O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

 
 
O’sayotgan bolalar tishining normal o’sib chiqishi, to’qimalarning 
regeneratsiyasi, yaralarning tuzalib bitib ketishi ham shu gormonlarga bog’liq. Bu 
gormonlarning markaziy nerv tizimining funksional holatiga ta’sir qilishi diqqatga 
sazovordir.
Tireokalsitonin
. Qalqonsimon bezda tireokalsitonin degan gormon ham hosil 
bo’lishi keyingi paytlarda isbotlandi. Tirekalsitonin follikulalar ichiga o’tmaydigan 
bo’lgani uchun ularning ichidagi kolloid suyuqlikning tarkibida uchramaydi. Bu 
gormon 32 aminokislotadan tashkil topgan polipeptid bo’lib, tarkibidagi 
aminokislotalarning joylashish tartibi turli hayvonlarda har xildir. Tireokalsitonin 
qonda kalsiy va fosforning miqdorini kamaytiradi. U suyaklardan qonga kalsiy 
chiqarilishiga to’sqinlik qilib, siydik bilan fosforning ko’p chiqarilishiga sabab 
bo’ladi va parotireoid bezlarning gormoni bo’lmish paratgormonning antogonisti 


115 
hisoblanadi. Tireokalsitonin qonda kalsiy ko’payib ketganda sezilarli miqdorda 
ajralib, qon ion tarkibining bir me’yorda saqlanishida katta rol o’ynaydi.
Qalqonsimon bezning faoliyatini asab va endokrin tizimlar boshqarib boradi. 
Simpatik nerv tizimining bezga keladigan tolasi qo’zg’atilganda bezning 
giperfunksiyasiga xos belgilar kuzatiladi, chunonchi, ko’z cho’qqayib qorachig’i 
kattalashadi, asosiy almashinuv kuchayadi. Parasimpatik nerv tolalari esa bez 
faoliyatini susaytiradi. Shu bilan birga, bosh miyada qo’zg’alish jarayonlari ustun 
turganda bez faoliyati kuchaysa, tormozlanish jarayonlari boshlanganda bez 
faoliyati susayadi. Qalqonsimon bez faoliyatining boshqarilishida gipofizning 
oldingi qismidan ajraladigan tireotrop gormon qalqonsimon bezning faoliyatini 
boshqarishda ishtirok etadi, - tireoglobulinning parchalanishini, gormonlarning 
sintezlanishini, ularning bezdan qonga o’tishini va bezga yod kelishini kuchaytiradi. 
Gipofiz esa gipotalamus bilan mahkam bog’langan bo’lib, ikkalasi yaxlit tizimni 
tashkil etadi, deb yuqorida aytilgan edi. Binobarin, qalqonsimon bez faoliyatiga nerv 
tizimi bilan va endokrin tizim chambarchas bog’langan holda, birlashtirib ta’sir 
ko’rsatadi. Miya po’slog’i ham qalqonsimon bezga gipotalamus - gipofiz tizimi 
orqali ta’sir ko’rsatadi. Buni quyidagi misoldan ko’rishimiz mumkin: qalqonsimon 
bezning nerv aloqalari uzilsa, bu vaqtda asosiy almashinuvni shartli reflektor yo’l 
bilan kuchaytirish mumkin. Ayni paytda miya po’stlog’i gipofizdan tireotrop 
gormon ajralishini kuchaytirish yo’li bilan qalqonsimon bezga ta’sir ko’rsatadi. 
Ammo bezning nerv aloqasi uzilgandan so’ng gipofizning po’stloq bilan aloqasi 
ham uzilsa, asosiy almashinuvni endi shartli reflektor yo’l bilan kuchaytirib 
bo’lmaydi.Qalqonsimon bezning yonida kichkina epitelial tanachalar, ya’ni 
paratireoid bezchalar bor. Asosiy paratireoid bezchalardan tashqari, qo’shimcha 
bezchalar ham uchrab turadi. Paratireoid bezchalarda ikki xil hujayra bor: 
bosh 
hujayralar
va 
asidofill hujayralar
. Bosh hujayralarning sekretor faoliyati 
isbotlangan, asitofill hujayralarni funksiyasi esa hali aniqlanmagan. Bu bezchalar 
simpatik nerv tizimi tolalari bilan ta’minlanadi. Ammo, adashgan nervdan 
parasimpatik tolalar ham oladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish