204
6.Shartli tasirlovchini biologik ahamiyati shartsiznikidan kamroq bo‘lishi kerak.
7.Shartsiz tasirlovchi shartlidan kuchliroq bo‘lishi kerak.
8.Shartsiz tasirlovchi natijasidagi qo‘zg‘alish shartliga nisbatan kuchliroq bo‘lishi
kerak.
9.Yot tasirlovchilarni bartaraf qilishi kerak.
10.Shartli refleks hosil qilinadigan hayvon sog‘lom bo‘lishi kerak.
11.Shartli refleks hosil qilishda motivatsiya ifodalanishi kerak.
Shartli refleksni paydo qilish jarayonida, ya’ni har bir tajribada miya
po‘stlog‘ining ikkita markazida: birinchisi
shartli signal markazida, ikkinchisi
shartsiz refleks markazida qo‘zg‘alish rivojlanadi. Shartli signal, shartsiz ta’sirot
bilan deyarli bir vaqtda berilishi ko‘p marta takrorlangandan keyin bu markazlar
o‘rtasida ma’lum o‘zaro
munosabatlar rivojlanib, vaqtincha aloqa o‘rnatiladi.
I.P.Pavlovning fikricha, miya po‘stlog‘ida ayni bir vaqtning o‘zida ikki sohada
qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi, qo‘zg‘alish jarayoni kuchsizroq bo‘lgan
o‘choqdan, ya’ni shartli signal qo‘zg‘alish hosil qilgan sohadan kuchliroq
qo‘zg‘alib, dominant bo‘lib qolgan soha (shartsiz refleks markazi) tomon harakat
qilishiga olib keladi. Ushbu qo‘zg‘alish jarayonining
bunday harakatlari qayta-
qayta takrorlanganligi uchun miya po‘stlog‘ining bir sohasidan ikkinchi sohasiga
yo‘l ochilib, ular o‘rtasida vaqtincha aloqa o‘rnatiladi. Natijada, shartli signal faqat
o‘z markazini emas, balki shartsiz refleks markazini ham qo‘zg‘atadi, ya’ni
shartsiz refleks paydo bo‘ladi. Shartli refleksni paydo qilish vaqtida, glial
hujayralarning
faolligini ortishi, shartli signal va shartsiz refleks markazlari
orasidagi mielinsiz tolalarni mielin qoplab, bu tolalar o‘tkazuvchanligini
kuchaytirishi, natijada qo‘zg‘alishning shartli signal markazidan shartsiz refleks
markaziga yetib borishi osonlashishi to‘g‘risidagi fikrlar ham bor. Shu bilan birga,
vaqtincha aloqa o‘rnatilishida neyronlarda oqsil sintezlanishi o‘zgaradi, ya’ni ko‘p
neyronlarning, ikkala markazida qo‘zg‘alishning bir vaqtda bo‘lishi RNK
tuzilishiga ta’sir qiladi, buning natijasida maxsus «xotira» oqsillari paydo bo‘ladi
degan firklar ham mavjud. Shartli refleks paydo bo‘lishini tushuntirishda sinaptik
va membrana farazlari ham mavjud bo‘lib, sinaptik faraz bo‘yicha – shartli refleks
205
hosil bo‘lish jarayonida markazlardagi sinapslarning faoliyat samarasi o‘zgaradi,
membrana farazida – shartli refleks mexanizmlari
postsinaptik membrana
hosilalarining o‘zgarishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: