P2P (peer-to-peer)
ko’rinishidigagi pirring arxitekturasi asosida
ishlaydi. Ya`ni, bunday tarmoq bir huquqqa ega bo’lgan mijoz dasturlaridan
iboratdir. Blokcheyn va kriptovalyutaning har bir mijoz dasturi, o’z navbatida,
o’z-o’zini ta`minlovchi tuzilmadan iborat bo’lib, ular global kriptovalyuta
tarmog’iga ulanadilar va sutkasiga 24 soat mobaynida batamom avtomatik
ravishda ishlaydilar. Kriptovalyutalarning emissiyasi esa mayning (
ma’danqidirib
topish
) tamoili asosida amalga oshiriladi. «
Mayning
» – bu kompyuter tizimlarining
hisoblash quvvatlarini kriptovalyutaning tranzaktsiyalari zanjirini xosil qilish
uchun ishlatilish jarayonidir. Bunda har bir blok qandaydir to’g’rilik kriteriyalariga
hamda murakkablik darajasiga ega bo’lishi lozim. Buning uchun xeshlashtirish
algoritmlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, maynerlar bir vaqtning o’zida
13
yangikritptopullarni topadilar va kriptovalyutaning barcha mumkin bo’lgan
turlardagi tranzaktsiyalarini amalga oshiradilar. Agarda maynerlar o’z ishlarini
to’xtatsalar, kriptovalyuta ham yuqolib ketadi. Eng katta miqdorda aylanadigan
kriptovalyutalarning (
Bitcoin, Litecoin
) mayningi uchun xozirgi davrdagi oddiy
shaxsiy kompyuterlarning resurslari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham
maynerlar ёки«
fermalar
» deb ataluvchi juda katta hisoblash quvvatiga ega bo’lgan
tezkor va quvvatli kompyuter stantsiyalaridan foydalanadilar. Kriptovalyutalar
ularni qalbakilashtirishdan xeshlashtirish algoritmlari asosida himoyalanganlar va
ularni rasshifrovka qilish (
himoyasini buzish
) xozirgi kunda amaliy jihatdan
mumkin emas. Raqamli pullar - kriptoaktivlar masalaga biroz oydinlik kiritish
uchun orqagaqaytamiz va buning uchun avvalo pul o’zi nima – degan
savolga
javob beramiz
: Pul – biror bir mamlakatning yoki kelishuv asosida bir nechta
davlatlarning tovar va hizmatlar oldi-sottisi uchun umumiy ekvivalent
sifatida qabul qilinadigan valuytasi bo’lib, u qog’oz, metall yoki electron
ko’rinishda bugungi kun iqtisodiyotida amal qiladi. Valyutaning eng muhim
jihatlaridan biri – unda emissiya qiluvchi (
pul chiqaruvchi
) biror bir
muassasa (
O’zbekistonda Markaziy bahk
) belgilanadi va tegishli qonunlarga
muvofiq to’lovlarda belgilangan hududlarda o’z qiymatida qabul qilinishi
qat’iy belgilanadi. Bugungi kundagi pullar
fiat
pullar (
nominal qiymati real
qiymatidan katta farq qiladigan pullar
) hisoblanib, ularni muomalaga
chiqarish uchun sarflanadigan harajatlar odatda pul ustida ko’rsatilgan
qiymatdan ancha arzon bo’ladi
. Masalan, AQSH da 100 dollarlik bitta
kupyurani chiqarish uchun atigi 14 tsentlik harajat ketadi. Agar yarim asr
oldin pullarning qiymati oltin ekvivalenti bilan ta’minlangan bo’lsa, xozirgi
kunga kelib, ular mamlakatda yaratilgan mahsulot va hizmatlar umumiy
yig’indisi bilan ta’minlanishi belgilangan. Biroq, naqdsiz pullar bilan amalga
oshiriladigan har bir tranzaktsiya (
pul o’tkazishlar amaliyoti
) bevosita biror
bir moliya muassasasi orqali amalga oshirilishi yo’lga qo’yilgan. Bunda
o’ziga hos nazorat yo’lga qo’yilgan bo’lib, havfsizlik va ko’rsatilgan
hizmatlar uchun moliyaviy vositachilar (
banklar, birjalar va boshqalar
)
14
komission haq olishi belgilangan. To’g’ri, naqd pul bilan hech qanday haq
to’lamasdan ham to’g’ridan-to’g’ri to’lovlarni amalga oshirish mumkin,
ammo bu amal yirik bitimlarda va uzoqdagi hamkorlar bilan amalga
oshiriladigan to’lovlar uchun juda noqulay hisoblanadi. Buning ustiga, naqd
pullarning qalbaki bo’lib chiqishi ehtimoli ham bor albatta.
Umumjahon
tendensiyalari va tashqi siyosatda ro‘y berayotgan hodisalardan kelib chiqib,
O‘zbekiston oldida global raqobatbardoshlik va milliy havfsizlik masalasi turibdi
va ushbu masalani hal qilishda mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari
allaqachon muvaffaqiyat bilan ishlamoqda. Hozirgi kunda, hujjatlar va
kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o‘tkazilishini
hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham
elektron platformalarga o‘tkazilmoqda. Mazkur o’quv qo’llanma mualliflari
raqamlashtirish sabablarini tahlil qiladilar, raqamli iqtisodiyot paydo bo‘lishining
sabablari va maqsadlarini ko‘rib chiqadilar hamda raqamli iqtisodiyot faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga hizmat qiladigan usullar va texnologiyalarni tahlil qiladilar.
Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-kommunikatsiya
tarmog‘ini, balki mamlakat xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab
oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda. Internet-savdo, raqamli
qishloq xo‘jaligi, «aqlli» elektr-tarmoq tizimlari, haydovchisiz transport,
shaxsiylashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimigaham raqamli iqtisodiyot inqilobi
kuchli ta’sir qilmoqda. Nafsilambirini aytganda, raqamli iqtisodiyot - bu
innovatsion g‘oya va bu fikr Jahon banki tomonidan 2016 yil «
Jahon taraqqiyoti
haqida ma’ruza – 2016: raqamli dividendlar
» ma’ruzasida ma’lum qilingan.
Bunday sharoitlarda alohida kompaniyalar, mintaqalar, mamlakatlar va ularning
birlashmalari texnologiyalar, tovarlar va hizmatlarning yangi turlari bozorlarida
yangi shakllanadigan uzoq muddatli raqobatli ustunliklarni ta’minlashga intilib,
raqamli iqtisodiyot sohasida strategik qarorlar shakllantirish va amalga oshirish
jarayoniga faol kirisha boshlaydilar. Raqamli iqtisodiyot bu – real voqe’llikni
to‘ldirib turadigan virtual muhitdir. G‘arb mamlakatlari ekpertlari raqamli
15
texnologiyalar iqtisodiyot sub’ektlari va boshqaruv o‘rtasidagi munosabatlar
sozlanmagan bo’lsa, ish bermasligi borasida yakdil fikr bildiradilar. Faol
axborotlashtirish jarayoni iste’molchilarning xulq-atvorini o‘zgartirib yuboradi.
Marketing ham asta-sekinlik bilan to‘xtovsiz ravishda iqtisodiy o‘zaro aloqalarning
mohiyatiga, har bir kishini iqtisodiy o‘zaro aloqalarga kirishishga majbur qiladigan
asosiy harakatlantiruvchi kuch – ehtiyojlarga yaqinlashmoqda. Raqamli
iqtisodiyotda boshqaruv jarayoni (professional kadrlar orqali) – o‘zaro aloqalarni
boshqarishningkomp’yuterli tizimi bo‘lib, insoniyatning o‘sib borayotgan
ehtiyojlarini qondirish borasida elektron ma’lumotlardan faol foydalanish bo‘yicha
keng ko‘lamli ishlarni olib boradi. Masalan, unda tizim faoliyatini bashorat qilish,
rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ko‘zda
tutilgan. Ya’ni, mamlakatni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish va hayotga
tadbiq qilish uchun ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish asosida xalq xo‘jaligi
majmuini boshqarishning umumiy integrallashgan tizimi bo‘lishi lozim.
Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda raqamli olam va jismoniy (yoki
moddiy) olamlar kundan-kunga bir-biriga tezkorlik bilan yaqinlashib kelmoqda.
Bu ikki olamning jipslashuvi, oxir-oqibat, o’zaro bog’liqlik tushunchasi katta
ahamiyat kasb etuvchi idrokli olamga olib keladi. Global raqamlashtirish jarayoni
esa jismoniy shaxslar, korxonalar va hukumatlarning barqaror o’sishi va ularga
qulaylik yaratishni ta’minlagan holda tezligini oshirishda davom etmoqda. Bunday
global raqamlashtirish sharoitida rivojlanishning sust bo’lishi Markaziy Osiyo
mamlakatlarida regress holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu mamlakatlarga
faqatgina yetakchi tajribalar yaratishda yangi raqobatbardosh ustunliklarni,
yangicha g’oyalarga asoslangan qarorlarni qidirib topishni ta’minlovchi o’sish
jarayoni yordam beradi, xolos. Tadqiqotlar shuni ko’rsatayaptiki, information
texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyotga
sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Misol sifatida shuni ko’rsatish mumkin: 2017
yili
Do'stlaringiz bilan baham: |