ixtiyoriylik tamoyiliga ega bo‗ladi. Skandinaviya modelining
asosiy xususiyati
shundaki, u orqali turli ijtimoiy risklar va hayotiy holatlardan jamiyat ijtimoiy
himoyaga ega bo‗ladi. Bu modeldan barcha aholi qatlami foydalanishi mumkin
bo‗lib, ular ijtimoiy sug‗urta to‗lash majburiyatini olmaydilar.
Ushbu modelda
ijtimoiy himoya qilish darajasi yuqori hisoblanadi, bunga asosan daromadlarni
tenglashtirishga qaratilgan davlatning faol qayta
taqsimlash siyosati orqali
erishilgan. Bu modelni samarali faoliyat olib borishiga asosiy sababi institutsional
tamoyillarga va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan jamiyatning yuqori
tashkilotchiligidir. Ijtimoiy himoyani amalga oshirishda asosan soliqqa tortish
asosiy hisoblanadi, shunga qaramasdan tadbirkorlar va ish beruvchilarning ijtimoiy
badallari ham o‗z o‗rniga egadir. YAqinlargacha ishga
yollanuvchilar ijtimoiy
badallardan ozod edilar va umumiy soliqlarni to‗lash orqali sug‗urta jarayonida
ishtirok etishgan. Biroq XX asrning oxirgi o‗n yili davomida ishga yollanib
ishlovchilar soni oshib borish tendensiyasiga ega bo‗ldi
va ish haqidan ijtimoiy
to‗lovlar hajmi ham mos ravishda oshib bordi. Ushbu tendensiyalar tadbirkorlarga
nisbatan ham qo‗llanildi, chunki davlat xarajatlari oxorgi yillarda sezilarli qisqardi.
Ijtimoiy siyosatni tartibga solishning eng yorqin, skandinaviya modeliga
misol - SHvetsiya. Bugungi kunda u ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan dunyoning eng
rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. SHvetsiya aholisining ijtimoiy ta‘minoti
butun mamlakat aholisini ijtimoiy himoya qilishda davlat kafolati asosida amalga
oshiriladi. U soliq va transfert siyosati orqali amalga oshiriladigan aholining barcha
qatlamlari daromadlarini qayta taqsimlashga qaratilgan.
SHved modelining asosiy xususiyatlari inson hayotining barcha sohalarida
doimiy ijtimoiy himoya va 100
foiz bandlikka erishish, kambag‗allar o‗rtasidagi
qarama-qarshiliklarning yo‗qligi, yuqori siyosiy va ijtimoiy barqarorlikdir. O‗tgan
asrning 80-90 yillarida og‗ir iqtisodiy vaziyatga qaramasdan skandinaviya
modelidan foydalanayotgan hech bir davlat o‗z tanlagan yo‗lidan voz kechmadi.
Biroq, umumiy farovonlikka erishish va yuqori darajada ta‘minlangan ijtimoiy
kafolatlar mavjudligi davlat byudjetidan katta xarajatlarni talab qiladi.
SHuning
uchun ushbu davlatlarda soliqlar yuqori foizligi bilan ajralib turadi. Hozirgi paytda
hukumatlar tomonidan munisipal byudjetda katta miqdordagi mablag‗larni to‗plash
imkoniyatini beradigan zamonaviy soliq konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda, shu
orqali mablag‗larni to‗plash va samarali sarflash yo‗lga qo‗yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: