1 sintaksis (SO’z birikmasi)


Gap tarkibida bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana14.05.2022
Hajmi0,7 Mb.
#603754
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Sintaksis

Gap tarkibida bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha 
tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda so‘z birikmalari zanjiri hosil 
bo‘ladi. 
So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi 
mumkin. Masalan, 
Xalqimizning an’analari va udumlari 
birikuvida 2 ta so‘z birikmasi mavjud: 
1) xalqimizning 
an’analari; 2) xalqimizning udumlari. Xalqimizning 
so‘zi 
an’analari 
va 
udumlari 
so‘ziga hokimlik qilmoqda. 
Natijada zanjir paydo bo‘lmoqda:○→□←○. Shartli ravishda hokim so‘z (ergashgan qo‘shma gaplarda bo‘lgani 
kabi) to‘rtburchak shaklida, tobe so‘z esa doira shaklida ifodalanmoqda. 
Paxta gulli chinni piyola 
birikuvida 3 ta so‘z birikmasi mavjud: 
1) chinni piyola, 2) gulli piyola; 3) paxta 
gulli. Piyola 
va
 gulli so‘zlari 
hokim so‘zlar, 
chinni, gulli, paxta 
so‘zlari tobe so‘zlar,
 gulli 
so‘zi ham hokim, ham 
tobe so‘z vazifasida qo‘llangan, ya’ni bu so‘z
 paxta 
so‘ziga nisbatan hokim,
 piyola 
so‘ziga nisbatan tobedir

So‘z 
birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z 
chinni piyola
, tobe so‘z esa 
paxta gulli 
birikuvi sanaladi. 
Uchta paxta gulli chinni piyola 
birikuvida 4 ta so‘z birikmasi mavjud: 
1) chinni piyola, 2) gulli piyola; 3) 
paxta gulli; 4) uchta (paxta gulli chinni) piyola. 
So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z 
paxta gulli chinni piyola 
birikuvi, tobe so‘z esa 
uchta 
so‘zi sanaladi. 
Shimoldan esgan shamol 
birikuvida 2 ta so‘z birikmasi mavjud:
 1) esgan shamol; 2) shimoldan esgan. 
So‘z 
birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z 
shamol 
so‘zi, tobe so‘z esa 
shimoldan esgan 
birikuvi sanaladi. 
Shimoldan esgan mayin shamol 
birikuvida 3 ta so‘z birikmasi mavjud:
 1) mayin
shamol; 2) esgan shamol; 3) shimoldan esgan. 
Shulardan 
shamol 
va
 esgan 
so‘zlari hokim so‘zlar, 
mayin, esgan, 
shimoldan 
so‘zlari tobe so‘zlar, 
esgan 
so‘zi ham hokim, ham tobe so‘z vazifasida qo‘llangan,ya’ni bu so‘z 
shimoldan 
so‘ziga nisbatan hokim,
shamol
so‘ziga nisbatan tobedir. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z 
mayin shamol 
birikuvi, tobe so‘z esa 
shimoldan esgan 
birikuvi sanaladi. 
Uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol 
birikuvida 5 ta so‘z birikmasi mavjud:
 1) mayin shamol; 2) 


 
14 
esgan shamol; 3) shimoldan esgan; 4) uch kun; 5) uch kundan beri esgan. 
Shulardan 
shamol, esgan, kun 
so‘zlari 
hokim so‘zlar, 
mayin, esgan, shimoldan, (uch) kundan beri 
so‘zlari tobe so‘zlar, 
esgan
va 
kun
so‘zi ham hokim, 
ham tobe so‘z vazifasida qo‘llangan,ya’ni 
esgan 
so‘zi 
shimoldan 
va 
(uch) kundan beri 
so‘zlariga nisbatan hokim,
 
shamol 
so‘ziga nisbatan tobedir
kun 
so‘zi esa 
uch 
so‘ziga nisbatan hokim, 
esgan 
so‘ziga nisbatan esa tobedir. 
So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z 
shimoldan esgan mayin shamol 
birikuvi, tobe so‘z esa 
uch kundan beri 
birikuvi sanaladi. 
To‘rtta qora ko‘ylakli semiz kishi 
birikuvida 4 ta so‘z birikmasi mavjud: 
1) semiz kishi; 2) (qora) ko‘ylakli 
kishi; 3) qora ko‘ylak; 4) to‘rtta kishi. 
So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z 
qora ko‘ylakli semiz kishi 
birikuvi, 
tobe so‘z esa 
to‘rtta 
so‘zi sanaladi. 
Yelkasi jarohatlangan askar, shoxlari egik daraxt 
singari birikuvlarda 1 tadan so‘z birikmasi mavjud, chunki 
egalik shaklidagi so‘zlar nomustaqil ega vazifasida kelganda tobe bog‘lanishni yuzaga keltirishi mumkin, ammo 
so‘z birikmasini hosil qila olmaydi: 
yelkasi jarohatlangan, shoxlari egik 
so‘z birikmalari bo‘lolmaydi. 
So‘z birikmalari zanjiri gapning egasi yoki kesimi, ba’zan har ikkalasi atrofida birlashishi mumkin. 
Ega atrofida birlashgan so‘z birikmasi zanjiri:
Badanni junjituvchi sovuq shamol izg‘ib yuribdi. 
Kesim atrofida birlashgan so‘z birikmasi zanjiri: 
Bu masalani tezda yechish kerak. Sayohatchilar daraning 
pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. 
Ega va kesim atrofidabirlashgan so‘z birikmasi zanjiri: 
Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy 
o‘n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. Darveshalining zindonda yotishi 
Alisherning yuragida dushmanlik olovini to‘ldiradi. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish