194
nog‘ora, o‘rta va vestibulyar narvonlarga (kanallarga) bo‘ladi. Nog‘ora va
vestibulyar narvonlar chig‘anoq uchidagi gelikotrema orqali o‘zaro ulangan.
Tarkibi hujayralararo suyuqlik o‘xshash natriyga boy perilimfaga to‘lgan. O‘rta
narvonchani endolimfa to‘ldirib turadi. Bu suyuqlik kaliyga boyligi sababli hujayra
suyuqligiga o‘xshab ketadi. O‘rta quloqqa ochilgan ikkinchi teshik, ya’ni yumaloq
darcha bor. Bu teshikni qoplagan yupqa parda endolimfaning oqib ketishiga yo‘l
qo‘ymaydi. O‘rta narvonchaning asosiy membranasida eshituv retseptorlariga ega
bo‘lgan kortiy a’zosi joylashgan. Retseptorlar bir qator ichki va uch-to‘rt qator
tashqi tukli hujayralardan tashkil topgan. Ichki va tashqi retseptor hujayralarni
kortiy a’zo tunneli ajratib turadi. Odamning kortiy a’zosida 3,5 minga yaqin ichki
va 12 mingtagacha tashqi tukli hujayralar bor. Retseptor hujayralar tayanch
hujayralarning oralig‘ida joylashgan. Chig‘anoq
markazidagi burma tugindan
chiqqan afferent asab tolalari tukli hujayralarni inasabatsiyalaydi. Bu asab tolalari
30-40 ming atrofida bo‘ladi. Bu asab tolalarining 90 % ichki retseptor
hujayralarda, qolgan 10 % tashqi tukli hujayralarda tugaydi. Kortiy a’zoning
efferent tolalari ham bor, ular afferent tolalardan impuls o‘tishini tormozlashi
mumkin. Kortiy a’zoni shilliqsimon massa - qoplovchi yoki tektorial membrana
bosib turadi. Bu membrananing bir cheti chig‘anoq
devorining ichki yuzasiga,
ikkinchisi kortits a’zosiga yopishgan. Tashqi retseptor hujayralarning kipriklari
tektorial membrananing pastki yuzasiga tegib turadi (ilova:69-rasm).
Eshituv asabining birlamchi afferent tolalari ikki qismga bo‘linadi. Tolaning
bir qismi ventral koxleral yadroga, ikkinchisi dorsal koxleral yadroga yo‘l oladi.
Ventral yadrodan boshlanadigan tolalar o‘sha va qarama-qarshi tomondagi olivalar
tizimiga o‘tadi. Demak, olivalar tizimi ikkala quloqdan afferent tolalar oladi. Bu
tizimdagi neyronlar ikkala quloqdan kelgan impulslarni solishtirib ko‘rib, tovush
manba’i qayerdaligini aniqlaydi. Dorsal koxleral yadrodan boshlanuvchi tolalar
qarama-qarshi tomonga o‘tadi, lateral sirtmoq yadrosida to‘rttepalikning
keyingi
do‘mboqlariga bog‘langan neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi. Bu markazlardan,
eshituv yo‘li medial tizza tana orqali bosh miyaning chakka pushtasida joylashgan
birlamchi eshituv po‘stloqqa yetib keladi. Birlamchi eshituv soha (Brodmanning
195
41-sohasi) yonida eshituv tizimining ikkilamchi eshituv sohasi (Brodmanning 42-
sohasi) joylashgan. Bu sohalarni shikastlanishi nutqni tushunishni, tovush kelgan
tomonni aniqlashni va tovush signallari davomida baholashni qiyinlashtiradi.
Ammo, tovush chastotasi va uning kuchini aniqlash qobiliyati saqlanadi. Odam va
hayvonlar tovush manbaida fazodagi joyini to‘g‘ri aniq olish qobiliyatiga ega. Bu
qobiliyat quloqning ikkitaligiga bog‘liq. Tovush manbai boshning o‘rta chizig‘idan
chetda bo‘lsa, tovush bir quloqqa, ikkinchi quloqqa nisbatan sal keyinroq va
kuchsizlangan holda yetib keladi. Eshituv tizimi bu ko‘rsatkichlarning
farqlanishiga juda ham sezgir. Tovush quloqlarga yetib kelgan vaqtda, farq 2 ms ni
tashkil qilsa, u sezilarli bo‘ladi. Tovush manbaigacha bo‘lgan
masofa esa
tovushning kuchsizlanishiga va tembri o‘zgarishiga qarab baholanadi. Sut
emizuvchilarning eshitish apparati juda rivojlangan bo‘lib, tashqi, o‘rta va ichki
qulog‘ining har bir bo‘limida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Tashqi quloq
tarkibiga quloq chig‘anog‘i va tashqi eshitish yo‘li kiradi. O‘rta quloqda, ilk bor,
uch suyakchali tovush o‘tkazuvchi tizim paydo bo‘lib, unga bolg‘acha, sandon va
uzangi ham kiradi. Ular bir tomondan nog‘ora parda bilan, ikkinchi tomondan esa -
ichki quloqning oval oynasi bilan bog‘langan. O‘rta quloqning bo‘shlig‘i (suv
hayvonlarniki ham) havo bilan to‘ldirilgan. Eshitish suyakchalari ikki xil vazifani
bajaradi. Birinchi vazifasi: ular richaglar tizimini hosil qiladi va ularning
yordamida eshitish yo‘lining havo muhitidagi energiya
tebranishlarini ichki
quloqning perilimfasi o‘tkazishni yaxshilaydi. Ikkinchi vazifasi: suyakchalar
tizimining, tovush katta jadallikka ega bo‘lganda harakatning xususiyatini
o‘zgartirish qobiliyati borligida namoyon bo‘ladi. O‘rta quloqda, eshitish retseptor
apparatini uzoq muddatli tovush ta’siridan saqlovchi maxsus mexanizm mavjud.
Bunga o‘rta quloq mushaklarining qisqarishi tufayli erishiladi. Sut emizuvchilarda
timpanal mushaklar va uzangi mushaklar rivojlangan. Yuqori jadallikdagi tovuSh
ta’sirida bu mushaklarning reflektorli qisqarishi nog‘ora parda, o‘rta quloq
suyakchalari va mos ravishda tovush bosimini pasayishiga olib keladi.
Odamlarning ichki qulog‘i (chig‘anoq) tepa qismi ko‘tarilgan spiralga o‘xshab
burama suyak yo‘lidan iborat. Ularda chig‘anoq 2,5 burmaga ega, mushuklarda esa
196
- 3 burmaga ega. Barcha retseptorlar kortiev a’zo ko‘rinishida o‘zgargan bazilyar
papilla sifatida namoyon bo‘ladi. Suyakchali
kapsulaning ichidagi ikkita
membrana (bazilyar va reysner) chig‘anoqni uchta zinapoyaga bo‘ladi: timpanal,
o‘rta (chig‘anoq kanali) va vestibulyar zinapoya. Timpanal va vestibulyar
zinapoyalar perilimfa bilan to‘lgan, o‘rtadagisi esa - endolimfa bilan to‘lgan
bo‘ladi. Bazilyar membranada kortiev a’zo joylashgan bo‘lib, ikki tipdagi retseptor
hujayralarni o‘z ichiga oladi: bir qator ichki va uch-to‘rt qator tashqi tukli
hujayralar. Ichki tukli hujayralar ko‘plab inasabatsiyaga ega bo‘lib, o‘tkazishni
mustahkam ta’minlash ehtimoli bor. U ko‘pchilik tashqi hujayralarning bitta
to‘qimadan tarmoqlangan inasabatsiyasidan farq qilib, bitta tukli hujayra tolasining
faolligini qo‘shni hujayralarning faolligi bilan bir vaqtda bog‘laydi.
Tovushli
javoblarning asosiy oqimi ichki tukli hujayralar orqali o‘tadi, bunda tashqi
hujayralar signallarning xususiyatlariga ma’lum bir hissa qo‘shadi deb hisoblanadi.
Sensorli axborotni tashuvchi afferent tolalardan tashqari tukli hujayralarga efferent
tolalar ham keladi. Ular, miya ustunining yuqori oliva yadrosi hujayralaridan
keladi va tukli hujayralar bilan sinaptik aloqani hosil qiladi. Ushbu tolalar
rag‘batlantirilganda qilinganda tukli hujayralarning javobini bostirilishini
chaqiradi.
Bu tolalar, tukli hujayralarni me’yoridan ortiq ta’sirlanishini qandaydir
himoya qilsa kerak, boshqa masalalarda ularning funksiyasi hali yaxshi
o‘rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: