1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152
Ishlab chiqarish samaradorligi 
olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga 
(IX) nisbati bilan aniqlanadi

ya’ni: 


Х
FN
, bu yerda: FN – foyda normasi; IX – iqtisodiy resurs sarflari. Misol uchun, A korxonada yil 
davomida 800 mln. soʻmlik resurs xarajat qilib, 200 mln. 
soʻm hajmida foyda olingan boʻlsin. U holda foyda normasi 25% (200×100/800) ni tashkil etadi. Ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini tavsiflovchi umumiy iqtisodiy qonunlardan biri 
vaqtni tejash qonuni hisoblanadi. Vaqtni tejash qonuni – ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi 
bilan jamiyat tomonidan hayotiy ne’matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning qisqarib borishini 
ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun. Vaqtni tejash ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy resurslarini 
umumlashtiruvchi darajasi hisoblanadi. Har qanday tejam oxir-oqibatda vaqtni tejashga borib taqaladi. 
Vaqtni tejash qonuni namoyon boʻlishining aniq shakli boʻlib quyidagilar maydonga tushadi: 1) mehnat 
unumdorligining oʻsishi; 2) mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi; 3) ishlab chiqarish 
material sigʻimining pasayishi; 4) xoʻjalik nisbatlarining optimallashuvi. 
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishchi kuchi – insonning mehnat qilishga boʻlgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlari 
yigʻindisi. 
Mehnat qurollari – insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qilishda vosita boʻlib 
xizmat qiladigan narsalar: mashinalar, stanoklar, traktorlar, pluglar, qurulmalar, uskunalar va 
boshqalar. 
Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan 
narsalar (er – suv, xom ashyo, materiallar va boshqalar). 
Kapital – ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda ishlatilib, oʻz egalariga daromad 
keltiradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablagʻlaridir. 
Er-suv – tuproq unumdorligi, oʻtloqlar, suvlar, oʻrmon, qazilma boyliklardan iborat 
boʻlgan va foydalanishga tortilgan tabiiy resurslar. 
Tadbirkorlik qobiliyati – insonda boʻlgan tashabbuskorlik, tashkilotchilik, novatorlik, 


iqtisodiy xavfdan, javobgarlikdan choʻchimaslik hislatlarining birligi. 
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilarning maqsadni koʻzlab amalga oshiriladigan faoliyati 
boʻlib, iste’moli uchun zarur boʻlgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan 
jarayon. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan iste’mol qiymatlarini (naflilikni) yaratish 
jarayoni boʻlsa, ikkinchi tomondan qiymatning oʻsishi jarayonidir. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish – oʻzaro bogʻliqlikda va doimiy aloqada boʻlgan barcha 
individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdar. 
Ishlab chiqarishning umumiy samarasi – ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga 
sarflangan resurs xarajatlari oʻrtasidagi nisbat. 
Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilarning zaruriy ish vaqtida yaratilgan va ishchi 
kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur boʻlgan mahsulot. 
Qoʻshimcha mahsulot – ishchi va xizmatchilarning qoʻshimcha ish vaqtida yaratilgan 
mahsulot boʻlib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismidir. Qoʻshimcha mahsulot 
tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishlidir. 
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari oʻrtasidagi 
bogʻliqlikni bildiradi. 
Qoʻshilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band boʻlgan kapital miqdori ustiga yangi 
qoʻshimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital miqdorining oʻsgan 
qismi. 
Oʻrtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir — birligiga toʻgʻri 
keladigan mahsulot miqdori. 
Soʻnggi qoʻshilgan mahsulot – soʻnggi qoʻshilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) 
evaziga oʻsgan mahsulot. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish