O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti “tabiiy fanlar fakulteti”



Download 473,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana28.04.2022
Hajmi473,99 Kb.
#587773
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
anorganik kurs ishi

Gidroksotuzlar
. Molekulasi tarkibida metall atomi va kislota qoldigidan tashqari 
gidroksid (OH) gruppasi bo’lgan murakkab moddalar gidrokso
tuzlar deb ataladi. Masalan 
Cr(OH)2NO3, Fe(OH)2Cl, AlOHSO4,
NiOHSO4, (CuOH)2CO3, Al(OH)2Cl.
Gidrokso-tuzlarni asos tarkibidagi gidroksid guruppaning bir qismi kislota 
qoldig’iga almshinishidan hosil bo’lgan mahsulot deb qarash mumkin. Gidrokso-
tuzlar dissotsilanganda metall kationi, kislota qoldig’i va gidroksil anioniga 
disotsilanadi:
Cu2(OH)2SO4 2Cu2+ + 2OH- + SO42-
Bi(OH)2NO3 Bi3+ + 2OH- + NO3 -
Bi(OH)2NO3 BiON2+ + OH- + NO3-
BiOH2+ Bi 3+ +HO 
Gidokso-tuzlar suvda yomon eriydi.
Olinishi
. 1. Gidrokso-tuzlar normal tuzlarning gidrolizi natijasida hosil bo’ladi:
CuCl2 +H2O Cu(OH)Cl + HCl 43
Al(SO4)3 2 Al(OH)SO4 + H2SO4
2. Normal tuzlar asoslar bilan reaktsiyaga kirishib gidrokso-tuzlar hosil qiladi:
MgCl2+KOH Mg(OH)Cl + KCl
2CuSO4+2KOH Cu2(OH)2SO4 + K2SO4
3. Asoslar bilan oz miqdordagi kislotalarning o’zaro ta’siridan gidroksotuzlar hosil 
bo’ladi:
Fe(OH)3 + H2SO4 = Fe(OH)SO4 + 2H2O
Agar kislota ortiqcha quyilsa, hosil bo’lgan gidrokso-tuz normal tuzga o’tadi:
2Fe(OH)SO4 + H2SO4 = Fe2(SO4)3 +2H2O
Gidrokso-tuzlarni nomlashda avval metall nomi aytilib, «Gidrokso» so’zi 
qo’shiladi, so’ngra kislota nomi aytiladi. Agar tuz tarkibidagi gidroksid gruppaning 
soni birdan ko’p bo’lsa, ularni tegishlicha di, tri, tetro va hokazo qo’shimchalar 
bilan ko’rsatiladi: Fe(OH)2Cl-temir digidroksoxlorid, Ti(OH)3Cl- titan
22 


trigidroksoxlorid, Ni(OH)NO3- nikel gidroksonitrat.
Gidrokso–tuzlar qizdirilganida yoki umuman vaqt o’tishi bilan tarkibida suv 
molekulalarini chiqarib, okso-tuzlarga aylanadi:
2Mg(OH)Cl → Mg2OCl2 + H2O
Sb(OH)2Cl → SbOCl + H2O
Okso-tuzlar ham asoslar xosasini namoyon qiladi. Binobarin, kislota ta’sirida okso- 
tuzlarni normal tuzga aylantirish mumkin:
Mg2OCl2 + 2HCl = 2MgCl2 + H2O
Tuzlarni olish usullari
. Tuz olinishining bir necha usullari bor. Ulardan eng 
muhimlarini ko’rib chiqamiz.
1. Metallarga metallmaslarni ta’sir ettirish:
2Na + Cl2 → 2NaCl; Cu + Cl2 → CuCl2
2. Asoslarga kislotalar ta’sir ettirish:
KOH + HCl = KCl + H2O
Bu reaktsiya neytrallanish reaktsiyasi deyiladi.
3. Metallga kislota ta’sir ettirib ham tuz hosil qilish mumkin:
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2↑
Metall bilan kislota orasidagi reaktsiyadan hamma vaqt ham vodorod ajralib 
chiqavermaydi, chunki metallarga kislotalar ta’sir ettirib tuz olish reaktivning 
kimyoviy xossalariga, kontsentratsiyasiga bog’liq. Oksidlovchi xossasiga ega 
bo’lgan kislotalar metallar bilan reaktsiyaga kirishganda vodorod ajralib 
chiqmasligi mumkin:
3Cu + 8HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
4. Asosli oksidlarga kislotalar ta’sir ettirib:
CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O
5. Asosli oksidlarga kislotali oksidlar ta’sir ettirib:
CaO + SiO2 = CaSiO3 ; Na2O + SO2 = Na2SO3
6. Kislotali oksidlarga asoslar ta’sir ettirib:
P2O5 + 6NaOH = 2Na3PO4 + 3H2O
23 


SiO2 + 2NaOH = Na2SiO3 + H2O
7. Metallmaslarga ishqorlar ta’sir ettirib ham tuz olish mumkin. Galogenlar, 
oltingugurt va boshqa elementlarga ishqor ta’sir ettirib, kislotalarning tuzlarini 
hosil qilish mumkin:
Cl2 + 2KOH = KCl + KClO + H2O
3S + 6NaOH = 2Na2S + Na2SO3 + H2O
8. Amfoter oksid hosil qiladigan metallga ishqor ta’sir ettirib tuz hosil qilinadi:
Zn + 2NaOH = Na2ZnO2 + H2↑
2Al + 6NaOH = 2Na3AlO3 + 3H2↑
9. Tuzlarga kislotalarni ta’sir ettirib, tuz hosil qilinadi. Tuzga kislota ta’sir 
ettirilganda yangi tuz va yangi kislota hosil bo’ladi. Reaktsiyaning borishi uchun 
olingan kislota kuchliroq yoki kamroq uchuvchan bo’lishi kerak:
3CaCl2 + 2H3PO4 = Ca3(PO4)2 + 6HCl
10. Tuzlarga tuzlarni ta’sir ettirib ham olish mumkin. Bu usul ancha keng 
qo’llaniladigan usullardan biridir. Bunda reaktsiya oxirigacha borishi uchun hosil 
bo’layotgan mahsulotlardan biri cho’kmaga tushishi kerak:
Ba(NO3)2 + K2SO4 = ↓BaSO4 + 2KNO3
AgNO3 + KCl =↓AgCl + KNO3
11. Tuzlarga ishqorlarni ta’sir ettirish yo’li bilan ham tuz olish mumkin. Bu 
reaktsiya natijasida yangi tuz va yangi asos hosil bo’ladi. Bu reaktsiyadan, asosan, 
asoslarni olish va nordon tuzlarni normal tuzlarga aylntirishda foydalaniladi:
CuCl2 + 2NaOH = ↓Cu(OH)2 + 2NaCl
Ca(HCO3)2 + Ca(OH)2 = ↓CaCO3 + 2H2O
12. Tuzlarga kislotali oksidlar ta’sir ettirish bilan:
CaCO3 + SiO2 = CaSiO3 + CO2
Bu reaktsiyalar ko’pincha qizdirish bilan boradi.
13. Metallmaslarning tuzlar bilan reaktsiyaga kirishishidan ham tuz hosil bo’ladi:
S + Na2SO3 → Na2S2O3 ; 2KClO3 + I2→2KIO3+Cl2

Download 473,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish