MAVZU: Tarbiyada ta'lim muassasalarining o'zaro hamkorligi.
REJA:
KIRISH.
I BOB. Tarbiyada ta'lim muassasalarining o'zaro hamkorligi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari.
II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligining pedagogik asoslari.
Ta’lim tizimida hamkorlikning ahamiyati.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi usullari va ish shakllari.
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yo’lidagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosit va iqtisodiy tub islohotlar amalgam oshirila boshlandi. Ta’lim sohasida, jumladan uning birinchi pog’onasi hisoblanmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o’zgarishlar qilinmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatda ta’lim muassasalari faoliyatini me’yorlashtiruvchi “Ta’lim to’g’risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” , shuningdek “O’zbekiston respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risida Nizom”, “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari” kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.
Isloh etish jarayonida bolalarga ta’lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl va uslublari, shuningdek pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari qamrab olinmoqda.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota- onalarning o’rni va javobgarligi oshirildi.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikirlash ko’nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o’rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo’yayotganida nechog’li bilimga egaligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorgarligi, atrof- olamga moslashish ko’nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.
Bolani biror narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni orttirish, o’z g’oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko’nikmasini shakllantirish ham muhimdir.
“O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan maktabgacha ta’lim
muassasalarida, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun bolalar bog’chalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta shug’ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko’prik vazifasini o’tashini, oila yoki bog’chadagi ta’lim va tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz o’tkazishni taminlash zarurligini hisobga olishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida anchayin jiddiy tub o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani bog’chada yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo’lmagan bilim, tushuncha, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |