi mavjud texnik uzilishlar (ya’ni, mazkur tarmoqqa
mos keladigan shartli loyihalar, masalan, quvur o‘rniga avtomobil
transportidan foydalanish) mazkur moddadagi nazarda tutilgan tarmoq
mazmuniga mos kelmaydi.
Elektr, issiqlik,
gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik
bilan, ya’ni qonunda o‘rnatilgan tartib asosida vakolatli organ ruxsatisiz
ulanish ijtimoiy xavfli hisoblanadi.
Ayniqsa, kommunal tizimda suv ta’minotining yangi obyektlariga
ulanish va uning miqdorini oshirishda buyurtmachi (abonent) SXK
tashkilotidan ruxsat olishi kerak. Suv quvurlari va ularga ulanishga ruxsat
berish va texnik shartlar idoraviy tegishliligidan qat’i nazar, barcha uchun
majburiydir
1
. Gaz quvurlarga ulanish tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan,
maxsus qurilish montaj tashkiloti tomonidan tashish, almashtirish,
qo‘shimcha vositalarni o‘rnatish (ikkitagacha qurilma o‘rnatish) ta’mirlash
va texnik xizmat ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan gaz xo‘jaligi
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘rnatilgan tartibni buzib, gaz yoki suv tarmoqlariga ulanish gaz yoki
suv resurslaridan nazoratsiz foydalanish maqsadida amalga oshirilgan
taqdirdagina ushbu modda bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 5-сон, 57-модда, 17-сон, 200- модда; 2005 й., 3-4-сон, 26-
модда, 8-9-сон, 69-модда, 21-сон, 151-модда; 2006 й., 41-сон, 414-модда, 46-47-сон, 458-модда, 48-50-сон, 481-
модда; 2007 й., 43-сон, 429-модда; 2008 й., 10-11-сон, 63-модда).
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикаси сув таъминоти ва сувоқава коммунал тизимидан фойдаланиш қоидалари
(Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1994 йил 22 апрелда 44-сон билан давлат рўйхатидан
ўтказилган), 2.1-банд.
181
Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga ulanish elektr,
issiqlik, gaz yoki vodoprovod suvini amalda sarflangan
sarflanmaganligidan qat’i nazar, tarmoqqa ulangan vaqtdan boshlab
jinoyat tugallangan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |