quyidagi vazifalami nazarda
tutish
lozim:
— T a ’lim m uassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga xos
ravishda milliy istiqlol mafkurasini singdirishning differensial pedagogik-
psixologik dasturini yaratish;
— K adrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o ‘quvchi-talabalar
ongida milliy g ‘oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini
uzluksiz tarzd a olib borish:1
1 Milliy istiqlol g‘oyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar. T., 0 ‘zbekiston,
2000. 62- bet.
Pedagogik faoliyat bu b ir kunlik, bir soatlik yoki b ir oylik faoliyat
em as balki pedagogik m ah o rat, o ‘ziga xos k o ‘p vaqt talab qiladigan
pedagogik jarayon hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim, bu hozirgi kun talabidan
kelib chiqib, hozirgi kun u c h u n dolzarb m uam m o hisoblanadi.
M a’lumki, shaxs odam ishtirok etadigan ijtim oiy m unosabatlar
sistemasining ta ’siri ostida va unda o ‘zi bajaradigan faoliyat ta ’siri
ostida tarkib topadi. Ijtim oiy m uhitning, kollektivning shaxsga ta ’siri
to ‘g‘risida gapirilar ekan, ijtim oiy psixologiya ishlab chiqayotgan ref
erent guruh tushunchasiga asoslanish zarur. G ap sh u nd aki, ham m m a
odam lar ham , hatto eng yaqin tevarak-atrofdagi o d a m la r ham m aktab
o ‘quvchisining shaxsiga ta ’sir qilavermaydi, k o ‘pchilikning fikrlariga
u befarq qaraydi. H ar bir o d a m uchun b o ‘lganidek, h a r bir m aktab
0
‘quvchisi uch un ham ayrim guruhlar (b a ’z an b u n d a y guruh bir
kishidan tarkib topgan b o ‘lishi mumkin) mavjud b o 'la d i, u shaxs
sifatida bu guruhlam ing fikrlari, o ‘zi uchun n ih o y atd a aham iyatli
b o ‘lgan m ulohazalari bilan hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim
o'quvchilar, b a ’zi o ‘qituvchilar, hovlidagi ulfatlar, y a q in d o 'st va
hokazolar m uayyan m aktab o ‘quvchisi uchun an a shu n d ay referent
gu ru h lar b o ‘lishi m um kin. M aktab o ‘quvchisining te z -te z uchrab
turadigan tarbiyaviy ta ’sirlariga befarq yoki hatto salbiy m unosabatda
bo‘lish hollariga ko‘pincha o ‘quvchining tarbiyachiga m a ’lum b o ‘lmagan
referent guruh pozisiyasida turishi sabab b o ia d i. A .V .Petrovskiyning
oqilona fikriga ko‘ra, agar tarbiyachi, m aktab o ‘quvchisi hech narsa
va h ech kim ta ’sir qila olm aydi, deb d a’vo qiladigan b o ‘lsa, b u narsa
o datda tarbiyachining m aktab o ‘quvchisi axloqiy pozisiyasini belgilab
beradigan ta ’sirli referent guruhlardan m utlaqo xabarsiz ekanligini
bildiradi.
Bolalik va m aktab yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta ’siri
ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dastuming,
anglab olingan m aqsadning mavjudligi bilan, ta ’sir k o ‘rsatishning
maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, form alari ham da
m etodlarining q o ‘llanilishi bilan tasodifiy va stixiyali ta ’sirlardan ajralib
turadi. A.S. M akarenko alohida ta’kidlab bunday degan ed i, „sog‘lom
tarbiyaviy vaziyatsiz m ukam m al shaxs vujudga kelgan yoki aksincha,
to ‘g ‘ri tarbiyaviy ish olib borilgan paytda buzilgan shaxs tarkib topgan
birorta holni bilm aym an“ .
M aktab o ‘quvchisining m uayyan qoidalar va n o rm a lam i bilishi
m a ’naviy xulq-atvorning z a ru r shartidir. Biroq axloq n orm alarin i shu
tariqa bilish o ‘z -o ‘zidan axloqiy xulq-atvom i tegishli darajaga erish-
tirm aydi. B u ning ustiga, bilim lam i m a’naviy xulq-atvor praktikasisiz
0
‘zlashtirib olish — m a ’naviy bilim lar bilan m a ’naviy xulq-atvor
o ‘rtasidagi ajralishda ifodalanadigan „axloqiy formalizm“ deb ataluvchi
form alizm ning yuzaga kelishiga olib boradi. Shuning uchun m aktabga-
cha tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchisi, maktab o ‘quvchisining hayoti
va faoliyatini to ‘g ‘ri tashkil qilish, ijodiy axloqiy, sosial ijtimoiy xulq-
atvor tajribasi uning shaxsini tarkib toptirishda asosiy narsa b o ‘lishi
kerak. 0 ‘quvchida bu narsa tarbiyachi rahbarligida hosil b o ‘ladi. Bu
narsa o ‘quvchilarda bilimlar sistemasini — tabiiy, axloqiy va g ‘oyaviy-
siyosiy bilim lar sistem asini, (bu bilim lar muayyan darajada etakchi
roi o ‘y nagan paytda) tarkib top tirish bilan yuz berishi kerak.
Psixologlar (aw a lo L.I. Bojovich va uning shogirdlari) bola va
m aktab o ‘quvchisining shaxsini tarkib toptirishda uning faoliyatini
to ‘g‘ri tashkil qilish, uning to ‘g‘ri xulq-atvor tajribasini orttirishigina
em as, balki xulq-atvorining (m a ’lum harakatga undovchi fikrlari, his-
tuyg‘ulari, m aqsadlari sistem asini) t o ‘g‘ri motivlarini tarbiyalash ham
hal qiluvchi narsa ekanligini k o ‘rsatib beradilar.
Psixologlam ing bergan m a’lum otlariga ko‘ra, birgina faoliyatning
o ‘zida (bu faoliyatning bola uch u n nim a sababdan yuz berishiga ham
qarab) shaxsning h a r xil (va h atto bir-biriga qaram a-qarshi b o lg a n )
sifatlari tarkib topishi m um kin.
M asalan, biz tarbiyalanuvchilarni
b oshqalarni o ch iq d an -o ch iq va dadil tanqid qilishga o ‘rgatamiz. Ana
shunday qilish bilan bolada prinsipiallik, jasurlik, sof dillik, tanqidiy
k o ‘z b ilan qarash fazilatlari tarkib topadi deb hisoblaydilar. A m m o
biz aytilganlarni hisobga olm asak, ham isha ham o ‘zimiz k o ‘zlagan
m aqsadga erishaverm aym iz. C h u n k i xulq-atvoming ana shu to ‘g‘ri
form asi negizida m aktab o ‘quvchisi amal qiladigan m otivlar yotadi.
Bu x u lq -atv o r shaxsan o ‘quvchining o ‘zi uchun qanday m a ’noga ega
b o ‘lishiga qarab , u n d a h a r xil sifatlar tarkib topishi m um kin. Agar
o ‘quvchi o ‘z o ‘rto g ‘ini prinsipial m otivlar asosida tanqid qiladigan
b o ‘lsa, b u tan q id uning o ‘rtog‘ida xarakterning prinsipiallik, q a t’iylik,
haîollik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi; bordi-yu,
o ‘z aybini o ‘rto g ‘ining b o ‘yniga q o ‘yish istagi bilan tanqid qiladigan
bo'lsa, bu xudbinlik, individualizm ning tarkib topishiga yordam beradi.
Agar shaxsiy g ‘araz bilan tan qid qilinadigan bo‘lsa, unda shu asosda
qasoskorlik, m akkorlik, insofsizlik xislatlari tarkib topadi. Agar bunday
tan q id qilishga, n ihoyat, o 'q itu v ch id an qo‘rkish va unga yoqish istagi
yoki mag‘rurlik istagi, prinsipiallik sabab b o ‘lsa, unda laganbardorlik,
ikki yuzlam achilik singari xislatlar tarkib topishi m um kin. B inobarin,
to ‘g‘ri xulq-atvor tajribasi bu x atti-h a ra k a t muayyan m otivlar asosida
amalga oshirilgan vaqtdagina k o ‘zlangan maqsadga olib keladi. Shuning
uch u n xu lq -atv o m in g to ‘g ‘ri m o tiv larin i tajribada tarb iy alash va
m ustahkam lash m uhim aham iyat kasb etadi. M aktab o ‘quvchilarida
muayyan vaziyatlarda tarbiyaviy t a ’sirlar vositasida yuzaga keladigan
ijobiy m otivlar ularning tajrib a sid a m u stahkam lanishi va b a rc h a
boshIang‘ich vaziyatlarga tarqalishi kerak. Boshqacha qilib aytganda,
shaxsning h ar bir sifat strukturasiga, binoabarin, m aktab o ‘quvchi-
sining tegishli xatti-harakatiga ijobiy m unosabatda b o ‘tishiga im kon
beradigan m otiv, ikkinchidan, x atti-harak atlam in g m ustahkam langan
usuli kiradi. Shunday qilib, shaxsning sifati L J . Bojovichning iborasi
bilan aytganda, xatti-harakat m otivlari va bu m otivlar tegishli form a-
larining o ‘ziga xos birikm asidir. X atti-h arak at barqaror, hu k m ro n
(asosiy) m otivlarning sistem asini b a ’zi psixologlar (L .I. Bojovich,
M .S.N eym ark) shaxsning yo‘nalishi d eb ta ’riflaydilar. M .S. N eym ark
m aktab o ‘quvchilarining y o 'n alish in i tad q iq qildi va bu yo'nalishning
uchta asosiy turini — kollektiv, shaxsiy va ishchanlik y o ‘nalishlarini
(ishga, faoliyat jarayoniga b o ‘lgan y o ‘nalishni, ijodiy faoliyatga
qiziqishni) alohida ajratib k o ‘rsatdi. Y o ‘nalishning kollektiv, shaxsiy
turlari bir xil, to cg ‘ri xarakteristikasiga ega b o ‘lmasligi kerak. H aqiqiy
kollektiv y o ‘nalishidan ta sh q a ri „ x u d b in lik g u ru h i“ d eb atalg an
yo‘nalish — boshqa kollektivlaming qiziqishlarini mutlaqo m ensim agan
holda faqat bitta kollektivning, (g u ru h , sinf) qiziqishlarinigina e ’tiro f
etadigan y o ‘nalish ham bor. Shaxsiy yo ‘nalish shaxsiy yutuqlarga
erishishga qaratilgan yo‘nalish sifatida ham m a vaqt ham kollektiv
yo‘nalishiga qaram a-qarshi b o ‘laverm aydi.
Psixologlar tarbiyaviy ish m etodlarining psixologik asoslarini ishlab
chiqayotganlarida, tarbiyaning h a r q anday m etodiga abstrakt tarzda
qarab va uni baholab b o ‘lm a y d i, d eg an fikrga asoslanadilar. Bu
m etodlar qoMlanilayotganda, b irin c h id a n , tarbiyalanayotgan o ‘quv-
chining yosh va individual xususiyatlarini, ikkinchidan, shu o ‘quvchi
a ’zo bo‘lgan bolalar kollektivining xususiyatlarini, nihoyat, tarbiyaviy
ta ’sir ko‘rsatiladigan muayyan k o n k ret sharoitlam i hisobga olish zarur.
S h ax sn ing ijo b iy y o ‘n a lis h in i ta r k ib to p tiris h u c h u n , m a k ta b
o ‘quvchisining barcha vaziyat va h o latlarid a to ‘g‘ri yo‘l tutishi uchun
uning nim a qilishni bilishi, o ‘zi h u rm a t qiladigan kishilam ing nim a
qilayotganlarini ko‘rishi va o ‘zi h am to ‘g‘ri xulq-atvorli b o ‘lishni mashq
qilish (bu — eng m uhim ) zarur.
Bilim lar — axloqiy ta s a w u rla r va tu sh un chalam ing muayyan
sistem asini egallam asdan tu rib haqiqiy e ’tiqodlam i tarkib toptirib
b o ‘lmaydi. 0 ‘z-o‘zidan bu bilim lar axloqiy xulq-atvom i belgilamasdan
turib, unga m uhim ta’sir ko‘rsata olmaydi. Psixologik tadqiqotlarda shu
narsa aniqlanganki, axloqiy tushunchalam i o ‘zlashtirish jarayoni juda
m urakkab jarayon b o ‘lib, unga maxsus rahbarlik qilishni talab etadi.
0 ‘quvchilam ing tasodifiy h o llar, ko'chadagilam ing b em a’ni ta’siri,
kattalam ing yaramas xatti-harakatlari ta’sirida tarkib topadigan axloqiy
tushunchalari tarbiyachilar va jam o a tomonidan to ‘g‘ri g‘oyaviy rahbarlik
qilinm asa, h atto, n o to ‘g ‘ri, b u zu q tushunchalarga aylanib qolishi
m um kin. Ba’zan o‘quvchi turm ushdagi biror fakt yoki voqeani, adabiy
asarlardagi mazmunni, kinokartinalam i o ‘zi mustaqil tushuna olmay,
noto‘g‘ri xulosalaiga kelib qoladi. Juda og‘ir sharoitlaixia o ‘quvchida xato
fikrlaigina emas, balki m a’naviy tamoyillar va ustanovkalar ruhiga ko'ra,
bizga yot b o ‘lgan xatolar h am yuzaga kelishi m umkin.
Axloqiy ongni tarkib toptirishning eng m uhim yo‘li o ‘quvchilaming
o ‘zlarida to ‘g‘ri xulq-atvom i yuzaga keltirish bilan axloqiy tajribani
boyitish va um um lashtirish y o ‘lidir, albatta. 0 ‘quvchilardagi axloqiy
bilim ning turli-tum an shakllari, ulam ing ongi va his-tuyg‘ulariga jonli,
yorqin otashin so‘zning (jam oalard a uyushtiriladigan etik suhbatlar,
m a ’ruzalar, m unozaralar) t a ’siri bu ishni ancha to'ldirishi mumkin.
Aktiv ta ’sir ko‘rsatishning ajoyib ustasi b o lg a n A.S.M akarenko
h am axloqiy (etik) su h batlam in g chinakam tarafdori edi. U ning o ‘zi
nazariy axloqiy turdagi su h b atlam in g konspektini yozar, ularda eng
yaxshi bunday axloqiy nazariyaning katta sam aralarini ko‘rar edi.
Bu borada muayyan tam o y illar ishlab chiqilgan b o ‘lib, axloqqa
d o ir suhbatlar o ‘sha tam oyillar asosida tuzilishi kerak. Bu tamoyillar
quyidagilar:
1. Axloqqa doir suhbatlar m azm unijihatidan tegishli yoshdagilaiga
tushunarli bolishi lozim. M av h u m va abstrakt tushunchalar, murakkab
m ulohazalar bilan toliqtirib q o ‘yishga yo‘l q o ‘yib b o ‘lmaydi.
2. O datda, suhbat o ‘tkaziladigan kollektivni, uning yo‘nalishini,
kollektiv a ’zolarining o ‘zaro m unosabatlarini, o ‘qituvchiga, o ‘qish
va boshqalarga m unosabatini yaxshi bilish zarur.
3. Bunday suhbatlami nih o y atda tez-tez o ‘tkazib turm aslik darkor.
A gar su h b a tla r konkret s a b a b la r bilan, m am lak at yoki kollektiv
hayotidagi biror voqeaga to ‘g ‘irlab o ‘tkazilsa, ju d a yaxshi natija beradi.
48
4. S uhbatni yorqin, yaxshilab tan lab olingan konkret m isollarni,
hayotiy voqealar yoki adabiy asarlardagi faktlam i ham da kuzatish lam i
tahlil qilishdan boshlab, um um lashtirish va xulosalar chiqarish asosida
o ‘tish tavsiya etiladi.
5. Emosional taizda keltirilgan, yorqin va ta ’sirchan obrazga oqilo na
tayanish (nafis san’atdan, adabiyot asarlaridan foydalanish. K inofllm lar
yoki teatr asarlariga jam oa b o ‘lib borish yohud ulam i jam o a b o ‘lib
eslash) zarur.
6. 0 ‘quvchilam ing ongiga singdiriladigan qoidalam ing yaxshilab
asoslab berilishi, isbotlangan bo‘lishi m uhim ahamiyatga ega. Bu h a m m a
narsani tushunib olishga va buning o qibatida dalil qabul qilishga, u n in g
asoslanganligiga ishonch hosil qilishga, oqilona isbotlarga rozi b o ‘lishga
qodir b o ‘lgan o ‘sm irlar va katta yoshdagi o ‘quvchilar bilan s u h b a t
o ‘tkazish paytida ju d a muhimdir. B oshqa tom o nd an, bu y oshd a s o ‘z
ta’sirining samaradorligi pasayib ketishi m um kin, chunki o ‘q u v c h id a
rivojlanib boradigan tanqidiy tendensiyalar k o ‘pincha uni k a tta la m in g
dalillariga ehtiyotkorlik bilan, ishonm asdan va noto‘g‘ri tushunib q ab u l
etishga, ularning dalillarini rad qilishga, b iro r qoida bilan k e lis h -
maslikka, kattalam ing iltimoslari va talablariga qarshi chiqishga m ajb u r
etishi m um kin. Boshqa narsani h am nazarda tutish kerak: o ‘q u v c h i
ko‘p in ch a kattalam ing o‘ziga aqlli kishi deb m urojaat qilish larid an ,
uning k o ‘p narsani tushunishiga ishonishlaridan mag‘rurlanib y u rad i.
U n d a b u ishonchni oqlash, ana shunday m unosabatga m unosib kishi
b o ‘lish istagi yuzaga keladi.
7. 0 ‘quvchilarda maksimal faollik, jo n li ravishda fikr a lm a sh ish
istagini uyg‘otish, ularning fikrini avj oldirish va o ‘zlarini ax lo q m a -
salalari ustida o ‘ylab ko‘rishga m ajbur qilish zarur. 0 ‘quvchilarga ta y y o r
haqiqatni z o ‘rlab qabul qildirish yaram aydi, axloq norm alari h a q id a g i
xulosalarni ularning faol ishtirokida (am m o o ‘qituvchining ra h b a r-
ligida) chiqarish kerak. Buning uchun suhbat jarayonida m u h o k am a g a
q o ‘yilishi kerak b o ‘lgan masalalami o ld in dan tayyorlab q o ‘yish tav siy a
etiladi.
8. 0 ‘quvchilarda chuqur va ta ’sirch an emosiyalarni uyg‘o tis h g a
intilish lozim. Bunda o‘qituvchi suhbatni befarq va shavq-zavqsiz e m a s,
balki em osional tarzda jonli qilib o ‘tkazganidagina erishish m u m k in .
0 ‘qituvchi o ‘zining ehtirosli e ’tiqodi o ‘sm irlarga yuqishini u n u tm a slig i
darkor. 0 ‘sm irlam ing o'zlari his etadigan tuyg‘ulam i taxm inan q u y id ag i
form ada anglab olishlariga erishish ju d a m uhim dir: „N im a u c h u n b u
49
hodisa m enda shunchalik g ‘azab va nafrat uyg‘otadi?“ , „N im a uchun
m e n bu xatti-harakatlardan shunchalik hayratlandim ?“
T arbiyachilam ing shaxsiy nam unasi o ‘quvchi shaxsini tarkib
toptirishda m uhim aham iyatga ega. Kichik m aktab yoshidagi o ‘quvchi
k o ‘pincha o ‘qituvchiga taqlid qilib, unga o ‘xshashga harakat qiladi,
lekin birinchidan, buni k o 'p in ch a tushunib etm asdan qiladi, ikkin-
ch id an o ‘qituvchining tashqi ko‘rinishi va qiliqlariga taqlid qiladi,
chunki u hali shaxsning nam oyon bo‘lishini tahlil qilishga va shaxsning
barqarorxislatlarini anglab etishgaqodirem as. 0 ‘sm ir va katta maktab
yoshidagi o ‘quvchi ko‘pchilik hollarda nam unaga ongli ravishda taqlid
qiladilar. 0 ‘smir o ‘zini katta deb hisoblay boshlagandan e ’tiboran
kattalam ing xatti-harakatlari va ishlariga taqlid qilishga intiladi. Shuning
u c h u n unda tevarak-atrofdagi kishilam ing, ayniqsa, o'ziga eng yaqin
v a o ‘zi uchun eng ob ro‘li kishilam ing xatti-harakatiga qiziqish ham da
e ’tibor berish yuzaga keladi. 0 ‘qituvchi qanchalik obro ‘li b o ‘lsa, uning
e ’tiqodi, bilimlari, fikrlari, didi o ‘quvchilarga shunchalik ko ‘p ta ’sir
qiladigan bo‘ladi. 0 ‘sm ir kattalam ing biror xislatlariga taqlid qilayotib,
k o ‘pincha bu xislatlam i shunchalik ilib olish bilan birga, ulam ing
salbiy xislatlari va xatti-harakatlarini ham o ‘ziga singdirib oladi. Agar
o ‘qituvchi muayyan m aqsadni k o ‘zlaydigan va prinsipial m atonatli,
o ‘z burchini qat’iyat bilan bajaradigan bo ‘lsa, xuddi shu narsalam i
o ‘z tarbiyalanuvchilaridan ham talab qilish unga oson bo'ladi. Aksincha,
o ‘qituvchining tajangligi, q o 4polligi, o‘zini qoMga o la olm asligi,
m anm anligi o ‘quvchilarga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
0 ‘quvchilar va o ta -o n a la r b a ’zan tarbiyaviy ishlarda o'zlarining
shaxsan nam una ko‘rsatishlarining ta ’siriga etarlicha baho bermaydilar.
X olbuki, ulaming qilayotgan
ishlari, o ‘zlarining qanday tutishlari
u lam in g aytgan gaplariga, o ‘rgatgan narsalariga qaraganda kam roq
e m a s, balki ko‘prok aham iyatga ega b o ‘ladi.
T o ‘g‘ri xatti-harakatlarda am aliy tajribani uyushtirish, yuqorida
t a ’kidlab o ‘tilganidek, shaxsni tarbiyalashda m uhim , asosiy omildir.
Tarbiyachi o‘quchilarda xatti-harakatlaming shunday form a va usullarini
tarkib toptirmog‘i kerakki, bu forma va usullarda taibiyaning hal qiluvchi
t a ’siri ostida yuzaga keladigan o ‘quvchi e ’tiqodlari am alga oshsin. Xatti-
harakatlam ing aytib o ‘ti!gan formalari motivlarni, o ‘quvchining ehtiyoj
v a m unosabatlarini „m oddiylashtirish“ ifodasi, vositasi, formasiga
aylanib qolgandagina barq aro r om ilga aylanib m ustahkam lanadi. A.S.
M akaren k o xuddi ana shu m a ’noda „xulq-atvor gim nastikasi“ to ‘g‘ri
x atti-harakatlarni m ashq qilishni u y u sh tirish zarurligi to ‘g‘risida
gapirgan edi.
0 ‘smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi om ili — o ‘z -o ‘zini
tarbiyalash vujudga keladi. 0 ‘quvchilar o ‘zlaridan ijtimoiy aham iyatga
ega bo‘lgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atvordagi
kamchiliklarga salbiy xislat va sifatlarga b arh am berish sohasida ongli
ravishda m untazam ishlay boshlaydilar. O dam yuksak darajada o ‘z-
o ‘zini id o ra q ilu v c h i, o ‘z - o ‘zini k am o l to p tiru v c h i b ird a n -b ir
sistemadir, — degan edi I.P. Pavlov.
O kqituvchi, tarbiyachi o ‘quvchilam ing o ‘z - o ‘zidan tarbiyalashiga
rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko‘zda tutishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |