O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

5. Me'da osti bezi 
Me’da osti bezi aralash bez bo’lib, shira ajraluvchi sekretor bo’lakchalari 
orasida o’zining chiqaruv yo’liga ega bo’lmagan alohida hujayralar guruhi bor, ular 
shu hujayralarni birinchi marta tasvirlagan olimning nomi bilan Langergans 
orolchalari deb ataladi. Yangi tug’ilgan bolada orolchalar soni 120 ming bo’lib, ular 
me’da osti bezi hajmining 3,5% tashkil qiladi. Bola hayoti davomida ularning soni 
ko’payib 800 mingdan oshadi va bez massasining 1-2% tashkil qiladi. Orolchalar 
qon tomirlarga boy (7;8-rasmlar). 


116 
7-rasm.
Me’da osti bezining joylashuvi
 
Bu orolchlar hujayralari ichki sekretor funksiyani bajaradi, ya’ni to’g’ridan-
to’g’ri qonga gormon ishlab chiqaradi. Gistologik tekshirishlar natijasida bu 
orolchalarda har xil hujayralar borligi aniqlandi va ular alfa, betta, gamma hujayralar 
deb ataladi. Shulardan betta hujayralar hammasidan ko’p (itlarda qariyb 75 %) 
bo’ladi. Betta hujayralar insulin (lotincha - Insula - orolcha) gormoni, alfa hujayralar 
esa glyukogen gormonini ishlab chiqadi. Me’da osti bezining mayda chiqaruv 
yo’llaridagi epiteliy hujayralaridan lipokain gormoni ajralib chiqadi, degan 
ma’lumotlar bor. Bez ekstraktlaridan yana bir necha gormon - vagoxonin, kallekrin 
va sentropeninlar topilgan.
Me’da osti bezining eng muhim gormoni insulindir. Mering va Minkovskiylar 
me’da osti bezi olib tashlangan organizmda uglevodlar almashinuvini keskin 
buzilishi oqibatida hayvon halok bo’lishini 1889 yildayoq kuzatganlar. Me’da osti 
bezining ichki sekretor faoliyati har qancha tekshirilsa ham gormonni uzoq vaqt sof 
holda ajratib bo’lmadi. Nihoyat, 1901 yilda Z.V.Sobolev me’da osti bezidan ichki 
sekretsiya mahsuloti - insulin gormonini ajratib olish usulini taklif qildi. U tabiatan 
oqsil bo’lgani uchun bezni qirqib olib, maydalaganda, gormon oqsilni parchalovchi 
pankreatik shirasi ta’sirida parchalanib ketadi, deb o’yladi. Buning oldini olish 
uchun Z.V.Sobolev ikkita usulni taklif qildi. Bu usullardan biri hayvon me’da osti 
bezi olib tashlashdan 4-5 kun oldin bezning pankreatik shira chiqaradigan yo’llarini 
mahkam bog’lab qo’yishdir. Bu vaqtda shira ajratuvchi tashqi sekretor hujayralar 
degeneratsiyaga uchrab, nobud bo’ladi. Oqibatda insulinni parchalaydigan shira 
qolmaydi. Ikkinchi usul embrionlar me’da osti bezidan gormon ajratib olishdir. 
Chunki bu vaqtda ularda hali hazm shirasi ishlanib chiqmaydigan bo’ladi.
1922 yilda F.Bonting va J.Best birinchi usul bilan insulin olishga muyassar bo’ldi.
Insulinning kimyoviy tuzilishini o’rganish natijasida uning disulfid bog’lari bilan 
birikkan 17 xil aminokislotaning ikki zanjiridan iborat polipeptid ekanligi aniqlandi.


117 
Hozir insulin preparatlari kimyoviy sintez yo’li bilan olingan. Insulin 
organizmdan tashqarida sintezlangan birinchi oqsildir. Insulinning molekulasida ruh 
(Zn) yo’q, lekin u ruhni biriktira oladi, ayni vaqtda uning ta’siri uzayadi va 
kuchayadi. Organizmga olloksan yuborilganda, betta hujayralarning faoliyati 
buzilib, insulin sintezlanmay qoladi, bu esa diabet kasalligiga, ya’ni qandning 
organizmda o’zlashtirilmay, siydik bilan chiqib ketishiga sabab bo’ladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish