O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


-rasm. Ichki sekretsiya bezlari



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

 
1-rasm.
Ichki sekretsiya bezlari 
 


108 
Muayyan ichki sekretsiya bezi uning gormoni bilan idora etiladigan organlar 
faoliyati bilan muntazam ravishda o’zaro aloqada, bog’lanishda bo’ladi. Boshqacha 
aytganda, tegishli endokrin bezlardan nechog’li ko’p gormon ajralishi o’sha bez 
ta’siri o’tadigan organ holatiga bog’liq va aksincha. Modomiki shunday ekan, ya’ni 
bezning gormoni boshqasining holatiga ta’sir qiladi va aksincha. Endokrin 
bezlarning o’zaro aloqadorligini tushuntirish uchun 1941 yilda M.M.Zavodovskiy 
o’zaro plyus-minus yoki minus-plyus ta’sir to’g’risidagi 
prinsipni
olg’a surdi. Bu 
tamoyil 
prinsipga
ko’ra, o’zaro bog’liq bo’lgan ikkita endokrin bezdan birining 
gormoni ikkinchisining faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatsa, ikkinchisining gormoni 
birinchisining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Haqiqatdan ham aksariyat endokrin 
bezlar o’rtasida shunday bog’lanish mavjud. Masalan, gipofiz oldingi qismining 
gormonlari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar faoliyatini 
kuchaytiradi. Ammo, bu bezlarning ayrim gormonlari gipofizning oldingi qismidan 
molekulalar yetilishini tezlashtiruvchi gormon ajralishini susaytiradi. Bunday 
misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Biroq, organizmdagi hamma endokrin bezlar ham bu prinsipga 
bo’ysinavermaydi. Shunday bo’lsa-da, endokrin bezlarning qaytar bog’lanishida 
ishlashi ular faoliyatining neyrogumoral yo’l bilan boshqarilishida salmoqli o’rin 
egallaydi. Bir endokrin bez bir necha xil gormon ajratadi. Bu gormonlarning 
ayrimlari bir funksiyaga bir xil yo’nalishda ta’sir qilsa, boshqalari bunga qarama-
qarshi ta’sir qiladi. Masalan, gipofizning lyuteinlovchi va follikulalar yetilishini 
jadallashtiruvchi gormonlari tuxum hujayralarining yetilishiga ijobiy ta’sir qiladi. 
Me’da osti bezining insulin va glyukogen gormonlari bir-biriga qarama-qarshi ta’sir 
ko’rsatadi. Ularning birinchisi qonda qandni kamaytirsa, ikkinchisi ko’paytiradi. 
Shunday bo’lishidan qat’iy nazar, endokrin bezlardan tegishli gormonlar 
organizmning ehtiyojiga nihoyatda mos keladigan ravishda ajraladi.
Endokrin bezlar faoliyatini o’rganishda keng foydalaniladigan usullar 
quyidagilardir:
1. Eksterpatsya - operatsiya qilib, tegishli endokrin bezini olib tashlash va 
shundan keyin organizmda ro’y beradigan o’zgarishlarni kuzatish.
2. Transplantatsiya - endokrin bezini ko’chirib o’tkazish (auto, gomo va 
getero transplantatsiya).
3. Tegishli gormonni yoki endokrin bezdan tayyorlangan ekstraktlarni 
hayvonga yuborib, kuzatiladigan o’zgarishlarni o’rganish.
4. Parabioz - ikki hayvon o’rtasida biologik uzviylik hosil qilish. Buning 
uchun ikki yoki undan ortiq tajribadagi hayvonning qon tomirlari bir-biriga ulanadi. 
Keksa va yosh, jinsiy jihatdan yetilgan va yetilmagan, bichilgan va bichilmagan, 
urg’ochi va erkak hayvonlar qon aylanish tizimini bir-biriga ulash va keyin tegishli 
kuzatuvlarni olib borish yo’li bilan belgili endokrin bezlar faoliyatini o’rgansa 
bo’ladi.
5. O’rganilayotgan bezga oqib kelayotgan va undan oqib chiqayotgan qonning 
fizologik faolligini aniqlab, bir-biriga taqqoslab ko’rish yoki angiostamiya usuli.


109 
6. Radiofaol izotoplar usuli - bu usul yordamida turli gormonlarning 
organizmda sintezlanishini, almashishini o’rgansa bo’ladi.
Bulardan tashqari endokrin bezlar faoliyatini o’rganishda boshqa turli-tuman 
fizologik, bioximik, morfologik usullar qo’llaniladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish