1-ma’ruza. Sintaksisning tadqiq manbayi va bo`limlari.
Reja:
1.
O`quv fanining maqsadi, vazifalari.Sintaksisning tadqiq manbayi.
2.
Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy (struktur) sintaksis.
3.
So`z birikmasi(SB) sintaksisi va gap sintaksisi.
Sintaksis va uning tadqiq manbayi
. Til o`z ijtimoiy vazifasini sintaktik
qurilma–gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik
hodisalar ana Shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va
morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har
qanday sintaktik hodisada so`z va morfologik ko`rsatgichlarni ko`ramiz. Shu boisdan
sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi.
Grammatika morfologiya va sintaksisni o`z ichiga oladi.
Morfologiya, asosan,
sintaktik qurilish vositalari bo`lmish grammatik ko`rsatgichlar tizimi - morfologik
kategoriyalarni o`rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma‘no (UGM va
XGM)larini o`rganadi. Shuningdek, u so`z turkumlarining
umumiy grammatik
xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbayi yo
leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo`ladi. Masalan, so`z turkumlari lug`aviy ma‘nosi
yaqin so`zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so`zlarni
bosqichma-bosqich
birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so`z ma‘nolari
umumlashuvi pog`onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi
so`z turkumlaridir.
Morfologik ko`rsatgichlar ikkiga bo`linadi:
1) lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar;
2) sintaktik shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar.
Lug`aviy shakl hosil qiluvchi ko`rsatgichlar leksemalarning lug`aviy ma‘nosiga
ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, o`qigan bola
birikmasidagi o`qigan lug`aviy shakli -gan ko`rsatgichini olib, lug`aviy ma‘nosidagi
«harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no bo`lakChasiga
ega bo`ladi.
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so`zlarning lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir
qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Masalan, kitobni
olmoq birikmasidagi tuShum kelishigi qo`shimchasi kitob leksemasini olmoq fe‘liga
tobelash vazifasini bajarmoqda.
Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, so`z turkumlari yuksak lug`aviy
umumlashtirish, so`zlarni umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo`lsa,
grammatik ko`rsatgichlarning bir qismi leksik va bir
qismi sintaktik ahamiyatga
egadir. Demak, tilshunos I.I.MeshChaninov ta‘biri bilan aytganda, morfologiya aslida
leksik va sintaktik jihatlar birligidir.
Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi ta‘limotdir.
Gaplar, aslida, so`zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so`zlarning
bog`lanish qonuniyatlari, so`z birikmalari ham sintaksisda o`rganiladi. Atom
xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini
ochish molekula tabiatini
o`rganishga bo`ysundirilganligi kabi so`z birikmalarini o`rganish ham gap
ta‘limotining tarkibiy qismi bo`lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas.
Sintaksis so`zlarning har qanday birikuvlarini emas,
balki hokim-tobelik
munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini
tekshiradi. Qaysidir yo`sindagi so`zlarning birikuvlari sanalmish qo`shma so`zlar
(uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog`ini yalagan,
yog` tushsa yalaguday, ko`ngli bo`sh) sintaksisning tadqiq doirasidan Chetda qoladi.
Chunki ular erkin bog`lanishga ega emas.
Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o`zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli)
dir:
1) tilning sintaktik qurilishi;
2) grammatikaning tarkibiy qismi.
Biz atamani ana Shu ikkinchi ma‘nosida qo`llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun
sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz.