Sinflanish belgisi
Sinflanishi
Elektr yuritma harakatga
keltiruvchi ishchi a‗zolar soniga
kora
1.
Individual
2.
Ko‗p motorli
3.
Guruhli
Elektr motorning harakat turiga
kora
1.
Aylanma harakatli
2.
Chiziqli harakatli
3.
Ko‗p
koordinata
bo‗yicha
harakatlanuvchi
Motorning ishchi a‗zo bilan
biriktirilishiga ko‗ra
1.
Reduktorli
2.
Reduktorsiz
3.
Konstruktiv-integratsiyalashgan
Rostlanishi bo‗yicha
1.
Rostlanmaydigan
2.
Rostlanadigan
Asosiy nazoratdagi parametr
bo‗yicha
1.
Moment bo‗yicha rostlanadigan
2.
Tezlik bo‗yicha rostlanadigan
3.
Holat bo‗yicha rostlanadigan
Boshqarish turi bo‗yicha
1.
Qo‗lda boshqariladigan
2.
Yarim avtomatli boshqariladigan
3.
Yopiq konturli tezlikni avtomatik
boshqarish tizimi
4.
Yopiq konturli holatni
boshqaradigan
5.
Dasturli boshqariladigan
6.
Kuzatuvchi
33
Maxsus qadamli elektr motorlarga asoslangan ko‗p koordinatli elektr
yuritmalar Rossiya mahalliy ishlanmasi bo‗lib zamonaviy, yuqori aniqlikda
ishlaydigan robot texnikasida, yig‗uv avtomatlarida va boshqa mashinalarda keng
ko‗lamda ishlatiladi. Ko‗p koordinatli yuritmalar ishchi organning fazodagi ko‗p
yo‗nalishlar bo‗yicha harakat qilishini ta‗minlaydi.
Elektr motorlar mashina ishchi organi bilan bevosita yoki biror kinematik
bo‗g‗in orqali biriktiriladi (bog‗lanadi). Ishchi organ bilan elektr motorlarning
bevosita bog‗lanishi ventilyator va nasos kabi yuqori tezlikli mashinalarda
ishlatiladi. Boshqa mashinalarda, ya‗ni ishchi organ tezligi elektrmotor nominal
tezligidan kam bo‗lganda, ularni bog‗lash uchun tezlikni kamaytirib, ishchi valdagi
quvvatni oshirib beruvchi reduktorlardan foydalaniladi.
Yuqori aniqlikda ishlaydigan mashina va mexanizmlar uchun motor va
ishchi organ orasida mexanik uzatmalardan foydalanmaslikka harakat qilinadi.
Lekin, bunda elektrmotorlarning o‗lchami va og‗irligi ortib ketadi, chunki bu
parametrlar shu quvvatli motorlarning nominal tezligiga teskari proporsionaldir.
So‗nggi yillarda asosan yuqori aniqlikdagi elektr yuritmalar uchun elektr
motor bilan ishchi organni konstruktiv jihatdan birlashtirishga harakat qilinmoqda.
Bunday konstruktiv-integrallashgan elektr yuritmalar uchun elektrshpindellar va
motor-g‗ildiraklar misol bo‗la oladi.
Texnikadagi yangi yo‗nalishlardan biri elektrmexanik modullarni yaratish
bo‗lib kelmoqda. Bu modullar tarkibiga ishchi organ, rostlash tizimiga ega bo‗lgan
elektrmexanik tuzilma (motor) va mikroprotsessorli boshqarish tuzilmasi kiradi.
Mexatron deb nom olgan bunday modullar robotlarda hamda raqamli dasturli
boshqaruvli dastgohlarda qo‗llaniladi.
Rostlanuvchan deganda elektr yuritmaning tezligini, tezlanishini yoki
momentni o‗zgartirish yohud bir xil qiymatda ushlab turish tushuniladi.
Tarixan shunday bo‗lganki, amaldagi elektr yuritmalarning asosiy qismi
qisqa tutashtirilgan asinxron elektr motorlari asosida bajarilgan. Ularda esa oddiy
ta‗minot manbaida moment va tezlikni rostlash imkoniyati bo‗lmaydi. Bir tezlikli
asinxron elektr motorlarning modifikatsiyasi ikki tezlikli va uch tezlikli elektr
34
motorlardir. Ko‗p tezlikli motorlarga ega bo‗lgan elektr yuritmalar ikki yoki uchta
aniq ishchi tezliklar hosil qilish imkonini beradi, lekin berilgan diapozonda tezlikni
rostlash imkoniyatini bermaydi. Bunday yuritmalarga reostat-kontaktorli
boshqaruvchi yuritmani kiritishimiz mumkin. Bunday yuritmalar moment va
tezlanishni rostlash imkonini bermaydi, shuningdek, vaqt bo‗yicha tezlikni
o‗zgartirishning kerakli xarakterini shakllantira olmaydi. Shuning uchun ko‗p
tezlikli hamda kontaktorli boshqaruvli elektr motorlar bu darslikda rostlanadigan
yuritma tarzida ko‗rilmaydi.
Darslikka kiritilgan rostlanuvchi elektr yuritma tushunchasi o‗z ichiga
quyidagi funktsiyalarni oladi:
- berilgan diapazonda kerakli tezlikni o‗rnatish;
- g‗alayonli ta‗sirlar bo‗lganda o‗rnatilgan tezlik qiymatini berilgan aniqlikda
stabillashtirish;
- yuritma motorining harakat va tormozlanish rejimlari paytidagi moment olish
va tezlanish olishni rostlash;
- vaqt bo‗yicha tezlik o‗zgarishining berilgan aniqlikdagi kerakli xarakterini
shakllantirish.
Zamonaviy tendensiyalardan biri rostlanadigan elektr yuritmalarni kengroq
qo‗llashdir.
Texnologik talablarga ko‗ra elektr yuritma quyidagi parametrlardan biri
bo‗yicha rostlanuvchanlikni ta‗minlashi kerak: moment, tezlik va mashina ishchi
organi holati.
Momentni rostlash asosiy parametr sifatida taranglik talab qilinadigan
dastgohlarda qo‗llaniladi. Masalan g‗altakka o‗ram o‗rash mashinalari. Aksariyat
hollarda rostlashning asosiy parametri bo‗lib tezlik xizmat qiladi. Dastgoxlar bosh
harakat mexanizmi, prokat stanlari kletlari, konveerlar, ta‗minlagichlar, nasoslar va
boshqa shu kabi mashinalarda o‗zining texnalogiyasiga ko‗ra tezlikni rostlash
asosiy parametr bo‗lib qoladi. Shunday mashinalar borki ularda ishchi organ holati
alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday elektr yuritmalar holat bo‗yicha rostlanadi.
35
Rostlanadigan elektr yuritmalar tezlikni rostlash diapazoniga ko‗ra quyidagi
turlarga bo‗linadi:
- cheklangan rostlash diopozoniga ega bo‗lgan rostlanadigan elektr yuritmalar.
(2:1dan katta emas).
- 100:1 dan katta bo‗lmagan rostlash diopozoniga ega bo‗lgan rostlanadigan
umumiy qo‗llanishdagi yuritmalar.
- keng diapazonda rostlanadigan elektr yuritmalar (rostlash diapazoni
1000:1gacha).
- yuqori aniqlikdagi elektr yuritmalar (rostlash diapazoni 10 000:1ga teng).
Elektr yuritmaning boshqaruv turiga qarab sinflanishi o‗z ichiga
boshqaruvning funksional imkoniyati va murakkabligini oladi. Qo‗lda rostlanuvchi
nisbatan oddiy tizim rostlanmaydigan elektr yuritmalar uchun xosdir. Bunday
elektr yuritmalar yurgazish, to‗xtatish, himoya va blokirovka vazifalarini
bajaradigan rele-kontaktori apparatlar asosidagi boshqaruv tizimiga ega bo‗ladi.
Yarim avtomatli boshqaruvli elektr yuritmalar deganda buyruq-kontrolleri,
boshqaruv
tugmalari
kabi
apparatlar
yordamida
operator
tomonidan
boshqariladigan tizim tushuniladi. Boshqaruv tizimi operator buyrug‗iga ko‗ra
elektr yuritma parametrlarini rostlash va boshqarishni avtomatik tarzda amalga
oshirish elementlariga ega. Bunday tizimlar yuk ko‗taruvchi mexanizmlar elektr
yuritmalariga xosdir.
Rostlanadigan elektr yuritmalar uchun odatda tezlik bo‗yicha va tok
bo‗yicha yopiq avtomatik rostlash tizimlari (ART) qo‗llaniladi. Bu holda
boshqaruv operator tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, ekskovator mashinisti,
prokat stanlari operatori kabilar. Tezlik topshirig‗i esa texnologiya avtomatikasi
tomonidan aniqlanishi mumkin. Masalan qog‗oz yasash mashinalari va dozatorlar.
Navbatdagi yarim avtomatik tizim mashina ishchi organning aniq holatda
to‗xtashini ta‗minlab beruvchi holat elektr yuritmalaridir. Bunday elektr yuritmalar
boshqaruv tizimi holat bo‗yicha yopiq konturga ega bo‗ladi.
Agar ishchi organ harakat parametrlari bo‗yicha topshiriq ta‗sirlari dasturli
vositalar bilan berilsa, bunday elektr yuritmalar raqamli-dasturli boshqaruvli
36
(RDB) elektr yuritma deyiladi. RDBga ega bo‗lgan yuritmalar tezlik bo‗yicha va
holat bo‗yicha yopiq konturli rostlash tizimiga ega bo‗ladi.
Agar ishchi organning holati bo‗yicha buyruq berilganda uning harakati
noaniq bo‗lib, uni aniqlashtirish uchun doimiy nazorat talab qilinsa, bunday
yuritmalar nazoratchi elektr yuritmalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |