Gap kengaytiruvchilari.
Gap kengaytiruvchilari gap tarkibida ma‘lum bir
bo`lak vazifasida kelayotgan so`zlarning lug`aviy ma‘nosi bilan emas, balki gapning
kesimini shakllantirgan morfologik vositalarga bog`lanadi. Masalan: Biz bu kitobni
kecha o`qidik gapini olaylik. Bu gapda ega (biz), aniqlovchi (bu), hol (kecha) va
kesim (o`qidik) ishtirok etgan. Gap markazi (o`qidik)ni lug`aviy ma‘noni anglatuvchi
(W) va kesimlik qo`shimchalariga (Pm) ajratamiz: o`qi -(W); - dik (Pm).
Gapdagi biz (ega) kesimlik kategoriyasi shaklining -k qismiga, kecha (hol) esa -
di qismiga bog`langan. Kitobni so`zi (to`ldiruvchi) kesimning lug`aviy ma‘no
anglatuvchi qismiga, bu (aniqlovchi) esa kitobni so`ziga bog`lanmoqda. Buni
Chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin:
o`qi + di + k
kitobni kecha biz
bu
Demak, gapning kesimi tarkibidagi kesimlik qo`shimchalariga tobelangan kecha
(hol) va biz (ega) so`zlari gap kengaytiruvchilaridir.
Berilgan gapdagi kesimlik qo`shimchalarini almashtirsak, uning birikuvchilari
ham o`zgaradi.
Biroq o`qidik kesimining lug`aviy ma‘no anglatuvchi qismi bo`lgan o`qi
so`zining istalgan boshqa fe‘l (yoz, Chiz, ol, ber) bilan almashtirilib, -dik qismi
saqlab qolinsa, biz ega, kecha hol vazifasida qolaveradi.
Gap kengaytiruvchisi sifatida ega gapning kesimlik qo`shimchalari tarkibidagi
shaxs-son, hol esa zamon, modellik, tasdiq-inkor shakllari bilan bog`lanadi.
Gap kengaytiruvchilari faqat kesimga tobelanadi va uning boshqa bir so`zga
tobelanishi kuzatilmaydi. Bu bilan u sintaktik qurilmadagi barcha tobe birliklarning
umumiy - faqat bir so`zga tobelanish, lekin birdan ortiq so`zga hokim mavqeyida
bo`la olish xususiyatini (qonuniyatini) namoyon qiladi.
Modal kengaytiruvchilar. Ma‘lum bo`ldiki, (Pm) tarkibida tasdiq-inkor va
modallik ma‘nolari ham mavjud. Shuning uchun (Pm) da mujassamlashgan va turli
vositalar bilan ifodalangan tasdiq-inkor, taxmin, gumon, Shubha, ishonCh, qat‘iylik,
shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zarurat, majburiylik va h. ma‘nolar gap
tarkibida turlicha - kirish bo`lak, kiritma bo`lak kabi gapning boshqa bo`laklari bilan
tobe - hokimlik munosabatiga kirishmaydigan va Shu boisdan so`z birikmalarini ham
tashkil eta olmaydigan modal so`zlar va tasdiq-inkor so`zlar vositasida kengaytiriladi.
Masalan: 1. Nigora, ehtimol keladi. 2. Biz, Shubhasiz, yutib chiqamiz. Gaplardagi
ehtimol, Shubhasiz so`z - gaplari sodda gap tarkibiga kirak ekan, gap bo`laklari bilan
grammatik aloqaga kirishmasa-da, mazmunan (Pm) ning tegishli ma‘nolarini
muayyanlashtiradi. Modal kengaytiruvchilar bu bilan lisoniy gap mazmunini nutqda
to`laroq ochishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |