118
qoladi, yurak qisqarishlari tezlashadi, yoki sekinlashadi, tomirlar tovushi o’zgaradi
va h.k. Glyukogen me’da osti bezining alfa hujayralaridan sintezlanadigan
gormondir. Bu gormon ta’siridan jigarda glikogenning parchalanishi tezlashib,
qondagi qand miqdori ko’payadi. Shuning uchun ham bu gormon toza holda
ajratib
olinmasidan ilgari giperglikemik faktor deb yuritilardi. Qondagi qand miqdorini
idora etishda insulin bilan glyukogenning o’zaro ta’siri alohida o’rin egallaydi. Alfa
hujayralarining faoliyati kuchayishi natijasida qonda qand miqdori oshadi -
giperglikemiya kelib chiqadi. Shuning uchun bu hujayralar faoliyatining kuchayishi
ham qandli diabetga sababchi bo’lishi mumkin.
Bu hujayralarning faolligi
sulfanilamid preparatlar va kobalt to’rlari ta’sirida kuchayadi.
Glyukogen sun’iy yo’l bilan sintezlangan. U kristall holdagi modda bo’lib,
kimyoviy tuzilishi jihatidan ancha farq qiladi.
Sipokain - polipeptid bo’lib, me’da osti bezining chiqaruv yo’lining
epiteliysida ishlanib chiqadi. U hazm shirasi fermentlar ta’sirida parchalanmaydi.
Sipokain fostafidlar (lesitin) hosil bo’lishini, ya’ni yog’larning sarflanishiga yordam
beradi. Jigarni yog’ bosib ketishidan saqlaydi. Bu gormon yetishmasa, jigarni yog’
bosadi va siydik bilan birgalikda ko’p miqdorda keton tanachalari chiqarila
boshlaydi (diabetning bir ko’rinishi).
Me’da osti bezi olib tashlangan itga muntazam insulin yuborib turilsa ham u
ikki - uch oy o’tgach, jigarini yog’ bo’sishi natijasida halok bo’ladi. Ammo uning
organizmiga insulin yuborish bilan birga ovqatiga me’da osti bezi qo’shib
beriladigan bo’lsa, hayotini saqlab qolish mumkin. Bu tajribalar me’da osti bezidan
insulin va lipokain gormonlari haqiqatan ham alohida-alohida ishlanib chiqishidan
dalolat beradi. Lipokain gormoni o’z ta’sirini ko’rsatish uchun boshqa lipotrop (yog’
to’planishiga to’sqinlik qiluvchi) moddalar ham bo’lishi kerak. Vagotonin
- oqsil
modda bo’lib, kimyoviy tuzilishi haligacha aniqlanmagan. Bu gormon organizmga
yuborilganda adashgan nerv yadrolarining tonusi kuchayib, parasimpatik nervning
faolligi oshadi. Bundan tashqari, vagotonin qon hosil bo’lish jarayonlarida ham
ishtirok etadi.
Sentropenin bu ham tarkibi aniqlanmagan oqsil moddadir. U nafas markazini
qo’zg’atib, bronxlarni kengaytiradi, gemoglobinga kislorod birikishini kuchaytiradi.
Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyatini nerv tizimi boshqarib boradi.
Jumladan, o’ng tomondagi adashgan nervning bu bez uchun sekretor nerv ekanligi
isbotlangan. Simpatik nerv tizimi qo’zg’alganda insulin sekretsiyasi tormozlanadi.
Ko’p miqdorda glyukoza iste’mol qilish va natijada qonda qand ko’payishi, jismoniy
ish, hayajonlanish (emotsiya) natijasida ro’y beradigan
gipergliklimiya insulin
sekretsiyasini kuchaytiradi. Me’da osti beziga bevosita ta’sir etmaydigan gormonlar
(buyrak usti bezining mag’iz va po’stloq qavati, qalqonsimon bez gormonlari)
uglevodlar almashinuvini o’zgartirib, insulin sekretsiyasini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: