19
g‘oyalarga erisha olmaydi. 2017 yili
Huawei
kompaniyasi «
Kelajak uchun
urug‘lar
»,
HAINA
onlayn-maktablaridagi AKT kurslari, shuningdek, universitet
talabalari uchun tajriba orttirish va o‘quv dasturlari orqali 2000ga
yaqin kishini
o‘qitdi. Sanoat korxonalari va operatorlar tomonidan yuqori natijalarni qo‘lga
kiritishda Markaziy Osiyodagi raqamlashtirish jarayonining ishtirokchisi bo‘lar
ekan,
Huawei
kompaniyasi O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini
mukammallashtirishni davom ettirishni rejalashtirgan. Shuningdek, u tadqiqot
institutlari va universitetlar bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi va barcha
hamkorlar bilan birgalikda hududlarda raqamli iqtisod rivojini oldinga surishni
davom ettirib, raqamli tovush ekotizimini yaratatmoqchi. Bu esa, o‘zaro
bog‘langan va yuqori idrokli Markaziy Osiyoni barpo etishga olib keladi. Masalan,
mamlakatimizdagi ko’pchilik olim va soha
mutaxassislarning fikricha,
raqamlashtirish jarayoni mamlakat iqtisodiyotida borgan sari kuchayib boradi va
transmilliy korporatsiyalarning mamlakat mintaqaviy va milliy iqtisodiyotlaridagi
roli ortib boradi. Iqtisodiyotning raqamli segmenti mamlakat iqtisodiyoti va
jamiyatda ro‘y bergan sifat o‘zgarishlari tufayli dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi.
Yangi raqamli texnologiyalar va platformalar jismoniy shaxslar va korxonalar
menejmentiga tobora katta ko‘lamda o‘zaro aloqalarda transaksiya harajatlarini
qisqartirish hamda davlat uzilmalari va xo‘jalik yurituvchi ob’ektlar
bilan yaqin
aloqalarni amalga oshirishga imkon beradi. Bularning natijasida tarmoq
servislariga
asoslangan
raqamli
yoki
elektron
iqtisodiyot
shakllanadi.
Raqamlashtirish tushunchasining o‘zi buyumlar internetidan tortib elektron
hukumat texnologiyalarigacha bo‘lgan zamonaviy axborot texnologiyalarini
«yoppasiga» qo‘llash asosida tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarishni boshqarish va
ishlab chiqarishning o‘zini takomillashtirishning yangi bosqichidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirishning asosiy sababi, transaksiya
sektorining o‘sishi
hisoblanadi, u rivojlangan mamlakatlarda milliy YIMning
70%dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu sektor tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat
boshqaruvi, konsalting va axborot hizmatlari ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana
savdo, shuningdek, turli kommunal, personal va ijtimoiy hizmatlar ko‘rsatish.
20
Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
mamlakat ichkarisida va tashqarisida shunchalik katta hajmdagi noyob
ma’lumotlar
aylanadi, mos ravishda, milliy iqtisodiyot doirasida ham kattaroq
axborot trafigi vujudga keladi. Shu sababli, raqamli iqtisodiyot information
texnlologiya hizmatlarining kirib borish darajasi yuqori va qatnashchilar soni ko‘p
bo‘lgan bozorlarda eng samarali faoliyat ko‘rsatadi.Birinchi navbatda, bu e-
segmentning ulushi YIM 10%ini tashkil qiladigan, bandlik 4%dan yuqori bo‘lgan
va bu ko‘rsatkichlar yaqqol o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan
internetga qaram
tarmoqlar (transport, savdo, logistika va h.k.) bilan bog‘liq. Texnologik jihatdan
raqamli iqtisodiyotni to‘rtta trend belgilab beradi: mobil texnologiyalar, biznes-
model, bulutli texnologiya va ijtimoiy media vositalari. Bu esa shuni anglatadiki,
milliy segmentni shakllantirishda ularning imkoniyatlaridan to’liq foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir vaqtda milliy raqamli iqtisodiyotga ichki
va tashqi investitsiyalarni samarali jalb etish va undan
dividendlar olish uchun
qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, salmoqli inson kapitalini tayyorlash,
boshqaruv jarayonini ham rivojlantirish zarur. Bularning barchasi iqtisodiy
o‘sishning poydevori hisoblanadi va xuddi shu sababli, ularni rivojlantirish chora-
tadbirlari majmuini aniqlash lozim. Raqamli iqtisodiyot sohasiga oid yuqorida
aytib o’tilgan fikrlarni
keng halq ommasiga va ayniqsa, talaba-magistrantlarga
yetkazish maqsadida yozilgan
ushbu o’quv qo’llanma xuddi shu va shunga
o’xshash masala va muammolari ommabop ravishda taqdim etishga va
imkoniyat darajasida yoritishga bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: