O’quv qo’llanma keng kitobxonlar ommasiga taqdim va tavsiya etiladi



Download 22,82 Kb.
Sana26.01.2022
Hajmi22,82 Kb.
#411535
Bog'liq
fonetika 1


TOVUSH

VA

TALAFFUZ



ME’YORLARI

Ushbu uslubiy qo’llanma maktab o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Boshlang’ich sinflarda o’quvchi tovush talaffuzini to’g’ri o’zlashtirib har bir tovushni talaffuz me’yorlarida talaffuz qilishi o’rgatiladi. Bu juda muhim jarayondir. Tovush talaffuzini to’gri o’zlashtirish maqsadida inson qiyofasidagi nutq a’zolarini joylashuvi va ularni tovush hosil bo’lishidagi harakati va holatini berilishi mukammallik kasb etadi. Nutq a’zolari joylashuvi va talaffuz jarayoni rasm va belgilar, ranglar asosida berilganligi, bu qo’llanmaning qulayligidir.

Tovushlardan unlilar a, o, I, e, u, o’ larni murakkab jarayonlari, yumshoq-qattiqligi, qisqa-cho’ziqligi, tor-kengligi qoidalar asosida berilgan.

V,f,y,j,x,h,l,m,r,ng shovqinli, sonor, jarangli bo’lgan tovushlarni alohida holatda ajratilib, talaffuz qoidalari asosida berilishi ham kelajakda imli qoidalaridagi—tovush tushishi, tovush ortishi, bir tovush aytilib, boshqa harf yozilishi kabi chigalliklarni oldini oladi. To’g’ri talaffuz, to’g’ri yozishga, to’g’ri o’qishga, to’g’ri adabiy tilda gapirishga asosiy mezon degan umiddamiz.

O’quv qo’llanma keng kitobxonlar ommasiga taqdim va tavsiya etiladi.

Muallif: Alijon Jabborov.

12. 07. 2021.

Maktab o’qituvchisining jonkuyarlik bilan ezgu bir ishga qo’l urganligini, albatta, quvonch bilan qayd etaman. O’zbek tilidagi tovushlarning hosil bo’lish o’rinlari asosan to’g’ri berilgan. Chunki muallif mavjud adabiyotlardagi fikrlarga suyangan. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek tili alifbosidagi barcha tovushlarning paydo bo’lish o’rinlari sanab ko’rsatib o’tilgan. Shu bilan birga “Fonetika” bo’yicha durust bilimga ega bo’lib, uni o’qitishda nimalarga e’tibor berishni ham yaxshi his qilgan. Tavsiya etilayotgan qo’llanmani nashr etish mumkin.

Yormat Tojiyev. Filologiya fanlari doktori. Professor.

Mazkur uslubiy qo’llanmada ayni shu nutq tovushlarini talaffuz qilish paytidagi nutq a’zolarining harakat va holati tahlil qilingan. Uni tahlil qilishda nutq a’zolarining holati rasmlarda ko’rsatib izohlangan. Bu narsa ish muallifining bu sohada har tomonlama nazariy bilim va yetarlicha tajribaga boy ekanligidan dalolat beradi. Ishi o’rganib chiqib “Tovush va talaffuz me’yorlari” nomli ushbu uslubiy qo’llanma tovushlarning talaffuzi haqida to’liq ma’lumot beradi. Uning chop etilishi o’qituvchilargaham o’quvchilarga ham, keng ziyolilar ommasiga ham kata foyda beradi degan xulosaga keldim.

M.Muhammadiyeva. NamDU “Ozbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti. Filologiya fanlari dotsenti.

1-qosh. 2-ko’z. 3-burun bo’shlig’i. 4-burun. 5-qattiq tanglay. 6-yumshoq tanglay. 7-lab. 8-tish. 9-til. 10-alveola. 11-til osti suyagi. 12-jag’. 13-hiqildoq osti tog’ayi. 14-ovoz bog’lami. 15-kekirdak. 16-quloq. 17-tilcha. 18-umurtqa.

A a tovushi

Tovush hosil bo’lishida lablar tinch, harakatsiz holatda bo’ladi. Tishlar orasidagi masofa 1-1,5sm bo’lib, umuman tilt inch holatda bo’ladi. Til uchi pastki tishlar qirralariga yaqin joylashadi. Pastki jag’ oxirigacha tushadi. Til qattiq tanglaydan ancha uzoqlashadi. Bu tovush til oldida keng va ochiq holatda talaffuz etiladi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’ladi. Kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo oqimi og’iz orqali o’tib, keng va ochiq holatda talaffuz etiladi.

Bu tovush til oldida va til orqasida boshqa tovushlar bilan birga talaffuz etiladi. Ovoz bog’lamlari(un paychalari) birlashgan bo’lib, taranglashib, tebranadi. Havo ovoz(un)dan iborat bo’ladi. Unli tovush hosil bo’ladi.

Bb tovushi

Lablar tinch holatda birikkan bo’ladi. Yuqori va pastki lablar bir-biriga jipslashadi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birikmagan bo’ladi. Til uchi pastki tishlar orqasida yotadi. Til o’rta qismining yumshoq tanglayga yopishuvi natijasida havo yo’li berkiladi.

O’pkadan chiqayotgan havo oqimi bu to’siqni birdaniga ochishi natijasida portlab, lablarni ochadi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib turadi. Havo oqimi og’izdan portlab chiqadi. Ovoz bo’g’lamlari(un paychalari) birlashgan bo’lib taranglashadi va tebranadi. Shovqinli havoga ovoz(un) qo’shiladi. Jarangli tovush hosil bo’ladi.

Dd tovushi

Lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqin, lekin birlashmagan. Tilning oldingi kurak qismi yuqori tishlarga tiralgan bo’ladi tilning yon qirralari yuqori tish qirralariga jipslashib turadi. Tilning orqa qismi tanglay tomon ko’tarilgan bo’ladi. Havo oqimi til oldi qismida bir lahzada portlab hosil bo’ladi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’ladi va burun yo’llarini yopib turadi. Havo oqimi og’izorqali o’tadi. Ovoz bog’lamlari(un paychalari) birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Shovqinli havoga ovoz(un) qo’shiladi. Jarangli tovush hosil bo’ladi.

Ee tovushi

Lablar jilmaygan holatda bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqin, lekin birlashmagan, oldingi tishlar ko’rinib turadi. Tilning uchi pastki tishlar asosiga tiraladi. Tilning keng uchi pastki tish qirralariga tegib turadi. Tilning orqa qismi qattiq tanglayga ko’tariladi. Tilning yon tomonlari ustki tish qirralariga jipslashadi. Til bilan qattiq tanglay orasida o’rtacha masofa bo’ladi. Bu tovush til usti orqa qismida ochiq holatda hosil bo’ladi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’ladi va burun yo’llarini yopib turadi.

Havo oqimi og’iz orqali o’tadi. Ovoz bog’lamlari(un paychalari) birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Havo ovoz(un)dan iborat bo’ladi. Unli tovush hosil bo’ladi.

Ff tovushi

Bu tovush talaffuzida pastki lab tinch holda bo’ladi. Pastki lab qirralari yuqori oldingi tish qirrasiga tegadi. Yuqori oldingi lab yengil ko’tariladi. Yuqorigi oldingi tish qiralari ko’rnib turadi. Pastki lab bilan yuqorigi oldingi tishlar o’rtasida havo oqimi o’tadiga oraliq hosil bo’ladi. Havo shu oraliqdan sirg’alib chiqadi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’ladi, burun yo’llarini yopib turadi.

Havo og’iz bo’shlig’idan lab-tish orasidan sirg’alib o’tadi. Ovoz bog’lamlari(un paychalari)ochiq bo’lib, taranglashib, tebranadi.

Havo oqimi shovqinli va jarangsiz bo’ladi. Jarangsiz (shovqinli) tovush hosil bo’ladi.

Gg tovushi

Lablar biroz ochiq, harakatsiz bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqinlashadi. Til uchi pastga tushgan va pastki kurak tishlarga tegib turadi. Tilning yon devorlari tishning yon qirralari bilan jipslashadi. Til kuragining orqa qismi yumshoq tanglay bilan birlashgan bo’ladi. Bu tovush yumshoq tanglay tovushidir. Til kuragi esa qattiq tanglayga bosiladi. Havo yo’li berkiladi, to’siq hosil bo’ladi. Bu to’siqni havo kuchi bir zumda ochadi va portlash hosil bo’ladi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, urun yo’llarini yopib turadi.

Ovoz bog’lamlari(un paychalari) birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Shovqinli havoga ovoz (un) qo’shiladi. Jarangli tovush hosil bo’ladi.

Hh tovushi

Tovush talaffuzi vaqtida butun nutq organlari erkin holatda bo’ladi. Lablar ochiq, harakatsiz bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqin, lekin birlashmagan bo’ladi. Til yon devorlari yuqori tish qirralariga tegib turadi. Havo oqimi yuqori tishlar va til ustidan sirg’alib hosil bo’ladi. Havo oqimi og’iz bo’shlig’I orqali o’tadi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’ladi va burun yo’llarini yopib turadi. Ovoz bog’lamlari (un paychalari) birlashmaydi, tebranmaydi va titramaydi. Shovqinli havo kekirdakda biroz titrash hosil qiladi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

Ii tovushi

Lablar jilmaygan kulgu holatida. Tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekinhabirlashmagan. Oldingi tishlar ko’rinib turadi. Tilning keng uchi pastki tishlar asosida, tilning yon qirralari esa yuqori tishlarga tegib turadi. Til kuragi qattiq tanglayga ko’tariladi, orqa qismi esa pastga tushadi. Bu tovush tilning oldingi qatorida yumshoq o’zaklarda qisqa –I, tilning orqa qatorida qattiq o’zaklarda cho’ziq –I tarzida talaffuz etiladi.

Undosh tovushlarning o’zidan keyin kelgan unli tovush ta’sirida tilning yuqori ko’tarilishi natijasida yumshoqlashuvi sodir bo’ladi. Yumshoq va qattiq o’zaklarda undoshlarning yumshoq va qattiqligi til oldi qismi holatiga bog’liq bo’ladi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiraladi va burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo og’iz orqali o’tib, qisqa va cho’ziq talaffuz etiladi.

Ovoz bog’amlari birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Havo ovozdan iborat bo’ladi. Unli tovush hosil bo’ladi.

Jj tovushi

Lablar ochiq, harakatsiz va aylana shaklda oldinga chiqqan bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqin lekin birlashmagan. Tishlarning pastki va yuqori qirralari ko’rininb turadi. Til uchi alveolalar tomon qattiq tanglayning oldingi qismi tomon ko’tarilgan bo’ladi. Til uchining ustki qismi mil qirralariga tegadi. Til uchu erkin holatda yo’naltiriladi. Tilning orqa qismi tushgan, pastga egilgan. Tilning orqa qismida bo’shliq(tirqish) hosil bo’ladi. Shu tirqish orqali iliq havo o’tadi.. tilning orqa qismi ko’tarilgan va orqaga tortilkgan bo’ladi. Tilning yon qirralari yuqori tish qirralariga jipslashadi. Havo oqimi til oldi qismidan sirg’alib chiqadi. Ajdar., gijda, vijdon…

Portlovchi tovushi hosil bo’lishida yuqoridagi holatlar sodir etiladi. Til orqa qismining yumshoq tanglayga yopishuvidan havo yo’li berkiladi. Havo oqimi bu yo’ldagi to’siqni yorib, til oldi qismida portlab hosil bo’ladi. Sirg’aluvchi j tovushida tilning oldingi qismi tanglay tomon baland ko’tariladi. Til qirralari tishlar yon qirralariga tegadi. Havo oqimi til o’rtasidagi tirqish orqali sirg’alib chiqadi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo oqimi og’iz orqali o’tadi. Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, tarnglashadi va tebranadi. Shovqinli havoga ovoz qo’shiladi. Jarangli tovush hosil bo’ladi.

Kk tovushi

Bu tovush yumshoq tanglay tovushidir. Tovush talaffuzi vaqtida lablar va tishlar oralig’I o’rtacha kenglikda ochiq bo’ladi. Lablar ochiq va harakatsiz bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqin, ammo birikmagan. Til uchi pastga tushib, pastki kurak tishlarga tegib turadi. Tilning yon chetlari yuqori kurak tishlarning yon qirralari bilan jipslashadi. Tilninng o’rta va oxirgi qismi yoysimon shaklda yuqoriga ko’tarilib tanglay tomon yopishadi. Nafas yo’li berkilib qoladi. Tilning orqa qismi va qattiq tanglay o’rtasida ma’lum oraliq hosil bo’ladi. Havo oqimi yo’ldagi bu to’siqni portlab ochadi, tovush til orqasi va qattiq tanglay o’rtasidan o’tadi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilga tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib qo’yadi.

Ovoz bog’lamlari birikmaydi. Ochiq bo’lib taranglashib, tebranmaydi. O’pkadan chiqayotgan havo shovqinli va jarangsiz bo’ladi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

Ll tovushi

Lablar yengil kulgi holatida bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqinlashadi. Pastki tishlar ko’rinmaydi. Til uchi alveolalari va oldingi kurak tishlar bilan birikadi. Til uchi milk bo’rtmasiga tegadi. Til uchi biroz tushadi. Tilning orqa qismi yumshoq tanglayga ko’tarilgan bo’ladi. Havo oqimi til oldida to’siqqa uchrab, tilning ikki yon tomonidan sirg’alib o’tadi. Bu tovush yumshoq va qattiq talaffuz etiladi. Havo oqimi tilning ikki yonidan o’tadi. Tovushlarning yumshoq va qattiqligi til oldi qismining holatidan kelib chiqadi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning devorlariga tiraladi va burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo og’iz orqali o’tadi. Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, taranglashib, tebranadi. Havo tarkibida ovoz(un) ko’p bo’ladi, qisman shovqin ishtirok etadi. Ovozdor tovush hosil bo’ladi.

Mm tovushi

Lablar tinch holatda birlashadi. Tishlar orasi o’rtacha masofada bo’ladi. Tilning orqa qismi tanglay tomon ko’tariladi. Tishlar orasidagi masofa va til holati bu tovushdan keyin keladigan tovushlarga bog’liq bo’ladi. Boshqa portlovchi tovushlar m tovushida oldin portlash xususiyatini yo’qotadi. Chunki m tovushi ham portlovchilar singari nutq a’zolarining jipslashuvi natijasida hosil bo’ladi. Yumshoq tanglay va tilcha pastga pastga tushgan bo’lib, havo oqimi burundan o’tadi.

Havo burun bo’shlig’ida to’siqlarga uchrab, portlab chiqadi. Havo oqimi yuqori va pastki lablarning ochilishi natijasida, qisman og’izdan ham chiqadi.

Ovoz boglamlari birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Havo tarkibida qisman shovqin va ko’proq ovoz(un) bo’ladi. Ovozdor tovush hosil bo’ladi.

Nn tovushi

Lablar ochiq, tinch, harakatsiz holatda bo’ladi. Oldingi tishlar ko’rinib turadi. Tishlar bir-biriga yaqinlashadi. Tilning oldingi kurak qismi yuqori alveolalarga tiralgan bo’ladi. Tishning yon qirralari yuqori tishlarga jipslashadi. Tilning o’rta qismi tanglayga tegadi. Bu tovush tilning oldingi qismi bilan tish va milk o’rtasida hosil bo’ladi. Yumshoq tanglay va kichik tilcha pastga tushadi. Tilning orqa qismi tanglayga tegishi natijasida havo oqimi bu to’siqni portlab ochadi. Havoning bir qismi burun orqali chiqadi. Havo oqimi qisman burun bo’shlig’idan, qisman og’iz bo’shlig’ining til oldida portlab chiqadi.

Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Havo tarkibida qisman shovqin va ko’proq ovoz bo’ladi. Ovozdor tovush hosil bo’ladi.

Oo tovushi

Lablar aylana shaklda dumaloqlangan, biroz oldinga cho’zilgan. Tishlar lablar bilan bekilgan bo’ladi. Til uchi pastki kurak tishlarga tiraladi va pastga tortiladi. Pastki jag’ ancha pastga tushadi. Tilning orqa qismi va til ildizi biroz yuqoriga ko’tariladi. Havo oqimi og’iz bo’shlig’idan to’siqqa uchramay chiqadi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib turadi. Havo oqimi og’iz orqali o’tib, keng va ochiq holatda talaffuz etiladi.

Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib taranglashadi va tebranadi. Havo ovozdan iborat bo’ladi. Unli tovush hosil bo’ladi.

Pp tovushi

Tovush talaffuzi vaqtida lablar tinch holatda birikgan bo’ladi. Yuqori va pastki lablar bir-biriga jipislashadi. Tishlar bir biriga yaqin lekin jipslashmagan. Tishlar lablar bilan berkitilgan. Til uchi kurak tishlarning orqasida turadi. Tilning o’rta qismi tanglayiga tomon ko’tarilgan bo’ladi. O’pkadan chiqayotgan havo oqimi to’siqni birdaniga ochilishi natijasida portlab, lablarni ochadi va tovush hosil bo’ladi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilga tomoqning orqa devorlariga tiraladi. Burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo oqimi og’izdan portlab chiqadi. Ovoz bog’lamlari ochiq bo’lib, taranglashib tebranmaydi. Havo shovqinli va jarangsiz bo’ladi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

Qq tovushi

Lablar biroz ochiq, harakatsiz erkin holatda bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqinlashadi lekin birikmaydi. Til uchi pastki kurak tishlarga tegib turadi va talaffuz vaqtida alveolalar tomon tortiladi. Til yon qirralari jipslashgan bo’ladi. Til orqa qismining tanglay va yumshoq tanglay bilan jipslashuvidan to’siq(berkilish) hosil bo’ladi. Havo oqimi bu to’siqni birdaniga yorib o’tishi natijasida, portlab hosil bo’ladi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib turadi. Havo oqimi chuqur til orqasida portlab, og’iz bo’shlig’I orqali o’tadi. Ovoz bog’lamlari ochiq bo’ladi. Taranglashib, tebranmaydi. Havo shovqinli va jarangsiz bo’ladi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

Rr tovushi

Bu tovush milk tovushi bo’lib, sirg’aluvchi undosh tovushni ifodalaydi. Tovush talaffuzi vaqtida lablar ochiq va harakatsiz bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birikmagan. Til uchining oldingi qismi yuqori tish va alveolalar tomon ko’tariladi. Tilning yon qirralari esa ustki yon milklarga jipslashadi. Havo oqimi til uchi bilan milk o’rtasidagi oraliqdan o’tadi. Til uchi erkin holatda bo’ladi. Bu tovush titroq tovush bo’lib, til uchining milkka muntazam urilib turishi natijasida hosil bo’ladi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini to’sib turadi. Havo oqimi og’iz orqali o’tadi.

Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Havo tarkibida qisman shovqin, ko’proq ovoz(un) bo’ladi. Ovozdor tovush hosil bo’ladi.

Ss tovushi

Lablar yengil kulgi holatida ochiq bo’ladi. Tishlar ko’rinib turadi. Tishlar bir-biriga yaqinlashadi, lekin birikmaydi. Tilning keng uchi kurak tishning orqasida turadi. Tilning yon qirralari yon tishlarga zich tiralgan bo’lib, faqat o’rta qismida ingichka tirqish hosil bo’ladi. Tilning o’rta qismi tushgan, orqa qismi biroz ko’tarilgan. Sovuq havo oqimi til o’rtasidan tirqish orqali sirg’alib chiqadi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib turadi.

Havo og’iz orqali o’tadi. Ovoz bog’lamlari ochiq bo’lib, taranglashmaydi va tebranmaydi. Havo oqimi shovqinli va jarangsiz bo’ladi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

Tt tovushi

Lablar biroz ochiq, harakatsi, tinch holatda bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqin, lekin birikmagan. Tilning oldingi kurak qismi tishlarga va alveolalarga tiralib turadi. Tilning yon qirralari yuqori tishlar bilan jipslashgan bo’ladi. Tilning o’rta qismi tanglay tomon ko’tarilgan bo’ladi. Havo oqimi tiloning oldi qismida portlab, og’iz orqali o’tadi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan, tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib turadi.

Ovoz bog’lamlari ochiq bo’lib, taranglashmaydi, tebranmaydi. O’pkadan chiqayotgan havo shovqinli jarangsiz bo’ladi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

Uu tovushu

Lablar erkin holatda, cho’chchayib, oldinga chiqqan bo’ladi. Tishlar ir-biriga yaqinlashgan, birlashmagan. Lablar bilan berkitilgan bo’ladi. Jag’ pastga ancha tortiladi. Til uchi pastki tishlar asosida bo’ladi. Talaffuz vaqtida til orqa qismi tanglay tomon ko’tariladi. Yumshoq tanglay bilan til o’rtasida torgina bo’shliq bo’lib, havo shu bo’shliqdan o’tib, tilning ildizi va orqa qatorida lablar yordamida hosil bo’ladi.

Bu oldi qator tor unlisini yumshoq talaffuzi k,g tovushlari bilan keladi. U tovushi tilning orqa qismida q, g’ tovushlari bilan yondosh kelib, qattiq talaffuz etiladi.

Bu fonema urg’usiz bo’g’inlarda ikki jarangsiz undosh orasida kelganda kuchsizlanishi mumkin. Tut, tutun…

Talaffuz vaqtida yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’ladi. Burun yo’llarini yopib turadi. Havo og’iz orqali o’tadi.

Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Havo ovozdan iborat bo’ladi. Unli tovush hosil bo’ladi.

Vv tovushi

Bu tovush ikki xil hosil bo’ladi. Lablar ishtirokida(lab-lab), lab va tish ishtirokida(lab-tish) hosil bo’ladi. Pastki lablarning yuqori lab bilan jipslashuvi va yaqinlashuviga ko’ra lab-lab holati, pastki labning tishlarga jipslashuviga ko’ra lab-tish holati hosil bo’ladi. Lab-tish holati sodir etilayotganda lab tish oralig’ida kichkina teshikcha hosil bo’ladi. Tilning o’rta qismi yumshoq tanglayga ko’tariladi. Shu holatda nutq a’zolari, tezda keying tovushni talaffuz etish holatiga o’tadi. Lab-lab holatida lablar bir-biriga yaqinlashadi. Havo oqimi tor bo’shliq orqali og’izdan sirg’alib chiqadi.

Yumshoq tanglay ko’tarilga, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib turadi. Ovoz bog’lamlari birlashadi, taranglashadi, tebranadi. Shovqinli havoga ovoz qo’shiladi. Jarangli tovush hosil bo’ladi.

Xx tovushi

Lablar o’rtacha kenglikda ochiq, harakatsiz bo’ladi. Tishlar bir-biriga yaqin lekin birlashmagan. Talaffuz vaqtida til uchi pastki kurak tishlarning o’rtasida bo’ladi. Til yon qirralarining o’rta qismi yuqori tishlar bilan jipslashadi. Tilning orqa qismi yoysimon shaklda yuqoriga ko’tarilib, tanglayga tegib turadi. Tilning o’rta qismi va tanglay o’rtasida ma’lum oraliq hosil bo’lib, bu joydan sirg’alib o’tgan havo to’lqini yumshoq tanglayni titratib, shovqin hosil qiladi.

Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralib, burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo oqimi og’iz orqali o’tadi.

Ovoz bog’lamlari birikmaydi, ochiq bo’lib, taranglashmaydi va tebranmaydi. Havo oqimi faqat shovqindan iborat bo’ladi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

Yy tovushi

Lablar o’rtacha ochiq kulgi holatida bo’ladi. Tishlar ko’rinib turadi. Til uchi pastki kurak tishlarning o’rtasiga tiralgan bo’ladi. Tilning yon qismi kurak tishlarga ichki tomondan siqilgan bo’lib, talaffuz vaqtida til uchi yuqori tishlar tomon ko’tariladi va orada tirqish hosil bo’ladi. Havo shu tirqish orqali o’tadi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’ladi. Burun yo’llarini yopib turadi. Havo oqimi tilning o’rta qismidan sirg’alib og’iz bo’shlig’idan o’tadi. Ya, yu, yo, ye tovush birikmasini ifodalaganda til uchu pastki kurak tishlar orqasiga tortiladi. Og’izdan kuchli havo oqimi chiqadi, barcha talaffuz holatlarida y tovushi bir xil talaffuz etiladi.

Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Shovqinli havoga ovoz un qo’shiladi. Jarangli tovush hosil bo’ladi.

Zz tovushi

Lablar kulgi holatida tarang cho’zilgan. Tishlar ko’rinib turadi. Tishlar bir-biriga yaqin, lekin jipslashmagan. Tilning keng qismi kurak tishlar orqasida turadi. Tilning yon qirralari yon tishlarga zich boradi, faqat o’rta qismida tirqish hosil bo’ladi. Tilning o’rta qismi tushgan, orqa qismi biroz ko’tarilgan. Sovuq havo oqimi til o’rtasidan sirg’laib chiqadi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo og’iz bo’shlig’I orqali ‘tadi.

Ovoz bog’lamlari birlashmagan, taranglashadi va tebranadi. Shovqinli havoga ovoz qo’shiladi. Jarangli tovush hosil bo’ladi.

O’o’ tovushi

Lablar cho’chchayib oldinga chiqqan. Tishlar lablar bilan berkitilgan bo’ladi. Til uchi pastki kurak tishlar orqasida bo’ladi. Lab chetlari birikkan bo’lib, til va tanglay o’rtasida bo’shliq qoladi. Til uchi ichkariga tortiladi. Tilning o’rta qismi yumshoq tanglayga ko’tariladi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo oqimi og’iz bo’shlig’I orqali o’tib, til oldi va til orqasida hosil bo’ladi.

Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, taranglashib, tebranadi. Tovush ovozdan iborat bo’ladi. Unli tovush hosil bo’ladi.

G’g’ tovushi

Lablar biroz ochiq, harakatsiz, erkin holatda bo’ladi. Yuqori tishlar ko’rinib turadi. Til uchi pastki tishlarning orqasida bo’ladi. Til kuragi yumshoq tanglay bilan yaqinlashadi. Tilning yon qirralari yuqori tish qirralariga tiraladi. Tilning o’rta kurak qismi tanglay tomon ko’tariladi. Chiqayotgan havo chuqur til orqasida yumshoq tanglay orasidan sirg’alib, og’iz bo’shlig’I orqali o’tadi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan bo’lib, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiraladi. Natijada burun yo’llari berkiladi. Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Shovqinli havoga ovoz qo’shiladi. Jarangli tovush hosil bo’ladi.

Sh sh tovushi

Lablar biroz ochiq, erkin, aylana shaklda, oldinga chiqqan. Tishlarning yuqori va paastki qirralari ko’rinib turadi. Til uchi alveolalar tomon va qattiq tanglayning old qismi tomon ko’tarilgan bo’ladi.

Tilning oldingi qismi tanglay tomon ko’tarilgan. Tilning orqa qismi pastga egilgan. Tilning orqa qismi tanglay tomon ko’tarilgan va orqaga tortilgan. Tilning uchi yon qiralari yuqori tish qirralariga jipslashadi. Yumshoq tanglay ko’arilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’lib, burun yo’larini yopib turadi.

Ovoz bog’lamlari ochiq bo’ladi. Taranglasgmaydi va tebranmaydi. Shovqinli havo jaranglamaydi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

Ch ch tovushi

Lablar aylana shaklda, biroz ochiq oldinga vhiqqan. Tishlar bir-biri bilan yaqinlashadi va jipslashadi. Til uchi yuqori alveolalarga yaqinlashib, tegib turadi. Tilning yon qirralari yuqori tishlarga jipslashadi. Til uchining ustki qismi bilan milk bo’rtmasi o’rtasida havo oqimi o’tadigan tor bo’shliq hosil bo’ladi. Tilning old qismi tanglayga ko’tariladi. Tilning orqa qismi ko’tarilib, yumshoq tanglayga yopishadi. Yumshoq tanglay ko’tarilgan, kichik tilcha tomoqning orqa devorlariga tiralgan bo’ladi. Burun yo’llarini yopib qo’yadi. Havo oqimi til oldi qismida portlab, og’iz orqali o’tadi.

Ovoz bog’lamlari ochiq bo’lib, taranglashmaydi va tebranmaydi. Shovqinli havo raranglamaydi. Jarangsiz tovush hosil bo’ladi.

ng tovushi



Lablar o’rtacha ochiq, harakatsiz bo’ladi. Til uchi yuqori kurak tishlarning qirralariga jipslashadi. Tilning yon qirralari yuqori tishlarning yon qirralariga tegib turadi. Tilning orqa qismi tanglayga tegadi. Chiqayotgan havo oqimi tilning orqa qismidan tanglay bilan yopishgan joydan portlab o’tib, og’iz bo’shlig’i orqali qisman o’tadi. Yumshoq tanglay pastga tushgan bo’lib, tomoqning orqa devorlariga tiralmaydi. Burun yo’li berkilmaydi. Havo oqimi burun orqali o’tadi.

Ovoz bog’lamlari birlashgan bo’lib, taranglashadi va tebranadi. Havo tarkibida qisman shovqin va ko’proq ovoz bo’ladi. Ovozdor tovush hosil bo’ladi
Download 22,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish