248
Neft olishning eng ma’qul sur’atini belgilashda nafaqat qatlamga ta’sir etish
tadbirlarini hisobga olish, shuningdek, geologik omillardan: neft uyumi shakli,
g’ovakli bo’shliq strukturasi, jinslarning litologik bir tarkibliligi, qatlam suyuqliklari
xususiyatlariga (neft va
suv qovushqoqliklari nisbati, jinslarning xo’llanishi va
xo’llanmasligi va sh.k) ham e’tibor berish kerak.
Uyumni burg’ilash tartibi
. Uyumni ishlatishning
zichlashuvchi sistemasi
da qabul
qilingan reja asosida qatlam navbatdagi quduqlar guruhi bilan burg’ilanadi. Quduqlar
birinchi navbatda qatlam bo’ylab bir-biridan katta masofada joylashadi, ikkinchi
guruhdagilari ular oralig’ida qabul qilingan quduqlarni joylashtirish to’ri bo’yicha
qaziladi, natijada qatlam to’laligicha quduqlar bilan qamrab olinadi. Qatlamlar fatsial
va litologik jihatdan o’zgaruvchan yoki tektonik buzilishlar bilan shikastlangan
bo’lsa, quduqlarni joylashtirishning zichlashuvchi sistemasi qabul qilinadi. Bunday
hollarda zichlashuvchi sistema keyin qaziladigan ishlatish
quduqlari joyini aniqlash
va muvaffaqiyatsiz (mahsulotsiz) quduqlar sonini kamaytirish imkonini beradi.
Uyumni ishlatishning
sudraluvchi sistemasi
qatlamni u yoki bu uchastkasidan
boshlanadi, unda quduqlar loyihada ko’rsatilgan to’r zichligi bo’yicha qaziladi,
so’ngra burg’ilangan quduqlar qatori soni quduq qazilgan uchastkadan u yoki bu
yo’nalishda ko’paytirib boriladi.
Quduqlarni joylashtirishning sudraluvchi sistemasi qatlamning yuqoriga
ko’tarilishi, pastga qiyalanishi va qatlamning uzunasi bo’ylab
qazilishi mumkin
(10.3-rasm). Qatlamlarni burg’ilashning bunday sistemasi quyidagi hollarda
qo’llaniladi:
1) qatlamning o’rganilganligi (razvedka ishlari) etarli darajada bo’lmaganda,
bunda ishlatish quduqlari soni qo’shimcha aniqlangan fondning ortishi hisobiga
ko’payadi. Ishlatishning bunday sistemasi reja asosida neft-gaz olishga nisbatan
razvedka ishlari kechikkanda majburan qo’llaniladi;
2) mahsuldor maydon o’lchami katta bo’lganda, loyihalangan hamma ishlatish
quduqlarini bir vaqtda burg’ilash texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan mumkin va
maqsadga muvofiq bo’lmaganda;
3) qatlamni ishlatishning tanlangan texnologik sxemasiga ko’ra, masalan, suv
bosimli rejimdagi qatlam halqali batareya ko’rinishida uyum chekkasidan markazi
tomon burg’ilanganda; bunday hollarda uchta va to’rtta
batareyalarni bir vaqtda
qazish (chegara tashqarisiga suv haydalayotganda) maqsadga muvofiq emas, chunki
ichkaridagi batareyalar chekkadagilari bilan to’silib qolishi mumkin. Bunday
sharoitlarda quduqlarni joylashtirishning sudraluvchi sistemasini qo’llash uyumning
chekka qismidan markazi tomon chekka batareyadagi quduqlarni suvlanishi sababli
quduqlarning yangi batareyasini burg’ilashni taqozo etadi.
Quduqlarni joylashtirishning sudraluvchi sistemasining qatlamning o’rganilgan
qismidan o’rganilmagan qismi tomon siljishi maqsadga muvofiq emas.
Struktura (qatlam)lardagi quduqlarni burg’ilash tartibi
quyidagicha: quduqlarni
struktura gumbazidan qanotlar (chekka) tomon joylashtirish sistemasi va struktura
chekkasidan gumbaz (uyum markazi) tomon joylashtirish sistemasi.
Avvallari geosinklinal tipdagi (ayniqsa suv bosimli rejimdagi) braxiantiklinal
burmalardagi neft uyumini markazdan chekka tomon yo’nalishda ishlatish maqsadga
muvofiq deb qaralgan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib ishlangan metodik
249
qo’llanmaga ko’ra, razvedka quduqlari burmaning gumbaz qismida burg’ilangan,
agar neft chiqsa ushbu quduqlarda uyumni ishlatish geologik qidiruv ishlarining
hajmi etarli bo’lmaganidan mahsulsiz quduqlarning burg’ilanishining
oldini olish
maqsadida gumbazdan qanotlar tomon davom ettirilgan.
Keyinchalik I.N.Strijov neft uyumini ishlatishning burma qanotlaridan
yuqoriga−qatlamning ko’tarilishi bo’yicha gumbaz tomon yo’naltirish lozimligi
haqidagi taklifni oldinga surdi. Uning fikricha, burma qubbasi quduqlar bilan belbog’
shaklida qamrab olinishi, ya’ni quduqlar neft va suv oralig’idagi chegaradan biroz
yuqorida joylashishi kerak. Bunda qubba ustida gaz, uning tagida bosimli neft
bo’lishi va ular quduqqa kirib kelishi lozim. Lekin uyumni ishlatishning bu sistemasi
tanqidga uchradi, chunki mahsulsiz quduqlar soni keskin ortib, ishlatish quduqlari tez
suvlana boshladi.
Shunday qilib, ishlatishning bunday sistemasining kasodga
uchrashining asosiy sababi uyumning chekka qismlarini geologik jihatdan yaxshi
o’rganilmaganligida va ishlatish quvurlarini burg’ilashning iqtisodiy jihatdan kam
samarali ekanligida deb topildi.
Hozirgi vaqtda hamma maydonlar bo’yicha etarli darajada geologik qidiruv
ishlari bajarilgan bo’lib, to’plangan ma’lumotlar kichikroq va o’rtacha o’lchamdagi
uyumlarni ishlatish loyihasini tuzish uchun etarli hisoblanadi. SHu sababli ishlatish
quduqlari qatorining burg’ilashni qaysi yo’nalishda: struktura markazidan chekka
tomonga yoki chekka tomondan markazga qarab siljishining farqi yo’q.
SHunday
xulosaga suv bosimli rejimdagi neft uyumi uchun bajarilgan gidrodinamik hisob-
kitoblar natijasida ham kelish mumkin. Bunday xulosa neft uyumini ishlatish uchun
burmaning har bir qanotida uchta-to’rtta ishlatish quduqlari batareyasini qazish etarli
ekanligini ko’rsatdi.
Yirik uyumlarni (sanoat miqyosidagi katta neft zaxiralariga va neftlilik
maydonlariga ega bo’lgan) ishlatish maqsadida uchtadan ortiq quduqlar batareyasi
loyihalanadi, ularni ishlatish sistemasi chekkadan markaz tomon yo’nalganda
markazdan chekkaga yo’nalganiga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’ladi.
Markaziy batareyadagi quduqlar debiti yig’indisi va uyumni markazdan chekkaga
qarab ishlatishdagi quduqlar debitining o’rtacha qiymati tashqaridagi batareyalardagi
o’shancha quduqlar debiti yig’indisidan va uyumni chekkadan markaz tomon
ishlatishdagi quduqlar debitining o’rtacha qiymatidan sezilarli kam bo’ladi. Uyumni
markazdan chekka tomon ishlatish sistemasida markaziy batareyalardagi quduqlar
debiti yig’indisi miqdorini oshirish uchun yangi quduqlar batareyasini burg’ilash
kerak bo’ladi, ular avval qazilgan markaziy quduqlarni to’sadi,
natijada uyumni
ishlatish samarasi pasayadi. Uyumlarni ishlatishda chegara tashqarisiga suv
bostirishning kechikishi uyumni markazdan chekka tomon ishlatish sistemasiga ta’sir
etadi, bunda avval zich qazilgan markaziy quduqlar holati burma chetidagi tashqi
batareya quduqlarinikiga nisbatan murakkab ko’rinish oladi.
Qatlamning geologik tuzilishi xususiyatlariga ko’ra gidrodinamik hisob-kitoblar
orqali yuqorida qayd qilingan holatlarga sezilarli o’zgartirishlar kiritish mumkin.
Masalan, qalinligi kam, kollektorlik xususiyatlari yomon bo’lgan qatlamning chekka
qismlaridagi uyumni markazdan chekka tomon ishlatish samarali bo’lishi mumkin;
kollektorlik xususiyatlari yaxshi bo’lganda esa uning chekka qismidan markaz tomon
ishlatish sistemasini qo’llash iqtisodiy jihatdan foydali bo’ladi.
250
Demak, uyumni ishlatishning o’ziga xos va mos variantini tanlash qatlamning
tuzilishini geologik xususiyatlariga asoslanib hamda gidrodinamik va iqtisodiy
hisoblashlar bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: