240
Quduqlar to’ri
bir ishlatish ob’ektidagi mahsuldor maydon chegarasida
burg’ilanadigan quduqlar soni va ularning joylashishini belgilaydi.
To’r zichligi
bir
quduqqa to’g’ri keladigan maydonni (km
2
) tavsiflaydi.
Neftli svitani ishlatish qavatiga ajratishda quyidagi asosiy qoidalarga amal
qilmoq lozim:
1. Neftli svita chegarasida ishlatish qavatlari va tegishli quduqlar turkumini
hamda konlarning samarali ishlatilishini texnik-iqtisodiy nuqtai-nazardan ta’minlash
maqsadida alohida ishlatish ob’ektlari va quduqlar to’rini ajratish.
2. Ishlatish qavatini tanlashda eng ostki (asos) qatlamni shunday tanlash lozimki,
toki uning unumdorligi ushbu qavatdagi yuqorida joylashgan (qaytish) ob’ektining
unumdorligidan birmuncha yuqori bo’lsin. Natijada
asos gorizontni ishlatish
yuqorida joylashgan gorizontlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi, ularga qaytish
esa asos gorizontning zaiflashishiga qarab amalga oshiriladi.
Ko’p qatlamli konlarning ishlatish samaradorligini oshirish maqsadida
qatlamlarni bir-biri bilan oqilona biriktirish va ularni birgalikda ishlatish lozim
bo’ladi. Qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga to’g’ri birlashtirish quduq unumdorligini
oshirish va undan foydalanish muddatini uzaytirish imkonini beradi. Qatlamlarni bir
ishlatish ob’ektiga birlashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish lozim:
a) bir-biriga birlashtirilayotgan qatlamlarning neft sifati texnologik nuqtai
nazardan bir xil bo’lishi kerak;
b) qatlamning litologik-fizik xususiyatlari (litologik tarkibi, qalinligi,
g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi) bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak. CHaqiq
jinslardan (qum, qumtosh, konglomerat) iborat mahsuldor qatlamni g’ovakli dolomit,
ohaktosh va boshqa karbonat jinslardan tarkib topgan neftli qatlamlar bilan
birlashtirish maqsadga muvofiq emas. Litologik va kollektorlik xususiyatlari
o’xshash bo’lgan qatlamlarni birlashtirish ulardan neftning
bir tekis chiqishini
(sizishini) ta’minlaydi. Lekin amaliyotda turli qalinlikka, g’ovaklilikka,
o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlar bilan ishlatishga to’g’ri keladi. Bunday
hollarda qatlamga ta’sir etishning ular orasidagi bunday farqlarni keskin
kamaytiradigan zamonaviy metodlaridan foydalanish zarur. Umuman olganda
kollektorlik xususiyatlariga ko’ra keskin farqlanadigan qatlamlarni birlashtirish
maqsadga muvofiq emas;
v) qatlamlarning energetik xususiyatlari, ularning ish rejimi,
qatlam bosimlari
o’xshash bo’lishi lozim. Bir xil ish rejimidagi qatlamlarga ta’sir etganda ularda
energetik xususiyatlar turlicha namoyonlanishi mumkin;
g) birlashtirilayotgan qatlamlar unumdorligining kon-geologik ko’rsatkichlari
o’xshash bo’lishi kerak. Masalan, suvsiz neft qatlamini neftli va suvli qatlam bilan
birlashtirish to’g’ri emas, chunki uyumni ishlatish chog’ida suvsiz neft qatlami
suvlanib qolishi mumkin. Shunga ko’ra, neftlilik chegaralari taxminan bir xil bo’lgan
neftli qatlamlarni birlashtirish yaxshi natija beradi. Agar pastdagi qatlamning suvlilik
chegarasi yuqoridagi qatlamning suvlilik chegarasidan kam bo’lsa, buning aksi ham
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda pastki qatlamdagi suv quduqqa etib kelganda
sementlanib, yuqoridagi qatlamdan foydalanish davom ettiriladi.
241
Yuqori debitli qatlamni past debitli qatlam bilan birlashtirish ham maqsadga
muvofiq emas. Debitdagi farq katta bo’lsa qatlamlarni birlashtirish masalasi ularni
ayrim va birgalikda tajribaviy sinash natijalariga asoslanib hal qilinadi.
Mahsuldor
maydon bo’ylab to’liq tarqalmagan, o’zidan
suyuqlik
o’tkazmaydigan gil jinsli to’siq bilan bo’lingan qatlamlarni (yoki gil jins maydonning
hamma qismiga tarqalib, uning ayrim joylarida uzilishlar uchrasa hamda bu erlarda
yuqoridagi va pastdagi qatlamlar tutashgan bo’lsa) ularni mustaqil ishlatish ob’ekti
sifatida ajratish maqsadga muvofiq. Shuningdek, gil to’siq suyuqlik o’tkazuvchan
bo’lsa yoki qatlamlar tektonik buzilishlar orqali bir-biri bilan aloqada bo’lsa ham
bunday ob’ektlarni ajratish mumkin emas.
Agar neftli svita yupqa, g’ovakli gil va neftli qatlarning qavatlanishidan iborat
bo’lsa, ishlatish ob’ektlarini nafaqat karotaj diagrammalaridan, shuningdek,
mavjud
geologik va kon materiallaridan foydalanib ham ajratish lozim. Ajratilgan neftli
ob’ektda suvli qatlar mavjud bo’lsa, mustahkamlash quvurlarini teshib, ularni ochish
mumkin emas. Agar neftli qatlar ichida yupqa suvli qatlar ham mavjud bo’lsa, ular
neftli qatlar bilan birgalikda ishlatiladi. Bunda belgilangan ish rejimi quduqqa
kelayotgan suvlarning to’liq chiqib ketishini ta’minlashi lozim. Keyinchalik ishlatish
jarayonida yangi ob’ektlarni ajratish zaruriyat tug’ilsa, mustahkamlash quvurida
yangi teshiklar ochiladi.
Ba’zan mahsuldor jinslardagi yupqa qatli pachkalarni juda uzun filtrlar bilan
ishlatish samara bermaydi, chunki ishlatishga jalb qilingan hamma qatchalarning
drenajlanishini ta’minlab bo’lmaydi. Lekin shunga qaramay, bunday masalalar aniq
bir sharoitda geologik va iqtisodiy nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi.
Yuqorida qayd qilingan mezonlarga konning geologik tuzilishi va xalq xo’jaligi
rejasi sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar, kerak bo’lsa, qo’shimchalar
kiritilishi mumkin. Shunga ko’ra qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga birlashtirishda va
ishlatish qavatlariga ajratishda bu mezonlardan foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasida neft konlarini ishlatishda yangi texnologiyalar keng
joriy qilinmoqda. Qatlamlarni ishlatish jarayonini boshqarishda qo’llanilayotgan
texnika vositalari ko’p qatlamli konlar kesimida ishlatish ob’ektlarini
ajratish
usullarini o’zgartirish imkonini berdi, ya’ni turli tabiiy gidrodinamik rejimdagi
(erigan gaz rejimiga o’tuvchi faol suv bosimli va tarang-suv bosimli) qatlamlarni
birlashtirish amaliyotda qo’llanila boshlandi. Ko’pincha turli o’tkazuvchanlikka ega
bo’lgan va har xil tarkibli jinslardan tuzilgan qatlamlar bir ishlatish ob’ektiga
birlashtiriladi. Ayrim vaqtlarda turli tipdagi: karbonat jinslar bilan qavatlangan
terrigen, g’ovak-darzli yoki darzli kollektor qatlamlar yagona ishlatish ob’ektiga
birlashtiriladi, lekin ulardan hamma vaqt ham ijobiy natijalar olib bo’lmaydi.
Ko’p qatlamli ob’ektlarni ishlatishda turli kon-geologik xususiyatlarga ega
bo’lgan qatlamlardan neftni maksimal miqdorda chiqarib olishda turlicha suv
bostirishlar asosiy vosita sanaladi. Suv bostirilishi zarur bo’lgan ishlatish ob’ektlarini
ajratishda qatlamni qatchalar bilan bo’linganligi va neftning qovushqoqligi ham
hisobga olinadi. Ob’ektlarni ishlatish tajribasidan shu narsa ma’lum bo’ldiki,
ob’ektni suv bostirish bilan qamrab olish darajasi ob’ektning tabaqalanishiga bog’liq
ekan (uch, to’rt qatlamga bo’linishi, neft qovushqoqligining 5 MPa·s
dan katta
bo’lishi).
242
Demak, neftchi-geologning asosiy vazifasiga bir quduq bilan ikkiga bo’lingan
ob’ektni bir vaqtda ayrim-ayrim ishlatish kiradi. Ob’ektlarni shunday yo’l bilan
ishlatish Baku, Grozniy rayonidagi hamda Buxoro-Xiva neft-gazli regionidagi
konlarda ijobiy natijalar berdi.
Konlarni ishlatishning bunday usuli eski, avvaldan foydalanilayotgan konlarda
ahamiyatli hisoblanadi, chunki ko’pgina konlarda yuqoridagi gorizontlarga
qaytilganda pastdagi ishlatish ob’ektlari (ularda ko’p miqdorda neft bo’lsa ham)
sementlab tashlanadi.
Yuqorida
qayd
qilingan
talablar
qatlamlari bir ishlatish ob’ektiga
birlashtiriladigan gaz konlariga ham taalluqlidir. Bunday konlarda yuqori bosimli
qatlamlardagi gazning past bosimli qatlamlarga oqib o’tishining
oldini olish
maqsadida, ular birgalikda ishlatilganda quduq tubi bosimi qiymati bosimi eng past
qatlamnikidan kichik qilib tanlanadi.
Neft (gaz) zaxiralari katta, debiti yuqori bo’lgan qatlamlar ayrim-ayrim
ishlatilishi lozim. Agar ularga gazlilik chegarasi kichik bo’lgan uyumlar qo’shib
ishlatilsa, bunday konlardan foydalanishda murakkabliklar kelib chiqadi va ularning
ishlatish sharoitlarini kuzatish qiyinlashadi. Sanoat ahamiyatiga molik neft hoshiyali
gaz uyumlarini amalda faqat qatlamdan neftning asosiy zaxiralari chiqarib
olingandan so’ng boshqa gaz yoki gaz-neft uyumlari bilan birgalikda ishlatish uchun
birlashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: