Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Shartsiz reflekslar. Instinktlar



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Shartsiz reflekslar. Instinktlar. 
Odam va hayvonlar tug‘ilgan vaqtda 
ularda bir qancha reflekslar mavjud bo‘ladi. Bu reflekslar evolyutsiya jarayonida 
vujudga kelgan bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi, shu sababli ularni tug‘ma reflekslar 
deb ham ataladi. Shartsiz reflekslarning soni ko‘p bo‘lmasdan ularning vujudga 
keliShida MAT ning boSh miya yarimsharlari po‘stlog‘i ostida yotgan qismlari 
ishtrok etadi. Shu bilan birga, bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining ishtrokisiz 


200 
ham shartsiz reflekslar vujudga kelishi mumkin. Shartsiz reflekslar deyarli turg‘un, 
o‘zgarmaydigan bo‘lib, umr bo‘yi saqlanadi, lekin miya po‘stlog‘i ta’sirida 
o‘zgarishi ham mumkin. Shartsiz reflekslar nisbatan doimiy, ma’lum bir retseptiv 
maydonning adekvat ta’sirlanishiga javoban stereotip ravishda namoyon bo‘ladi va 
individual tajriba bilan bog‘liq ko‘p sonli shartli reflekslarni shakllanish uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Shartsiz reflekslar, ichki muhitning ko‘pchilik 
parametrlarini doimiyligini ushlab turishga, organizmni tashqi muhit bilan o‘zaro 
harakatini, somatik, visseral va vegetativ reaksiyalarni muvofiqlashgan faoliyatini 
amalga oshirishiga qaratilgan koordinatsiyali faoliyatni ta’minlaydi. Lekin, 
organizmning tashqi va ichki muhitni o‘zgaruvchan holatlariga optimal 
moslashuvi, shartli reflekslar yordamida amalga oshadi va ular tufayli, ma’lum bir 
faoliyat uchun zarur indifferent ta’sirchilar biologik muhit signal sifatiga 
ko‘tariladi (ilova: 72- rasm).Shartsiz reflekslarning, ularni chaqiruvchi 
qo‘zg‘atuvchilar, biologik roli, boshqaruv darajalari (MATning ma’lum bir 
bo‘limlari bilan aloqasi), konkret moslashuv aktida kelish tavsifi bilan mos 
ravishda bir nechta tasnifi taklif qilingan. Ana shu takliflardan kelib chiqqan holda, 
orasida prinsipial qarama - qarshilik bo‘lmagan, anatomik va funksional 
yondoshish asosida shartsiz-reflektorli faoliyatni tasnif qilish imkoniyati mavjud. 
Stereotoksik texnika yordamida ixtisoslashgan shartsiz-reflektorli faoliyatda 
miyaning ko‘pchilik bo‘limlarining (gipotalamus, bodomsimon tana, gippokamp, 
striopallidar tizim va b.) ishtirok qilishini aniqlash imkoniyatini mavjud. 
Avtomatik boshqarish nazariyasini rivojlantirish, tug‘ma va orttirilgan xulq - 
atvorni tashkillashtirishni miyaning axborot-boshqaruv faoliyati to‘g‘risidagi 
tushunchalar aspektida ko‘rib chiqish zaruratiga olib keldi. Uni tashkil qilishning 
oltita darajasi ajratilgan: elementar, muvofiqlashtiruvchi, integrativ, murakkab 
shartsiz reflekslar, elementar shartsiz reflekslar va OAF murakkab shakllari. 
Elementar shartsiz reflekslar mahalliy mohiyatga ega oddiy javob reaksiyasi 
bo‘lib, o‘zining segmentar markazlarida qat’iy determinatsiyalangan dasturlariga 
mos ravishda ro‘yobga chiqadi. Ular, bitta bosh kanallar (markazga intiluvchi, 
markaziy va markazdan qochuvchi zvenolar) bo‘ylab amalga oshadi. Elementar 


201 
shartsiz reflekslarning korreksiyasida qaytar aloqalarning (ko‘proq manfiy) roli 
unchalik katta emas. Bunday reflekslarga – kuygan oyoqni olovdan tortib olish 
yoki ko‘zga biron narsa kirganda uning pirpiraShi misol bo‘la oladi. 
Muvofiqlashtiruvchi shartli reflekslar segmentar darajada amalga oshiriladi, lekin 
elementar reflekslardan farqli ravishda, bir qator sikllarni o‘z ichiga oladi. Bu 
sikllar steriotip bo‘lsa ham manfiy va musbat qaytar aloqalar asosida korreksiyaga 
yo‘l qo‘yadi. Oddiy muvofiqlashtiruvchi reflekslarga - bukuvchi va yozuvchi 
mushaklar qisqarishini kelishtiradigan antogonistik reflekslar misol bo‘la oladi. 
Integrativ shartsiz reflekslar – ma’lum bir biologik mohiyatning yig‘indi 
reaksiyasini vegetativ ta’minlovchi harakat aktlari muvofiqlashuvining sintezi 
hisoblanadi. Integrativ reflekslarning ro‘yobga chiqishi segmentlar usti 
mexanizmlari (asosan, ustunning pastki bo‘limlari, uzunchoq, o‘rta va oraliq miya 
strukturalari, miyacha) bilan belgilanadi. Agar, elementar va muvofiqlashtiruvchi 
reflekslarning amalga oshirilishi uchun, qo‘zg‘atuvchining asosan fizik 
xususiyatlari va lokal qo‘shimchalari ahamiyatga ega bo‘lsa, integrativ reflekslar 
organizmning bir butun javoblarini (ya’ni, vegetativ komponentlari bilan 
birgalikda oddiy xulq-atvor aktlarini) ta’minlaydi. Tug‘ma reaksiyalarni tashkil 
qilishning murakkabligini, nisbatan oddiy hisoblangan, so‘lak ajralish refleksi 
misolida ko‘rish mumkin. Aslida, bu refleks, turli retseptorlar (ta’m, taktil, og‘riq), 
bir nechta asablarning tolalari (uchlamchi, yuz, til-halqum, sayyor), MATning 
ko‘pchilik bo‘limlari (uzunchoq miya, gipotalamus, bodomsimon tana, katta yarim 
sharlar po‘stlog‘i) bilan bog‘liqdir. So‘lak ajralishi ovqatlanish xulq - atvori, yurak 
- tomir, nafas olish, endokrin, harorat boshqaruluv faoliyatlari bilan bog‘liq. 
So‘lakning shartsiz-reflektorli sekretsiyasi, nafaqat uni chaqiruvchi adekvat 
qo‘zg‘atuvchiga, balki ko‘pchilik tashqi va ichki omillarga ham bog‘liqdir. Atrof-
muhit haroratining ortishi, tarkibida organik moddalari kam bo‘lgan boshqaruluvli 
so‘lakni katta miqdorda ajralishiga olib keladi. So‘lak miqdori ovqatlanish 
qo‘zg‘alishining darajasiga, gormon foni va boshqa shu kabi omillarga bog‘liq 
bo‘ladi. Shunday qilib, nisbatan oddiy bo‘lib ko‘ringan tug‘ma reaksiyalar, 
haqiqatda, gomeostazni qo‘llab-quvvatlab turishni va organizmni tashqi muhit 


202 
bilan 
o‘zoro 
munosabatini 
belgilovchi 
murakkab 
mexanizmlarning 
integratsiyalangan tizimiga kiradi. Bundan integratsiya o‘ta plastik va dominanta 
prinsipiga mos raviShda, bir xil reaksiyalar, organizmning turli talablari bilan 
bog‘liq bo‘lgan majmualar tarkibiga kirishi mumkin. Masalan, so‘lak ajralishi 
refleksi harorat boshqariluvi, ovqatlanish yoki mudofaa xulq - atvorlari bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har qanday xulq - atvor akti reflektor asosga ega ekanligi 
to‘g‘risidagi masala I.P.Pavlovni murakkab shartli reflekslar va instinklar 
tushunchasini aynan o‘xshash degan fikrga olib kelgan. Ko‘pchilik hollarda 
shablonli reaksiyalar zanjirini yoyish uchun turtki bo‘lib hisoblangan tashqi va 
ichki reaksiyalar borligi ko‘rsatilgan, lekin ularni har doim ham identifikatsiya 
qilish mumkin emas va bu holatda, instinktiv faoliyatning qator shakllari beixtiyor 
namoyon bo‘ladi, degan xulosaga olib kelgan. MATdagi endogen jarayonlar bir 
qator instinktiv aktlarning tashqi va ichki muhit holatida ikkilanmasdan turib 
bajarilishi turli rag’batlar bilan belgilanmaydi ganssirkad va boshqa ritmlar katta 
rol o‘ynaydi. 
Instinktiv harakatlar majmuasi, odatda, organizmning ichki va tashqi muhiti 
signallari bilan bog‘liqdir, lekin ular MATdagi avtonom jarayonlar bilan 
belgilanishi ham mumkin. Ammo har doim ham ularni aniqlash mumkin emas. 
Instinktiv aktlarni reflektor tabiatga ega ekanligi inkor qilish, ayrim tadqiqodchilar 
ularni tug‘ma ichki tashkillashgan va spontan namoyon bo‘luvchi deb belgilashga 
olib kelgan. U.Kreyning taklifi bo`yicha instinkt – hal qiluvchi vaziyat tufayli 
ajraluvchi «harakatning o‘ziga xos energiyasi»ning to‘planishi bilan bog‘liq. Bu 
paytda ichki ehtiyojlarni aks ettiruvchi instinktiv harakatlar o‘z ichiga izlanish 
(tayyorgarlik) va yakunlash fazalarini oladi. Birinchi davrda yo‘nalmagan izlanish, 
keyinchalik o‘ljadan kelayotgan qo‘zg‘atuvchiga mos ravishda izlanishga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi, undan keyin esa bir qator xulq - atvor aktlari bajariladi (pisib 
kelish yoki quvlash, sakrash, o‘ljani o‘ldirish va uni bo‘laklarga bo‘lib tashlash). 
Ikkinchi davr (o‘ljani yeyish) yakunlash (konsumotor) hisoblanadi va birinchi 
davrga nisbatan ancha stereotip ravishda o‘tadi. 


203 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish