246
Bir quduqqa to’g’ri kela-
digan maydon, km
2
/quduq
Konlar soni
Konlarning umumiy soniga
nisbatan miqdori, %
>0,36
0,32±0,04
0,28—0,18
0,16±0,02
0,14-0,069
0,08±0,01
<0,07
1
7
17
39
17
14
7
3,8
6,7
16,2
37,1
16,2
13,3
6,7
Jami
102
100
10.1-jadval tahlilidan ma’lumki, 1950 yildan keyin AQSHda ishga tushirilgan
konlarda quduqlarni joylashtirish to’riga ko’ra 0,36 km
2
/qud. dan kami 96,2%
hollarda, 0,18 km
2
/qud. 73,3% va 0,18 dan 0,07 km
2
/qud. 66,6% hollarda
qo’llanilgan. Ushbu konlarda keyinchalik qo’shimcha qazilganlari hisobiga quduqlar
zichligi ancha ortgan.
Hozirgi vaqtda AQShda hamma neft konlarining 50% ga yaqini quduqlar
to’rining maydoni 0,16 km
2
/qud. dan kam; 37% - 0,16-0,25 km
2
/qud. va 13% - 0,25
km
2
/qud. dan ko’pga to’g’ri keladi.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida
quduqlarni batareya
ko’rinishida joylashtirishda batareya qatorlari oralig’i 500-600 m, batareyadagi
quduqlar oralig’idagi masofa esa 400-500 m qilib belgilangan. Ba’zi neft-gazli
rayonlarda bunday masofalar ancha kamaytirilgan.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, qatlamga ta’sir etilganda va neftni chiqarib
olish tartibga solinganda qatlamning to’liq neft bera olishligi quduqlar soniga (ya’ni
quduqlar orasidagi masofaga va ularning joylashtirish usuliga) bog’liq bo’lmaydi,
neft esa uyumning chekka qismlaridan suv ta’sirida uning markaziy qismida
joylashgan quduqlar tomon to’liq siqiladi deb qaraladi.
Bunday nuqtai nazar xato
hisoblanadi, chunki neft konlarini ishlatish amaliyoti mahsuldor qatlamlarning
geologik tuzilishining o’zgaruvchanligini va murakkabligini ko’rsatdi. Bunday
sharoitlar hisobga olinmasa, quduqlarning joylashishi va qatlamga ta’sir etish
texnologiyasining qandayligidan qat’iy nazar, qatlamning neft bera olish
koeffitsientini yuqori ko’rsatkichlariga erishib bo’lmaydi.
Gaz konlarida quduqlar orasidagi masofa neft konlaridagiga
nisbatan kattaroq
bo’ladi. Masalan, AQShda quduqlar oralig’idagi masofa gaz olishning belgilangan
normasi bilan aniqlanadi. Agar gaz olish normasi quduqning erkin debitidan 7% qilib
belgilangan bo’lsa quduqlarni joylashtirish to’ri zichligi 0,02 km
2
/qud. (quduqlar
oralig’idagi masofa 150 m ga yaqin) bo’ladi. Gaz olish normasi 25% gacha
ko’paytirilsa, bu masofalar anchagina uzayadi. Gaz olish normasi 25% dan ortsa,
quduqlar zichligi 0,65-0,87 km
2
/qud. (quduqlar orasidagi masofa 860-1000 m)
bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlaridagi ayrim konlarda gaz
uyumlari uchun burg’ilangan quduqlar oralig’idagi masofalar sezilarli farqlanadi.
Masalan, Elshan konida bu masofalar 700-1500 m, Kalinovo-Novostepanov konida –
247
1000 m ga yaqin, Uxtin konida -70-1000 m, Gazli konida – 1500 m, SHebelin konida
– 1000 m va h.
Quduqlar oralig’idagi masofani tanlashda asosan mahsuldor qatlamning
geologik
tuzilishi, uning kollektorlik xususiyatlari, fatsial o’zgaruvchanligi,
qatlamning ishlatish rejimi, gidrodinamik, iqtisodiy ko’rsatkichlari va boshqa
ma’lumotlariga asoslanish zarur.
Qatlamni ishlatish sur’ati
balans zaxiradan yil davomida olingan neftning foiz
miqdori bilan belgilanadi. Sanoat miqyosidagi zaxira bo’yicha neftni olish sur’ati
solishtirilib, qatlamning neft bera olish koeffitsientini baholash mumkin bo’ladi.
Natijada hisoblangan balans (ya’ni boshlang’ich geologik)
zaxira miqdoridan
chiqarib olingan neft miqdori solishtirilib, qatlamni ishlatish sur’ati belgilanadi.
Masalan, AQShda neftni olish sur’ati balans zaxiraning 0,76-0,77% ni tashkil
qiladi (olinadigan zaxira 2,3-2,4% ga teng va 5% ko’p emas).
Qatlamdan neft chiqarish sur’atini va uyumni ishlatishning eng ma’qul
muddatini belgilash loyihalash ishlarining va
konni ishlatishning muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi. Ushbu vazifani to’g’ri hal qilishda
ko’pgina
qiyinchiliklar mavjud, chunonchi neft
qatlamlarining fizik xususiyatlarini va geologik
tuzilishini maydon bo’ylab o’zgarishi bunga
sabab bo’ladi.
Neft olish sur’atini mahsuldor qatlamning
geologik tuzilishining o’ziga xos xususiyatlarini
hisobga olmasdan va yil davomida olingan neft
miqdorini uning boshlang’ich
zaxirasi miqdori
nisbatiga
qarab
rasman
belgilash
chalkashliklarga olib keladi. Uyumni ishlatish
sur’ati turli omillarga bog’liq bo’lib, ular ta’siri
hozirgacha to’liq o’rganilmagan. Neftlilik
chegarasining siljish tezligi uyumni ishlatish
shiddati ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Bu ko’rsatkich neft qatlamining geologik
tuzilishi ta’sirini, uning energetik xususiyatlarini
va qatlamga sun’iy ta’sir etish tadbirlarini
hisobga oladi.
Neftni siqib chiqarish
tezligi qatlamning
yakuniy neft bera olishiga ta’sir etadi va
qo’llanilayotgan
ishlatish
sistemasining
maqbulligini baholash imkonini beradi. Neftlilik
chegarasining siljish tezligi sust bo’lsa, qatlamda
yuzaga kelgan bosim gradienti diametri kichik
bo’lgan g’ovaklardan neftning siqib chiqarilishini ta’minlay olmaydi, chunki ulardagi
neft kapillyar kuchlar ta’sirida ushlanib qoladi. Tezlik juda yuqori bo’lganda,
suvlanish tili paydo bo’ladi, natijada qatlamdan neft qisman va notekis siqib
chiqariladi. Har ikki holda ham qatlamning neft bera olish koeffitsienti miqdori
pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: