«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 Konni ishlatish sistemalari



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

10.2.2. Konni ishlatish sistemalari 
Ko’p qatlamli yoki yirik konni samarali ishlatish jarayonini ta’minlovchi 
texnologik va texnik tadbirlar majmuasi. Konni ishlatish sistemasi ishlatish 
ob’ektlarini ajratish, ularni o’zlashtirish tartibi, ob’ektlarning ishlatish sistemasini 
tanlash vazifalarini ratsional hal etishga asoslanadi. 
Ko’p qatlamli konlarda qatlamlarni ketma-ket ishlatishning turli variantlari 
qo’llaniladi.
Konni ishlatishning
 yuqoridan-pastga
sistemasining mazmuni shundayki, bunda 
konni burg’ilashda pastda joylashgan mahsuldor qatlamlar yuqoridagilari to’liq 
burg’ilab bo’lingandan so’ng ketma-ket ishlatishga jalb qilinadi. Konni ishlatishning 
yuqoridan-pastga sistemasi sobiq SSSR da 1930 yilgacha qo’llanib
 
kelindi. 
Quduqlarni aylanma burg’ilash usulida gil eritmasidan foydalanib qazish 
mumkin bo’lgach, konni ishlatishning 
pastdan-yuqoriga
sistemasi qo’llanila 
boshlandi. Quduq tanasini gil eritmasi bilan yuvish, sementlash ishlarini bosim ostida 
bajarish va sh.k. yuqorida joylashgan gorizontlarni to’liq ishlatib bo’linishini 
kutmasdan, pastdagi gorizontlarni ishlatishga kirishish imkonini yaratdi. Burg’ilash 
sohasidagi texnika taraqqiyoti ishlanayotgan pastki gorizontlardan u yoki bu 
sabablarga binoan ishlatishga jalb etilmagan va yuqorida joylashgan gorizontlarga 
qaytish masalalarini hal qilishga yordam berdi. 
Konni ishlatishning pastdan-yuqoriga sistemasi geolog M.V.Nikitin tomonidan 
1930 yilda taklif etildi va dastlab Ilich buxtasida (Rossiya Federatsiyasi) qo’llanildi. 
Bu sistemaga muvofiq birinchi navbatda pastki-asos(tub) – gorizont ishga tushiriladi, 
undan so’ng yuqorida joylashgan – mahsuldor gorizontlarga qaytiladi va ular 
pastdagi gorizont to’liq burg’ilab bo’lingandan so’ng ketma-ket ishga tushiriladi. 


243 
Konni ishlatishning pastdan-yuqoriga sistemasidan foydalanishda dastlab razvedka 
ishlari bajarilishi va neftli svita to’liq o’rganilgan bo’lishi shart. 
Uyumni ishlatishning 
murakkab
sistemasi quyidagi tartibda bajariladi: a) har bir 
qavatdagi qatlamlar mustaqil quduqlar turkumi bilan burg’ilanadi; b) har bir qavat 
ichidagi qatlamlar pastdan-yuqoriga sistemasi bo’yicha burg’ilanadi; v) qavatlarni 
burg’ilash tartibi turlicha: yuqoridan 

pastga, pastdan 

yuqoriga yoki bir vaqtning 
o’zida yuqoridan 

pastga va pastdan 

yuqoriga bo’lishi mumkin. 
Ko’p qatorli quduqlarni
burg’ilash metodi 1951 yilda Azneft birlashmasi 
(Ozarbayjon Respublikasi) muhandislari tomonidan ko’p qatlamli konlarni ishlatish 
paytida taklif etilgan. Burg’ilashning bu yangi metodi bir quduq ichiga ikki yoki uch 
quvurlar birikmasini tushirish va turli chuqurliklarda joylashgan bir nechta neft 
gorizontlarini bir vaqtda ishlatish imkonini beradi. Konni ishlatishning bu 
sistemasida neftli qatlam qavatlarga shunday ajratilishi lozimki, uning har birida 
tayanch gorizontdan tashqari qaytish gorizontlarining soni uchtadan ko’p bo’lmasligi 
kerak. Quduqlar ikkita yoki uchta ishlatish ob’ektini ochishga mo’ljallangan bo’lib, 
asosan ikki yoki uch qatorli qilib loyihalanadi. Dastlab quduq katta diametrli doloto 
bilan (loyihalangan ko’p sonli kolonnalarni joylashtirish maqsadida) burg’ilanadi, 
chuqurlik ortgan sari (tushiriladigan konlonnalar sonining kamayishi hisobiga) quduq 
kichik diametrli doloto bilan qaziladi. So’ngra quduqqa tushirilgan quvurlar 
birikmasining tashqi bo’shlig’iga sement qorishmasi haydaladi va har bir quvurlar 
birikmasi tayanch gorizont qarshisida teshiladi. Tayanch gorizontdagi neft chiqarib 
olingach, unga sement haydaladi va qaytish gorizonti qarshisida quvur yana teshiladi. 
Qatlamlarni 
bir yo’la-ayrim ishlatish
imkoniyatlari keng bo’lib, qatlamlarga 
ta’sir etishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanib, bir quduqda bir nechta 
qatlamlarni ayrim-ayrim ishlatish mumkin bo’ladi. Ajratilgan yirik ob’ektlarda 
qatlamga suv bostirish metodlarini qo’llash orqali qazilgan kam sonli quduqlarning 
debitini oshirib, ob’ektlarni qisqa muddatda va yuqori sur’atda ishlatish mumkin 
bo’ladi. Natijada katta iqtisodiy samaraga erishiladi. 
70- yillardan boshlab O’zbekiston Respublikasi neft-gaz sanoati amaliyotida 
yangi ko’p qatlamli konlarni ishlatish loyihasini tuzishda ikki, uch va undan ko’p 
qatlamlarni birlashtirib, bir quduq bilan ishlatish keng qo’llanilmoqda, bunda 
haydash va neft quduqlarida bir yo’la-ayrim ishlatish uskunalaridan keng 
foydalanilmoqda. 
Haydash quduqlarida bir yo’la-ayrim ishlatish metodi qo’llanganda turli 
o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlarda haydash bosimi teng taqsimlangandagina 
unga kerakli hajmdagi suvni yuborish mumkin bo’ladi, neft quduqlarida esa – har bir 
qatlamning mahsuldorligiga va qatlamning bosimiga mos keluvchi depressiyani 
yuzaga keltirib, hamma qatlamlardan kerakli miqdorda neft olish mumkin. 
Bir yo’la-ayrim ishlatish metodini joriy qilishdan avval ko’p qatlamli ob’ektni 
ishlatishda birmuncha vaqt hamma qatlamlarning birgalikda ishlatishni ta’minlash 
lozim. Bu davrda haydash va ishlatish quduqlarida birgalikda ishlayotgan 
qatlamlarning har birining parametrlarini tavsiflovchi ma’lumotlarni: mahsuldorligi, 
debiti, suyuqlik qabul qilaolishligi, qatlam bosimi va sh.k.ni aniqlash maqsadida kon-
geologik tadqiqotlar bajariladi. Undan so’ng ob’ekt bir yo’la-ayrim ishlatish rejimiga 


244 
o’tkaziladi, bunda qatlamlarning ishlatilishi qattiq nazorat qilinadi, zarur hollarda 
ishlatish jarayonini boshqarishga tuzatishlar kiritiladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish