birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko`prik birikmasidagi
so`zlarning o`rni almashtirilsa, birikma mohiyati o`zgarib ketadi: ko`prik tosh.
Demak, bu so`zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustivor
ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa uning
kuchliligini bildiradi.
Har qanday SBda so`zning mavjud imkoniyatlari yuzaga chiqadi. Bunda har bir
a‘zodagi mazkur (M, J, SH) omillar o`zaro va boshqa a‘zodagi Shunday omillar bilan
muvofiqlashadi. So`zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi
evaziga sodir bo`ladi. Buni uchburchak burchaklarining o`zaro aloqadorligiga
qiyoslash mumkin. Uchburchak burchaklarining yig`indisi 180 gradusga teng. Bir
burchak kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy
yig`indisi 180 gradusga teng bo`lib turaveradi. Xuddi Shuningdek, tobe yoki hokim
so`zdagi bir omil kuchaysa, bu boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo`ladi.
Chunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to`la voqelanishiga yo`l
qo`ymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: [SHMJ-
SHMJ]. Chunki har ikki a‘zo ham - biriktiruvchi-tobe a‘zo tobega xos, hokim a‘zo
hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim va tobeligini ana Shu shakllar
ko`rsatib turibdi. Shuning uchun har ikkala a‘zoda ham shakliy omil ustuvordir.
Birikma a‘zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), teskari joylashtirish (egasi
uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta‘sir qilmaydi. Bu esa joylashuv omilining
o`ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma‘noviy omil esa shakliy va joylashuv omillari
oralig`ida bo`ladi. shoshilib gapirmoq SBsidagi a‘zolarning birikuv omillari
muhimligi quyidagicha: SHMJ-MSHJ. Birinchi uzvda shakliy omilning birinchi
o`ringa chiqishi uning ravishdosh shaklidaligi sabablidir. Ravishdosh shakli shoshilib
so`zshaklining tobeligini ta‘minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a‘zoda ham
oxirgi planga o`tishi esa tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning
mavjudligidir. Ikkinchi a‘zo (o`qimoq) da ma‘noviy omilning kuchayishi, uning
hokimlik grammatik shakliga ega emasligi va joylashuv omilining kuchsizligi
evazigadir. mart oyi birikmasidagi a‘zolarning birikuv omillari munosabati esa
quyidagicha: JMSH-SHMJ. SBlar a‘zolarida ma‘noviy omilning oxirgi o`ringa o`tishi
mumkin emas.Chunki SB uchun dastlabki talab a‘zolarning ma‘noviy muvofiqligidir.
O`zbek tilida har bir a‘zo birikuv omillarining o`rin almashish natijasida6 xil
kombinatsiya vujudga keladi. Tobe a‘zo: MSHJ, MJSH, SHMJ, SHJM, JMSH,
JSHM. Hokim a‘zo: MSHJ, MJSH, SHMJ, SHJM, JMSH, JSHM. Har bir a‘zoning 6
xilligi asosida (6x6) SBning 36 mantiqiy-riyoziy turi ma‘lum bo`ladi. Olti xil tobe
a‘zo va olti xil hokim a‘zoni ko`paytirish asosida 36 xonali jadval yuzaga keladi.
Quyidagi jadvalni har bir SB turiga ayrim misollar bilan beramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: