m urakkablashtiruvchi tizim orqali logopediyada
qabul qilingan usullarni
qo'llash bilan olib boriladi. Bunda bolalarni nutq oiganlari artikulatsiyasiga
ongli yondoshishga, o 'z talaffuzini nazorat qilishga, n u tq q a qo'yilgan
tovushlarnigina em as, balki nutqdagi barcha tovushlarni aniq va to 'g 'ri
talaffuz etishga, tovushlarni hosil bo'lish o 'rn i va jarangdorligiga k o 'ra
tasniflab berishga o'rgatish lozim. Bunday tayyorgarlik ishlaridan so'ng
bolalarda tovush analizi operatsiyasini shakllantirishga, y a ’ni b o 'g 'in va
so'zlarda tovushlarni ajrata bilishga o'rgatiladi.
Korreksion ishning II davrida olib boriladigan logopedik ishlar
mazmuni
K orreksion ta ’lim ning II davrida tovushlarni n utqqa qo'yish
davom
ettiriladi, nutqqa qo'yilgan tovushlarni nutqda m ustahkam lash; eshitish
idrokini rivojlantirish; tovush analizi va sintezini shakllantirish: a) so'zda
tovush o 'rn in i to p ish (so 'z boshida, o 'rta sid a , oxirida); b) so 'z la rd a
tovushlar soni va k etm a— ketligini aniqlash;
nutqning leksik gram m atik
tom onini boyitish va rivojlantirish bo'yicha logopedik ish olib boriladi.
Ushbu davrda ham tovushlarni nutqqa qo'yish ishlari davom ettirildi.
Tovushlarni nutqda m ustahkam lashga bolalar tovushlarni to 'g 'ri va aniq
talaffuz qila olganlaridan so'ng o'tiladi.
Tovushlarni nutqda m ustahkam lash uchun turli xil ish turlaridan
foydalaniladi: kerakli tovush ishtirok etgan b o 'g 'in lar, b o 'g 'in birikm alari,
so 'z, jum lalarni logoped ketidan qaytarish; rasm lar b o 'y ich a so'zlarni
m ustaqil
talaffuz etish; berilgan tovushga so 'z o'ylab topish; o'qilgan
m atnni qayta hikoya qilib berish, kerakli tovushni o 'z ichiga olgan
topishm oq , tez aytish, m aqol, kichik-kichik m atn va sh e ’rlarni aytib
berish.
Tovushlar differensiatsiyasi
ustida ish olib borish
II
davrning asosiy
vazifalaridandir. Logopedik ish k o 'rish, eshitish, taktil vibratsion va
kinestetik nazoratga tayangan holda olib boriladi.
F o n e m a tik idrokni rivojlantirish b olalar bilan olib b o riladigan
korreksion ishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fonem atik idrokni rivojlantirish ishlari tovush analizini
shakllantirish
bilan o 'z a ro bog'Iiq holda olib boriladi.
,
F o n em atik idrokni rivojlantirish ishlarida quyidagi m ashqlardan
foydalaniladi:
— nutqiy b o 'lm ag an tovushlarni ajratish;
— to v u sh lar q a to rid a n m a ’lum to vushlarni ajratish (aku stik va
artikulatsion belgilari o 'z a ro yaqin bo'ladi);
— so'z tarkibidan m a ’lum tovushni ajratish (tovush tarkibi jih atid an
yaqin va uzoq bo'lg an tovushlar);
— berilgan tovushga so 'z o'ylab topish;
— bitta tovush bilan farq qiluvchi b o 'g 'in lar qatorini qaytarish;
469
— berilgan m a ’lum
tovushga rasm tanlash;
— n u tq ta t o ‘g ‘ri talaffuz q ilinad igan so ‘zlard an o ‘zlashtirilgan
tovushlarni m ustahkam lash;
— so‘z tarkibidagi alohida tovushlarni eshita bilish.
Bu va yana boshqa vazifalar, m ashg'ulotlar davom ida maqsadga k o ‘ra
takrorlanadi. T a ’limiy m ashg'ulotlarni o ‘yin ko'rinishida o'tkazish tavsiya
etiladi. H ar bir o'yin boshqa vazifalarni, y a’ni: so 'zlar , gaplar va mustaqil
nutqda tovushlarni to 'g 'ri talaffuzini m ustahkam lashni ko'zlagan holda
o'tkaziladi.
O 'yinlar nutqda tovushlarni m ustahkam lash va aniqlash, fonem atik
idrokni rivojlantirishga xizm at qiladi. M ashg'ulot davom ida " Topchi
nim ani ovozi", "Ovoz qayerdan kelyapti", "So'zdagi tovushni top", "Kim
ko'proq so 'z topadi", "Rasm larni eslab qol" kabi o'yinlardan
foydalanish
tavsiya etiladi.
Aniq kinestetik va eshitish sczgilariga tayangan holda olib borilgan
tovush analizi va sinteziga oid m ashqlar o 'z navbatida nutq tovushlarini
o 'zlashtirishga, o 'z talaffuzi ustida m ustaqil n azorat k o 'n ik m alarin i
tarbiyalashga, disgrafiya va disleksiyani oldini olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: