O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

3. Epifiz bezi 
Epifiz yoki shishsimon tana cho’zinchoq yoki sharsimon shakllarda uchraydi. 
Uning og’irligi katta odamda 0,2 g, uzunligi 8-15 mm, kengligi 6-10 mm, qalinligi 
6-10 mm (4-rasm). Tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan, 
undan shishsimon tana ichiga trabekulalar kirib bezni bo’laklarga bo’ladi. Bez 
parenxemasi tarkibini ko’p sonli ixtisoslashgan bez hujayralari-pinealotsitlar va 
kamroq glial hujayralari hosil qiladi. Uning hujayralari balog’at davrigacha 
gipofizni faoliyatini tormozlovchi va modda almashuvini boshqarishda ishtirok 
etadigan modda ishlab chiqaradi. 
Hozirgi vaqtda epifizda ikki xil modda-serotonin va melatonin hosil bo’lishi 
aniqlangan. Serotonin arteriyalarni toraytirib, mediator vazifasini bajaradi. 
Melatonin esa jinsiy bezlar taraqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi. 
Epifizning buzilishi bolalarda erta jinsiy balog’atga yetishga olib keladi. 
4-rasm.
Epifiz bezining joylashuvi 
Yangi tug’ilgan bola shishsimon tanasi yumaloq shaklda, oyoqchalari yo’q 
bo’lib, to’rt tepalikka yetmaydi. Uning og’irligi 7 mg, o’lchamlari ko’ngdalangiga 
2,5 mm, vertikaliga 2 mm, oldingi-orqa o’lchami 3 mm. Bola hayotining birinchi 
yilda bez tez o’sib og’irligi 100 mg. Olti yoshda shishsimon tana o’zining doimiy 


112 
kattaligiga: bo’yi 10 mm, kengligi 5 mm, og’irligi esa 157 mg ega bo’ladi. 
Keyinchalik bezning o’ziga xos hujayralari buzilib, biriktiruvchi to’qima ko’payadi. 
4. Qalqonsimon bez 
Insonning bo’yini sohasida, qalqonsimon tog’ayning ikki yonida joylashgan 
bo’lib, shaklan qalqonga o’xshab ketadi. Bu bez o’zaro tutashgan ikki bo’lakchadan 
iborat. Bez bo’yinchasining balandligi 5-15 mm, qalinligi 6-8 mm bo’lib, 
kekirdakning II-III tog’ay halqalari sohasida joylashadi (5-rasm). Bezning og’irligi 
30-50 g.
Qalqonsimon bez qon bilan benihoya yaxshi ta’minlanib turadi. Masalan, itlar 
organizmida oqayotgan qonning hammasi bu bezlar orqali bir kunda 16 marta 
aylanib, oqib o’tishi mumkin. Bezning parenximasi va stromasi bo’ladi. Parenximasi 
o’ziga xos pufakchalardan, ya’ni follikulalardan tashkil topgan. Bu pufakchalarning 
devori sekretor epiteliydan tuzilgan. Sekretor hujayralar uzluksiz ravishda maxsus 
kolloid modda ishlab chiqaradi. Shu sababli follikulalarning ichi o’sha kolloid 
moddalar bilan to’la turadi. Bu kolloid gidrolizlanganidan so’ng qon va limfaga 
o’tadi. Follikulalarning orasida biriktiruvchi to’qima bo’lib, u bezning stromasini 
tashkil qiladi.
Qalqonsimon bezning asosiy gormoni tiroksindir.Tiroksin tarkibida yod bor. 
Gormon bezda quyidagicha sintezlanadi: Organizmga o’zi bilan kiradigan yodning 
asosiy qismi qonga so’rilgandan keyin qalqonsimon bezga keltiriladi. Bez 
hujayralari uni ushlab qoladi. Bu yerda anorganik yod sitoxromoksidaza va 
peroksidaza fermentlarining ishtirokida molekulalar yodgacha oksidlanadi. So’ngra 
taxminan ikki soat davomida yod tirozin aminokislotasi bilan birikadi. Oqibatda 
monoyodtirozin va diyodtirozin molekulalari hosil bo'ladi. Tetrayodtirozin tiroksin 
gormoninig o’zidir. Hozir aytilgan yodli birikmalar bezning follikulalarida oqsillar 
bilan birikib, tireoglobulin degan kompleks birikma molekulalarini hosil qiladi. 
Tireoglobulin murakkab glyukoproteiddir. 
5-rasm.
Qalqonsimon bez


113 
Uning molekulasida 10 ta polipeptid zanjiri bor. Tarkibida yodlangan 
aminokislotalardan tashqari glyukoza, galaktoza, mannoza ham saqlanadi. 
Tireoglobulin follikulalarning ichidagi kolloidda yig’iladi, ayni vaqtda uning 
ma’lum qismi parchalanib ham turadi. Shunda triyodtirozin va tetrayodtirozin - 
tiroksin hosil bo’lib, qonga so’riladi. Ular qondagi oqsillar bilan birikadi va tegishli 
to’qima hamda organlarga tashiladi. Keyingi vaqtlarda olingan malumotlarga 
qaraganda triyodtirozin va tetrayodtirozin to’qimalarda oksidlanib, dezaminlanadi. 
Oqibatda triyodtiroasetat va triyodtiropropinant kislotalar hosil bo’ladi. Bular 
tiroksin va triyodtironinga qaraganda 80-300 baravar faolroqdir. Tiroksin va 
triyodtironin to’qimalarda shu birikmalar holida ta’sir qiladi deb hisoblanadi. 
Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o’sishi, rivojlanishida, unda oqsillar, 
yog’lar, uglevodlar, suv va tuzlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Bu 
gormonlar energiya almashinuviga, nerv tizimi, yurak va jinsiy bezlar faoliyatiga 
ta’sir ko’rsatadi. Qalqosimon bezda hosil bo’ladigan tiroksin, triyodtironin va 
triyodtiroasetat kislota va boshqa ba’zi yodli birikmalar oksidlanish jarayonini, 
oqsillar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa hujayralarning mitoxondriyasidagi 
oksidlanish jarayonini faollashtirib, energiya almashinuvini kuchaytiradi. Bu 
gormonlar hujayra fermentlarining desilfed guruhlarini sulbigidril guruhlarga 
aylantirib, ularni faollashtiradi. Organizmda qalqonsimon gormonlari yetishmay 
qolgan paytda asosiy almashinuv pasayadi. Organizmda ortiqcha osh tuzi va suv 
ushlanib qoladi. Oqibatda shish hosil bo’ladi, - suv shishlari deb shularga aytiladi. 
Qonda kalsiy miqdori kamayadi, jinsiy faoliyat pasayadi.
Umuman olganda, bu bezning gormonlari embriogenezda benihoya katta 
ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez gormonlari yetishmaganida (gipofunksiyasida) 
yosh bolalar o’sishdan, rivojlanishdan qoladi, suyaklanish jarayonlari buziladi. 
Odamlarda bu bezlarning bolalikdan sust ishlashi (gipofeoz) kretinizm kasalligini 
paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu paytda bo’y o’smaydi, uning og’zi doimo ochiq 
bo’lib, tili chiqib turadi. Chunki til haddan tashqari o’sib ketib og’izga sig’may 
qoladi. Voyaga yetmagan hayvon va odamlarning qalqonsimon bezi yetarlicha 
ishlamasa, Miksedema kasalligi paydo bo’ladi. Bu vaqtda asosiy almashinuv 
pasayadi, oqsillar almashinuvi buziladi, onkotik bosim oshib ketadi, to’qimalarda 
suv ushlanib qoladi, suv shishlari paydo bo’ladi. Organizmda yod kamchiligi paytida 
buqoq kasalligi avj oladi. Bu paytda bez to’qimasining yetarlicha ishlamayotganligi 
tufayli u gipertrofiyalanib, katta bo’lib ketadi, follikulalari ko’payadi, ammo, 
ajralayotgan gormonlarning miqdori kam bo’ladi. Chunki ularning sintezlanishi 
uchun yod yetishmaydi. Infitireoid, ya’ni qalqonsimon bez gormonlarining faolligini 
susaytiradigan, moddalar bor. Bular qatoriga tiomochevina, tionrasil, metiltionrasil 
va qalqonsimon bezda gormonlarning hosil bo’lishini tormozlaydigan ko’pchilik 
sulfanilamid preparatlar kiradi. Ular anorganik yod molekulalarini yodgacha 
oksidlovchi, tirozinning yodlanishida, uning triyodtironin va tiroksinga aylanuvida 
ishtirok etadigan fermentlarning faolligini pasaytiradi. Bu moddalar ta’sir qilganda 
organizmda, xuddi qalqonsimon bez olib tashlanganda kuzatiladigan o’zgarishlar 


114 
ro’y beradi. Ammo bu moddalar qonda mavjud bo’lgan va tashqaridan 
yuboriladigan gormonlarga ta’sir qilmaydi. Tireoid gormonlar organizmga 
yuborilganda oqsillar, yog’lar va uglevodlar tez parchalanib, ko’p sarf bo’ladi. 
Oqibatda ajralayotgan suyuqlikda azot asosan mochevina hisobiga ko’payadi. 
Manfiy azot muvozanati kuzatiladi. Jamg’arilgan yog’ ko’p miqdorda kamaya 
boradi. Tiroksin yuborilganda, yog’ depolaridagi yog’ning miqdori 70% gacha 
kamayib ketadi, qonda xolesterin ozayadi. Jigar va muskullardagi glikogenning 
parchalanishi tezlashib, qonda qand miqdori bir oz ko’payadi. Oqibatda 
organizmning fizik vazni kamayib, ozib ketadi. Diurez ko’payadi. Insonda ham 
ushbu gormon ko’payib ketsa xuddi shunga o’xshash belgilar kuzatiladi (6-rasm). 
6-rasm.
8 yoshli bolada treotoksikoz kasalligining ko'rinishi 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish