227
telefon tarmoqlari yordamida Internetga ulanamiz. Lekin bu Internet yordamida
on-layn tarzda kino ko‘rib, musiqa eshitib bo‘lmaydi. Agar ko‘chirib olmoqchi
bo‘lsak, soatlar ketadi. Bunday talablarni nisbatan arzon narxda qondirish uchun
ADSL Internet texnologiyasi ishlab chiqildi. ADSL inglizchasiga «Asymmetric
Digital Subscriber Line» , ya‘ni raqamli abonent liniyasi (simi) ma‘nosini
anglatadi. Bu texnologiya 1989- yilda ishlab chiqilgan. ADSL texnologiyasi
boshqa rivojlangan texnologiyalar kabi katta tezlikda Internetga ulanish mumkin,
huddi sun‘iy yo‘ldosh, optik tolali yoki kabelli ulanish singari.
ADSLning eng
muhim va foydali jihati shundaki, bunday Internet xizmatidan ham huddi «Dial-
up»dagi kabi xonadon yoki idoradagi telefon simi orqali foydalanish mumkin.
ADSLdan foydalanish uchun kompyuterga maxsus modem o‗rnatiladi, modem
esa oddiy telefon tarmog‘iga ulanadi. Telefon simining ikkinchi tarafi bizga
telefon xizmatini ko‘rsatadigan stansiya(ATS) ga ulangan. O‘sha stansiyaga ham
huddi kompyuterga o‘rnatilgani kabi maxsus modem o‘rnatiladi.
Keyin istalgan
provayderning yuqori tezlikdagi Internet xizmatidan foydalanishimiz mumkin.
Hozirgi kunda Internet xizmatiga to‘lovlar nimaga qarab belgilanadi degan savol
paydo bo‘lishi mumkin. Albatta uzatilgan va qabul qilingan axborotning hajmiga
qarab. Kompyuter va provayder orasida ikki tomonlama axborot almashinuvi
mavjud bo‘ladi. ADSL-ulanishning tezligi nafaqat modem turiga, balki ularni
o‘zaro bog‘lab turuvchi telefon tarmog‘idagi simning turi va sifatiga bog‘liq.
Odatdagi telefon simlarining ko‘ndalang kesim yuzasi 0,5 mm
2
bo‘ladi. Bu
ADSL-ulanish uchun yetarli. Agar simning ko‘ndalang
kesim yuzasi kattaroq
bo‘lsa, aloqaning sifati va tezligi yanada yuqoriroq bo‘ladi. Yana bir jihati borki,
foydalanuvchining kompyuteridan telefon stansiyasigacha bo‘lgan masofa
(modemlar orasidagi masofa, telefon simining uzunligi) ortib borgani sari ADSL-
ulanishning tezligi pasayib boraveradi. ADSL-ulanishning tezkor bo‘lishidan
tashqari, yana ba‘zi afzalliklari mavjud. Birinchisi, kompyuter va modemni
yoqishimiz bilan Internet ulanadi, kerak bo‘lganda foydalanuvchi logini va parol
so‘ralishi mumkin.
Shuningdek, bunday Internetdan foydalanayotganimizda
parallel ravishda telefonda ham gaplashish mumkin bo‘ladi. Telefondagi ovozli
axborot va Internet axborotlari bir-biriga aralashib ketmaydi va deyarli bir-biriga
halaqit bermaydi. ADSL-ulanish ko‘rsatilishining dastlabki muddatida narx
ancha yuqori bo‘lgan. Bugungi kundagi kuchli
raqobat sababli Internet
xizmatining narxi oddiy foydalanuvchilar uchun ham qimmatlik qilmaydi.
ADSL-ulanishdan katta tashkilot va idoralarda foydalanish ancha samarali
hisoblanadi. Masalan, oddiy bir maktabni olaylik. Har bir maktabda o‘z telefon
liniyalari mavjud. Demak, katta tezlikdagi ADSL-ulanish orqali Internetga ulansa
bo‘ladi. Har oy uchun, masalan, 3Gb, 5Gb, 10Gb
hajmdagi paketlardan biri
(trafik) sotib olinadi. Maktabga o‘rnatilgan modemning bir tarafi provayderga
ulanadi. Ikkinchi tarafi esa kompyuterga. Qulayligi shundagi, modem orqali
kelayotgan yaxlit Internet tarmog‘ini nafaqat bitta, balki bir nechta (4 ta, 8 ta, 16
ta, 32 ta…) kompyuterga taqsimlash mumkin. Aytib o‘tish kerakki,
umumiy
tarmoqdagi tezlik katta bo‘lsa ham, alohida kompyuterlardagi Internet tezligi mos
ravishda pasayib boraveradi. ADSL texnolgiyasi asosida internetga ulanish
harjabhada ustun. Uning eng asosiy jihati – bu tizimni o‘rnatish uchun alohida
sim, kabel, radiokanal o‘rnatish shart emasligidir. Bu esa, uning tannarxini ancha
arzonlashtiradi.