15-MAVZU: TURKIYA VA SINGAPUR TA’LIM TIZIMINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Reja - 1. Turkiya ta’lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari
- 2. Singapur ta’lim tizimining qiyosiy tahlili
Turkiyada ta’lim siyosatining olib borilishi. - Turk millatiga mansub kishilarga ona tili sifatida boshqa biror xorijiy davlat tilini o’rgatish mumkin emas. Turkiya milliy maorifi tizimlarining umumiy tuzilishi quyidagicha: ta’lim tizimi bu mamlakatda ikki asosiy qismga bo’linadi. Ulardan birinchi qismi maktab ta’limi bo’lib, uning tarkibiga maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta va oliy ta’lim kiradi.
Uning tarkibi quyidagicha:
1. Maktabgacha tarbiya bosqichiga maktab yoshiga etmagan bolalarni qabul qilish ixtiyoriydir.
Maktabgacha ta’lim-tarbiya’ning maqsadi bolalarni jismoniy, aqliy va ahlokiy rivojlanishini ta’minlash, ularni maktab bosqichiga puxta tayyorlab berish, kam ta’minlangan o’quvchilarga sharoit yaratish, turk tilida to’g’ri va chiroyli gapirishni o’rgatishdan iboratdir.
1992 yilda Turkiyada 131023 bolaniqamrab olgan 7763 bog’cha ishladi. Bu maktabgacha tarbiya ishidagi umumiy bolalar sonining 5 foizini tashkil etadi.
Boshlang’ich maktabda esa bolalar 6 yoshdan 14 yoshgacha ta’lim oladilar. Bu bosqichdagi maktab quyidagi maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi; a) har bir turk farzandiga yaxshi inson bo’lib kamol topish, bilimli bo’lish, uni milliy iftixor ruhida tarbiyalash va fikrlashga o’rgatish; 6) har bir turk farzandiga qiziqishi, qobiliyati va iste’dodlariga ko’ra ta’lim berish, ularni hayotga, o’qishning keyingi bosqichlariga puxta tayyorlashdan iborat. Boshlang’ich ta’lim muassasalari maktabgacha tarbiya bosqichidan so’ng ikki qismga:5 yillik boshlang’ich va 3 yillik o’rta maktablar bosqichiga bo’linadi. Har ikki bosqich maktabini bitirganlik haqida o’quvchilarga attestat beriladi. Bu ikki bosqich maktab sharoitiga qarab bir maktab bazasida yoki alohidaalohida ikki maktab tarkibida tashkil qilinishi mumkin. Aholi siyrak va tarqoq qishloqlarda maktab markaziy qishloqlardan birida ochiladi, guruhlashtirish imkoniyati bo’lmagan tumanlarda esa bu ta’lim bosqichi internatlar tipidagi o’quv muassasalari shaklida amalga oshiriladi. - Boshlang’ich maktabda esa bolalar 6 yoshdan 14 yoshgacha ta’lim oladilar. Bu bosqichdagi maktab quyidagi maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi; a) har bir turk farzandiga yaxshi inson bo’lib kamol topish, bilimli bo’lish, uni milliy iftixor ruhida tarbiyalash va fikrlashga o’rgatish; 6) har bir turk farzandiga qiziqishi, qobiliyati va iste’dodlariga ko’ra ta’lim berish, ularni hayotga, o’qishning keyingi bosqichlariga puxta tayyorlashdan iborat. Boshlang’ich ta’lim muassasalari maktabgacha tarbiya bosqichidan so’ng ikki qismga:5 yillik boshlang’ich va 3 yillik o’rta maktablar bosqichiga bo’linadi. Har ikki bosqich maktabini bitirganlik haqida o’quvchilarga attestat beriladi. Bu ikki bosqich maktab sharoitiga qarab bir maktab bazasida yoki alohidaalohida ikki maktab tarkibida tashkil qilinishi mumkin. Aholi siyrak va tarqoq qishloqlarda maktab markaziy qishloqlardan birida ochiladi, guruhlashtirish imkoniyati bo’lmagan tumanlarda esa bu ta’lim bosqichi internatlar tipidagi o’quv muassasalari shaklida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |