2.Teng tarkibli qo`shma gaplarning lisoniy xususiyatlarini izohlang.
3. Teng tarkibli qo`shma gaplarda bog`lovchilarning o`rni.
4. [WPm,WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarning nutqiy voqelanishi.
11-ma`ruza. Tobe tarkibli qo`shma gaplar.
Reja:
1.
Tobe tarkibli qo`shma gaplar – qo`shma gaplarning bir ko`rinishi sifatida.
2.
[WPm→WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplar.
3.Tobe tarkibli qo`shma gaplarning nutqiy qo`llanilishi.
[WPm→WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplar.
[WPmQWPm] tipik
ko`rinishli gaplarda har ikkala sodda gap ham shakllangan [Pm] ga ega bo`lsa-da,
birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSH) bo`la olmaydi. U
hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida bo`lib, o`z mazmunini
namoyon qilish uchun o`zidan keyin mustaqil holda namoyon bo`la
oladigan,
voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo`lishini taqozo qiladi.
Boshqacha aytganda, bu tipik ko`rinishli gap tarkibidagi
oldingi sodda gapning
kesimi NKSH bilan, keyingisi MKSH bilan shakllangan bo`ladi. 1.Firuza
toshli
uzukni olar ekan, Saidaxonning ko`zlari quvonChdan yaltirab ketdi. (S.Ahmad.)
2.Ra‘no guruchni
endi tuzlagan ham ediki, ichkaridan Anvar Chiqib keldi.
3.Botirjon telefonda endi gaplashib bo`luvdiyam, Choy ko`tarib qirmizxon kirib
keldi. (N.Aminov.) 4.Havo ochilsa, aylanishga boramiz. (S.Nuriy). 5.Unga ustozi
Chin dildan
barakalla barakalla desa, Aziz ko`nglida to`lib turgan niyatini ham
aytadi. Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo`llana olmaydi,
qo`llanganda ham ushbu qo`shma gap tarkibidagi ma‘nolarni bera olmaydi.
Keyin
turgan sodda gaplar esa bunday emas.
[WPm→WPm] tipli qo`shma gaplar tarkibidagi nomustaqil kesimni hosil
qiluvchi turli-tuman vositalar bor. Nomustaqil kesim shaklining o`zbek tilidagi tipik
vakili shart mayli qushimchasi -sa dir. Masalan, Men o`qisam, u eshitadi gapida U
eshitadi gapi o`z holicha mustaqil sodda gap bo`lib kela oladi, Men o`qisam qismi
esa qo`shma gap tarkibidan tashqari ham
Shu holicha mazkur mazmunni
beraveradi.
-sa qo`shimchasi bilan shakllangan kesimli gaplar mustaqil qo`llanaverishi ham
mumkin. Masalan: 1.Avra-astarini ag`darib mohiyatiga nazar tashlasangiz.
(S.Azimov.) 2.qishloqqa borsam. (A.qahhor). 3.Vatangadolikning men tortmagan
azobu-uqubati, ozori bo`lmasa kerak. (S.Azimov.) 4. Nahotki, o`ldirsalar. 5. Menga
, Iskandariyadagi mashhur devonaga Berlindan telegramma kelsa bo`ladimi?
(S.Azimov.) 6.qani, hey Mamadali, gapirsang-Chi.. (A.qahhor.)
Ushbu gaplarda -sa shart mayli qo`shimchasi istak, aChinish, sevinCh, qistash
kabi ma‘noviy bo`yoqlarga ega. Bu gaplar o`zidan
keyin keluvchi gaplar bilan
mazmunan bog`lanib, matn yaxlitligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Shu kabi gaplar
qanchalik mustaqil qo`llana olmasin, baribir o`zlaridan keyin qandaydir
qurilmalarning bo`lishini taqozo qiladi. Masalan, 1. -Uyga qaytsam. Nima deysiz? -
YAxshi bo`lardi kabi.