1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   152
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat? 2. Kapital 
tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiga nimalar kirishini tushuntirib 
bering. 3. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring. 4. Ishlab 
chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering. 5. Yaratilgan mahsulotning natural va 
qiymat tarkibi nimalardan iborat? 6. Zaruriy va qoʻshimcha mahsulot nima, qoʻshimcha mahsulot 
normasi va massasi 
formulasini yozib tushuntiring. 7. Qoʻshilgan mehnat, qoʻshilgan kapital va qoʻshilgan mahsulot 
tushunchalarini izohlab 
bering. 8. Soʻnggi qoʻshilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonunining 
mohiyati nima va u hozirgi davrda amal qiladimi? 
3-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK 
MUNOSABATLARI 
Iqtisodiy munosabatlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli 
bosqichlarida oʻziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda oʻzgarishsiz 
qotib turmaydi. Ular doimo oʻzgarib, rivojlanib boradi. Shunga koʻra, mazkur mavzuda ijtimoiyiqtisodiy 
taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga boʻlgan turlicha yondashuvlar, ishlab 
chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil koʻrib 
chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari koʻrsatib beriladi. 
Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir boʻladi. 
Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy 
mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarining oʻzgartirish yoʻllari 


va usullari kabi masalalarga alohida oʻrin ajratiladi. 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga boʻlgan turlicha 
yondashuvlar 
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻzaro 
birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga oʻziga xos boʻlgan 
iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos 
boʻlgan iqtisodiy tizimlarni oʻrganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni oʻzgaruvchan ekanligini 
bilishda muhim ahamiyatga egadir. 
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud boʻlib, ulardan asosiylari 
sifatida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: 
- tarixiy-formatsion yondashuv; 
- madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv; 
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; 
- sotsial-iqtisodiy shakllar oʻzgarishi jihatidan yondashuv. 
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab 
chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan. 
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) 
munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni 
ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy 
ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat oʻrtasidagi bogʻlanishni amalga oshiruvchi 
shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy koʻrsatkichidir. 
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar 
bilan emas, shu bilan birga oʻzaro bir-biri bilan ham munosabatlarda boʻladilar, ya’ni ishlab 
chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliyiqtisodiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy 
munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar 
kishilar oʻrtasidagi aloqalar sifatida namoyon boʻlib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini 
bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining 
xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uygʻunlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, 
uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning toʻplanishi va 
uygʻunlashtirilishidir. 


Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega boʻladi. Bu ijtimoiy shakl 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish 
vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur boʻlgan hayotiy 
ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida 
vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy 
munosabatlar deb ham ataladi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish 
munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab 
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va oʻzaro 
ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina oʻzaro aloqada 
boʻlib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish 
munosabatlarining ushbu tizimiga xos boʻlgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, 
oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad koʻtaradi. Ana 
shularning yigʻindisi jamiyatning ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va 
ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol oʻynaydi, oʻzlarini vujudga keltirgan ishlab 
chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks 
ta’sir koʻrsatadi. 
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani 
tashkil etadi (1-rasm). 
Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari 
mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, 
Shuningdek ustqurma bilan ham har doim oʻzaro ta’sirda boʻladi. Ikkinchidan, turli 
formatsiyalarda oʻziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir 
formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi. 
1-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi. 
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish 
usullari va Shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi. 
Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Yevropada namoyish 
qilingan deb hisoblanadi. Yevropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, 
feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu yerda 


kapitalizmgacha boʻlgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, 
Afrika, Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha 
ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida 
mamlakatlarning katta turkumiga xos boʻlgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
munosabatlarining sugʻorish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va 
davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bogʻliq sifat xususiyatlari aks etadi. 
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni tsivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi 
sifatida oʻrganish ham muhim oʻrin tutadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 
Ishlab chiqarish usuli Ustqurma 
Ishlab chiqarish munosabatlari 
Ishlab 
chiqarish 
vositalari 
- mulkchilik 
- ishlab chiqarish 
- taqsimot 
- ayirboshlash 
- iste’mol munosabatlari va boshqalar 
siyosiy, huquqiy, 
mafkuraviy, 
milliy, оilaviy vа 
bоshqa ijtimoiy 
munosabatlar 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar 
Ishchi 
kuchi 
«Sivilizatsiya» soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu 
tushuncha fanga frantsuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – ikki asr oldin kiritilgan 
boʻlib, tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan. 
Umuman olganda tsivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi. 


Jamiyat taraqqiyotini tsivilizatsiya nuqtai-nazaridan oʻrganishda tsivilizatsiyalarning 
almashuvi nazariyasi muhim oʻrin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan 
iborat tsivilizatsiyani ajratib koʻrsatadilar: 
1) davomiylik muddati 30-35 asrni oʻz ichiga olgan neolit davri; 
2) davomiylik muddati 20-23 asrni oʻz ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza 
asri); 
3) davomiylik muddati 12-13 asrni oʻz ichiga olgan antik davr (temir asri); 
4) davomiylik muddati 7 asrni oʻz ichiga olgan erta feodal davri; 
5) davomiylik muddati 4,5 asrni oʻz ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr; 
6) davomiylik muddati 2,5 asrni oʻz ichiga olgan industrial davri; 
7) davomiylik muddati 1,3 asrni oʻz ichiga olgan yuqori industrlashish davri.1 
Bu qayd qilingan bosqichlardan koʻrinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va 
yondashuvlarni aralashtirish holatiga yoʻl qoʻyilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning 
aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas. 
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim 
xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida roʻy berayotgan oʻzgarishlar koʻlami va 
tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil 
etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish 
zarur deb hisoblaydilar. 
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab 
chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi. 
Ular oʻrtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. 
Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga oʻtish asosan mehnat vositalarining 
tavsifidagi oʻzgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi. 
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. 
Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. Oddiy kooperatsiya 
– bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi 
uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir. 
Kooperatsiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari 
quyidagilar orqali namoyon boʻladi: 
1) koʻplab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida tafovutlarning 
yoʻqolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi; 


2) bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilgʻi, yoritish va boshqa 
shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga toʻgʻri keluvchi ishlab chiqarish 
vositalarining tejalishiga olib keldi; 
3) birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini oshirdi. 
Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud 
boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning 
umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim esa 
yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperatsiyadagidek qoʻl 
mehnatiga va qoʻl mehnatiga asoslangan qurolga tayanadi. 
Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asmavzular vujudga keltirib hamda ishchini tor 
operatsiyalarni bajarishga bogʻlab, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish uchun zarur 
shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va 

Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, 
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 55-б. 
tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun 
ijtimoiy hayotda ham tub oʻzgarishlar roʻy beradi. XVIII asrning soʻnggi 30 yili ichida 
boshlangan sanoat revolyutsiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga 
keldi. 
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali 
mehnatga asoslangan kooperatsiyadir. Fabrika ichidagi mehnat taqsimoti tamomila 
mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi. 
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi oʻzgarishlarga qarab R.Aron, Dj. 
Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch bosqichga: 
industrlashgangungacha boʻlgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki 
axborotlashgan jamiyatlarga boʻlib oʻrganishni tavsiya etadilar. 
Bunda ular industrlashgangungacha boʻlgan jamiyatning asosiy belgilari sifatida: a) 
aholining asosan qishloq xoʻjaligi bilan bandligi; b) qoʻl mehnatining hukmronligi; v) mehnat 
taqsimotining juda sayozligi (dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, savdo, boshqaruv va 
boshqalar); g) natural xoʻjalikning hukmronligini koʻrsatadi. 
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning asosiy 
belgilari deb: a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi; b) sanoatning fan-texnika yutuqlari 


asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining koʻpayishi; v) shahar aholisining qishloq aholisiga 
qaraganda koʻpayishi va boshqalar. 
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning 
asosiy belgilari: a) xizmat koʻrsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi; b) ishchi kuchining 
asosiy qismi (60-70%) shu sohada band boʻlishi; v) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga 
aylanishi, fan xodimlarining va malakali mutaxassislar rolining oshishi; g) iqtisodiyotning 
hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va hisoblash texnikalarining keng qoʻllanilishi; 
d) tovarlar va xizmatlar sifatiga putur yetkazmasdan iqtisodiy resurslarning hamma turlarini 
tejash imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng qoʻllanilishi va boshqalar. 
Biz yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, texnika va texnologiyadagi oʻzgarishlar jamiyat 
taraqqiyotida asosiy rolni oʻynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, ishchi-xizmatchilar 
tarkibining oʻzgarishiga, mehnat unumdorligining oʻsishiga olib keladi. Lekin bu texnik 
oʻzgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab 
boʻlmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va ularning xarakterini bilishda ham texnik ham ijtimoiyiqtisodiy 
oʻzgarishlarning birgalikda olib, ularning oʻzaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik 
aloqadorlik va ta’sir natijasida sodir boʻladigan taraqqiyot qonunlarini oʻrganish zarurdir. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning kuchli ta’sirini Shunda koʻrish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay 
yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xoʻjaligi va bozorning vujudga kelishi bilan 
gurkirab oʻsib ketdi. 
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperatsiya, manufaktura, 
mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, 
axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xoʻjaligi rivoj topgan 
davrga toʻgʻri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda koʻpgina iqtisodchilar jamiyat 
taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga boʻlib oʻrganadilar. 
2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari 
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – 
iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xoʻjalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan 
birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iqtisodiy nazariyada koʻpincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bogʻlab turkumlashga harakat qilinadi. SHu asosda 
dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy 
iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari. 


An’anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib oʻtgan tarixiy tizimdir. U 
hozirgi davrda ham koʻplab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud boʻlib, 
ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda 
natural yoki mayda tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, 
daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan oʻrnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxoʻrlik 
va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turgʻunlik 
aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular 
an’analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tugʻdiradi. Iqtisodiy 
faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. 
Bu yerda Shuni ta’kidlash lozimki iqtisod muammosini hal qilishning bir xil va umum tan 
olingan yechimi mavjud emas. Har xil madaniyat va tarixiy oʻtmish, har xil urf-odat va 
an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega boʻlgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy 
muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi. 
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti 
hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrogʻi davlat 
mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning 
markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, 
mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha 
muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. 
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti tizimidir. 
Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin raqobatga 
asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti boʻlib, ba’zi adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham 
yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, uni aralash 
iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi. 
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy mulkchilik, 
iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va 
uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda uning 
ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, 
alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada 
yetkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. 
Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi Shuni 
bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va 


sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan 
tavsifga ega boʻladi. SHu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin 
bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir. 
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof 
bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil 
shakllari, tadbirkorlikning turli yoʻnalishlari mavjud boʻladi, unda rejalashtirish, prognozlash, 
aholini sotsial himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin 
bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda koʻrinadi. 
Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qoʻlida boʻlib, u iqtisodiyotda faol rol oʻynaydi. 
Bu iqtisodiyotning barqarorligi va oʻsishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada 
ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan 
ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini oʻzgartirishda va shu kabilarda namoyon boʻladi. 
Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporatsiyalar va kuchli 
kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. 
Bu yerda, Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga 
suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud 
boʻlmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb 
atalgan, chunki mulkchilik xususiy boʻlib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga 
olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq 
sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos boʻlgan va bir vaqtda 
iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. SHvetsiya 
iqtisodiyotida ham 90%dan ortiq xoʻjalik faoliyati xususiy firmalarda toʻplangan boʻlsada, davlat 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi 
vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va 
rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qoʻllanilib, 
barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy oʻsishga erishmoqda. 
3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. 
Mulk ob’ektlari va sub’ektlari 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda 
jamiyat boyliklarini oʻzlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 


Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, 
tasarruf etish va oʻzlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qoʻlida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan 
moddiy boyliklarni oʻzlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik 
qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qoʻlida 
boʻladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish 
– bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qoʻllanilishidir. Molmulkni 
oʻzlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish 
uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal 
qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali 
roʻy beradi. 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, 
foydalanish, oʻzlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat 
alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini oʻzida 
ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqozo 
qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu 
birlikda, yuqorida koʻrsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. 
Agar mulk iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarilmasa, ya’ni oʻzlashtirilmasa, ishlab chiqarishda 
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida 
qoladi. 
Mulkchilik xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan 
roʻyobga chiqariladi. 
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat 
boʻysinuvchi rol oʻynamaydi. Bu Shunda koʻrinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum 
huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab 
chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. SHu sababli 
mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy 
munosabatlarning aniqlashtirilgan koʻrinishi hisoblanadi. 
Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish 
zarurati bilan bogʻliq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida 
mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda gʻoyat muhim rol oʻynaydi. Bu rol Shunda 
koʻrinadiki, tovar xoʻjaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida 


qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) 
mulkdorga aylanish imkoniyati paydo boʻladi. 
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari 
va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli 
ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qoʻriqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, 
uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. 
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari boʻlishini shart qilib qoʻyadi. 
Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti boʻlib, inson 
yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning 
mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy boʻgʻin - 
bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki 
boʻlsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli boʻladi. 
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab 
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qoʻshilishi turli darajada va turli shakllarda 
amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti 
jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega boʻlgan, mulk ob’ektini oʻzlashtirishda 
qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari boʻlib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa 
ijtimoiy guruhlarga birlashgan boʻladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti 
boʻlib chiqadi. 
Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini 
yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini 
oʻzlashtirish boʻyicha mulk sub’ektlari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi 
tasvir orqali ifodalash mumkin: 
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, 
ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir: 
Mulk sub’ektlari koʻp darajali boʻlib, shu sub’ektlardan birontasi oʻzini mulk egasi 
sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi. 
4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari oʻz ichiga davlat mulkini, 
ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, 
ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xoʻjaligi va shaxsiy tomorqa xoʻjaligi hamda yakka tartibdagi 
mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy 


munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. 
Shu sababli «Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisida»gi qonunida turlituman mulklar 
quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, 
shaxsiy mulk, aralash mulk (3-rasm). 
OBYEKT 
SUBYEKT SUBYEKT 
SUBYEKT OBYEKT 
3-rasm. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi. 
Mulkchilik turli shakllarining mavjud boʻlishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan 
bogʻliq. SHu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy 
mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi 
zarur. 
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida boʻlgan 
mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yoʻl bilan hosil boʻladi: 
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qoʻliga olish; 
2) davlat mablagʻlari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va 
tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli boʻlgan, boʻlinmaydigan yoki umumiy 
resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib 
boʻlmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yoʻllar kabi iqtisodiy 
tuzilmaning kattagina qismini koʻrsatish mumkin. 
Oʻzbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va 
ma’muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat boʻladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, 
havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika 
xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, 
budjet mablagʻlari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki 
hisoblanadi. 
Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari 
mol-mulki, mahalliy budjet mablagʻlari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xoʻjaligi 
korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari 
kabilar mol-mulki boʻladi. 
Jamoa mulki – muayyan maqsad yoʻlida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan 


moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan oʻzlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki 
davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal toʻlab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni 
sotish kabi yoʻllar orqali paydo boʻldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati Shundaki, ishlab 
chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar 
egalik qiladi. 
Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlar 
jamiyatlari, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning 
mulki kiradi. 
Yakka tartibda tartibdagi xususiy mulk – 
ne’matlarning alohida olingan mulkdor 
tomonidan oʻzlashtirilishi 
Aralash mulk – 
turli mulk shakllari 
sintezidan tashkil 
topib, 
ne’matlarning 
shunga muvofiq 
tarzda tаrзда 
oʻzlashtirilishi 
Jamoa mulki – 
ne’matlarning 
muayyan maqsad 
yoʻlida ayrim 
jamoaga 
birlashgan kishilar 
tomonidan 
birgalikda 
oʻzlashtirilishi 
Xususiy mulk – 
ayrim kishilar va 
guruhlarga tegishli 
boʻlgan hamda 


daromad topishiga 
qaratilgan mulk 
Davlat mulki – 
ne’marlarning 
davlat 
tomonidan oʻz 
vazifalari 
bajarishi uchun 
oʻzlashtirilishi 
MULKCHILIK SHAKLARI 
Коrpоrаtiv хususiy mulk – ne’matlarning ma’lum 
maqsad yoʻlida oʻzaro birlashgan mulkdorlar mulkiga 
asoslangan korxonalar tashkil etish orqali oʻzlashtirilishi 
Shaxsiy mulki – 
fuqarolarning shaxsiy 
yoki oilaviy mehnati 
orqali shakllangan va 
ularning ehtiyojlarini 
qondirishga 
qaratilgan mulk 
Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki boʻlib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini 
qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining 
mehnati asosida koʻpayadi va rivoj topadi. 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, oʻz 
xoʻjaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va koʻpayadi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy 
sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi. 
SHaxsiy mulk ob’ektlari – bu turar joylar, bogʻ-hovli va uylar, transport vositalari, pul 
jamgʻarmalari, uy-roʻzgʻor va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xoʻjalik 
faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar 
boʻlishi mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida»gi qonunda 
koʻrsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xoʻjalik 


faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining 
mulki boʻlishi mumkin. SHaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, 
daromad topish yoʻlida ishlatilishi mumkin. 
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz 
egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. 
Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida (7-modda), xususiy 
mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan 
iboratdir deb koʻrsatilgan. SHu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va 
qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, oʻzining ijobiy va salbiy 
tomonlariga ega. U, soʻzsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik 
munosabatlarini ragʻbatlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona 
daromad orttirishga intilish hissini tugʻdiradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq 
xoʻjaligida uni qoʻllash foydali boʻlgan boʻgʻinlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy 
va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday 
tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bogʻliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab 
chiqarish vositalari asosida mustaqil xoʻjalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ 
firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo boʻladi. Bu 
mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida oʻzlashtirilishini bildiradi. 
5. Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, 
yoʻllari va usullari 
Bozor munosabatlariga oʻtishning asosiy sharti koʻp ukladli iqtisodiyotni va 
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda 
asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz Birirnchi Prezidenti I.A. 
Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun 
tadbirlar tizimining tamal toshi boʻlib xizmat qiladi»2 deb alohida ta’kidlab koʻrsatadi. Uzoq 
yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa 
davlatlashtirilgan mulk toʻliq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki 
deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari oʻrtasida bu mulkga 
«hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi. 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi oʻtish davrida mulkchilikda davlat 


sektorining salmogʻi ancha yuqori boʻlgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga koʻra, Oʻzbekistonda ham 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi 

Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3., - T.: Oʻzbekiston, 1996, 202-b. 
jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi 
Qonunida (1991-yil 19-noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi: 
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara 
korxonalariga, aktsiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga 
qarashli mulk boʻlmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik 
shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini 
davlatdan sotib olishidir.3 
Bundan koʻrinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda 
ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga oʻtishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu 
mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham koʻzda tutadi. U bir 
qator yoʻllar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, 
davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan 
cheklar (vaucher) boʻyicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish 
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki 
qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k. 
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman boʻlib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 
1) davlat mulkini bepul boʻlib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali 
xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul boʻlib berish hamda sotishni uygʻunlashtirish orqali 
xususiylashtirish (4-rasm). 
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining oʻziga xos jihati – bu 
uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (5-rasm). 
Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma 
shakllari teng huquqli ekanligi konstituttsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini 
tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga koʻp ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish 
vazifasi qoʻyildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy 


normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi4 
Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning 
muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992- 
1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini oʻz ichiga olib, bu bosqichda 
xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat koʻrsatish 
korxonalarini hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, 
mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim oʻrta va yirik 
korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan koʻproq ijra korxonalariga, jamoa 
korxonalariga, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi 
davlat ixtiyorida saqlab qolindi. 

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
toʻgʻrisida/Oʻzbekiston Respublikasi: qonunlar va farmonlar. – T.: Oʻzbekiston, 1992, 65-b. 

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari (1994-y. 21-yanvar) va mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish 
va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi (1994-yil 16-
mart) 
farmonlar. 
4-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. 
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xoʻjaligining iqtisodiy jihatdan 
samarasiz boʻlgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol oʻynaydigan 
ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablagʻ bilan ta’minlash vazifalarini 
oʻz zimmasiga oldi. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik 
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa 
shakllariga aylantirish uchun kerak boʻlgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. 
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISHNING USULLARI 
Aholining ayrim ijtimoiy qatlamlariga 
bepul berish 
Barcha jamiyat a’zolariga bepul boʻlib Barcha jamiyat a’zolariga sotish 
berish 
Mehnat jamoalariga bepul topshirish Mehnat jamoalariga sotish 


Kim oshdi savdosida fuqarolarga yoki 
yuridik shaxslarga sotish 
Har bir jamiyat a’zosining davlat mulkini 
hosil qilishdagi ishtiroki, ya’ni qoʻshgan 
hissasiga qarab boʻlib berish 
Foyda keltirmayotgan korxonani mehnat 
jamoasiga boʻlib berish 
Korxonalarni keyinchalik mehnat jamoalari 
tomonidan sotib olinishi sharti bilan ijaraga 
berish 
Chet el firmalari va fuqarolariga tashqi 
qarshi qarzni uzish evaziga berish yoki 
sotish 
Mulkni bepul boʻlib berish orqali 
xususiylashtirish 
Mulkni sotish orqali xususiylahtirish 
Mulkni bepul boʻlib berish hamda sotish usullarini 
uygʻunlashtirish orqali hususiylashtirish 
5-rasm. Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonini amalga oshirish bosqichlari. 
Savdo, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa 
mulki qilib berildi. Natijada 1997-yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi 
mahsulotining 95 foizdan ortiqrogʻi davlatga qarashli boʻlmagan sektorga toʻgʻri keldi. Uy 
joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida boʻlgan bir milliondan ortiq kvartira 
yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrogʻi fuqarolarning xususiy mulki boʻlib qoldi. 
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995-yillarga toʻgʻri 
keldi. Bu bosqichda koʻplab oʻrta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi 
hamda ularning aktsiyalari respublika qimmatbaho qogʻozlar bozorining asosini tashkil etdi. 
Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari 
qizgʻin tashkil qilindi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq 
turdagi aktsionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim 


oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlar 
bozorining yangi muassasalari barpo etildi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki 
yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining boʻsh turgan mablagʻlarini oʻziga jalb qilib, 
ularning bozorga taziyqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablagʻlarni ishlab chiqarishga 
jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit 
yaratadi. Bu yerda Shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli 
boʻlmagan sektorini shakllantirishning yagona yoʻli emas. Tashabbuskorlik asosida yakka 
tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, Shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, 
ma’suliyati cheklangan jamiyatlar koʻrinishidagi kichik va oʻrta korxonalarni tashkil qilish – 
ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. 
Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat 
koʻrsatish korxonalarini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 
ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish 
Koʻplab oʻrta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga 
aylantirish hamda ularning aktsiyalarini respublika 
qimmatbaho qogʻozlar bozorida sotish 
Aksiyalarining nazorat paketi davlat mulkida boʻlgan yirik 
korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish 
I-bosqich 
(1992-1993- 
yillar) 
II-bosqich 
(1994-1995- 
yillar) 
III-bosqich 
(1996–1998- 
yillar) 
IV-bosqich 
(1998–2002 
yillar) 
Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni – 


jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik 
yangi munosabatlarini toʻlaqonli amal qilishi uchun 
sharoitlar yaratish 
V-bosqich 
(2003-yildan 
boshlab) 
Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va 
jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini 
faollashtirish va salmogʻini oshirish 
Respublika iqtisodiyoti 1996-yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996–1998-yillar) 
xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar roʻyxatiga kirmagan barcha ob’ekt va korxonalar (jami 3146 
ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. 
Xususiylashtirish jarayonlarining toʻrtinchi bosqichi (1998–2002-yillar) ning asosiy 
vazifalari sifatida davlat budjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni yoʻnaltirish, 
xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini 
oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini toʻlaqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish 
tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. 
Oʻzbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - 
beshinchi bosqichi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi 
«Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish choratadbirlari 
toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan bogʻliq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yoʻnaltirilgan. 
Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonini jadallashtirish, Shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror 
rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan 
ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan 
korxonalar davlat aktivlarining boshlangʻich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda 
davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati 
boʻyicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish 
tartiblari tasdiqlandi.5 
Mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirishning 1995–2004-yillardagi 
asosiy natijalarini 6-jadval orqali kuzatish mumkin. 
6-jadval. 


Oʻzbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy koʻrsatkichlari. 
Koʻrsatkichlar 1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004 
Xususiylashtirilgan 
korxonalar soni, 
birlik 
8537 1915 1231 451 448 374 1449 1912 1519 1228 
Xususiylashtirish 
natijasida tashkil 
etilgan nodavlat 
mulkidagi 
korxonalar soni 
8537 1915 899 266 373 372 1238 1800 1452 1228 
Aktsiyadorlik 
jamiyatlari 1026 1257 456 110 141 152 227 223 75 28 
Xususiy korxonalar 6036 420 260 103 156 103 827 1252 981 1038 
Boshqa shakldagi 
korxonalar 1475 238 183 53 76 117 184 325 396 162 
Xususiylashtirishdan 
tushgan mablagʻ, 
mlrd. soʻm 
2,4 5,3 4,4 8,9 9,1 14,3 23,2 43,6 56,1 78,4 
5 Валижонов А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления и приватизации. – 
Восемнадцатые Международные Плехановские чтения «Реформирование и модернизация 
национальной экономики – стратегический курс на демократизацию и обновление общества»: 
Тезисы докладов профессорско-преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 
2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. – М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23. 
Respublikada xususiylashtirishning adresli yoʻnaltirilganligi uning navbatdagi 
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq 
qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yoʻnaltirilganligi uy-joylarning oʻz 
egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining koʻproq muhtoj va zaif qatlamlarini 
qoʻllabquvvatlashning turli xil dasturlari budjet mablagʻlari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi oʻz 
yordamchi xoʻjaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 
Oʻzbekistonda xususiylashtirishning toʻlovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. 


Pulni toʻlash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul 
taqsimlash bilan bogʻliq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish 
imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni 
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo boʻladi, bozor 
infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash 
dasturini roʻyobga chiqarish uchun mablagʻlar jamlanadi. 
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yoʻli orqali ularning mulkchilikning 
boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablagʻlar shu 
korxonaning oʻzini qoʻllab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham 
sarflanadi. 
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
chogʻida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir 
butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga 
aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda 
ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, 
bogʻlar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq toʻlashda ayrim 
imtiyozlar berish kabilardir. 
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning oʻziga xos boshqa jihatlari 
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: 
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning 
ichki mantiqiga boʻysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi. 
Respublikamizda xususiylashtirish boʻyicha qoʻyilgan vazifa, davlat sektori bozor 
sharoitida ham sezilarli rol oʻynashi inkor qilmaydi. CHunki iqtisodiyotning davlat korxonalari 
saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor 
sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab 
chiqish talab qilinadi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari 
birligi hamda oʻzaro ta’siri. 


Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi 
kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur boʻlgan hayotiy ne’matlarni 
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan 
munosabatlar. 
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, 
energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui. 
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni oʻzlashtirish va 
tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy 
hayotda qoʻllanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi. 
Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. 
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qoʻlida saqlanib turishi va 
yaratilgan moddiy boyliklarni oʻzlashtirishning ijtimoiy shakli. 
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari. 
Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar 
ishtirokchilari. 
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga oʻtishi. 
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk 
shakllarining vujudga keltirilishi. 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 
2. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim oʻziga xos belgilarini ajratib koʻrsating. Bir 
ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashinishi sabablari haqida mulohaza bildiring. 
3. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab koʻrsating. Fan-texnika 
taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga ta’siri qanday? Ishlab chiqarish texnologik 
usullarining bosqichlari bir-biridan nima bilan farqlanadi? 
4. Iqtisodiy tizim nusxalarini farqlantiradigan asosiy belgilarini sanab koʻrsating. 
5. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shakllarining iqtisodiy 
mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ajratib koʻrsating. 
6. Mulk sub’ektlarining koʻp darajali boʻlishiga sabab nima? Mulkchilik shakllarining 
farqlanishi asosida nima yotadi? 


7. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini taqozo qiladi? 
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nima uchun hozirgi bosqichda 
obyektiv zaruriyat hisoblanadi? Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif bering. 
8. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan birini tanlab olishga 
qanday omillar ta’sir koʻrsatadi? 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish