3.Aholini ijtimoiy himoya qilishning Beveridj (Anglosakson) modeli
Ijtimoiy himoyaning ikkinchi modeli bu
Beveridj yoki anglosakson modeli
bo‗lib, Evropaning Buyuk Britaniya va Irlandiya mamlakatlarida foydalaniladi.
Ushbu model o‗z yo‗nalishi, tashkiliy shakliga ko‗ra oldingi modeldan tubdan farq
qiladi. Uning asosida ingliz iqtisodchisi lord U.Beveridjning Buyuk Britaniya
hukumatiga 1942 yilda bergan dokladi hisoblanadi. Beveridj tomonidan berilgan
fikr mulohazalarda Keynsning yo‗nalishlarining ta‘siri sezilarli bo‗lib, ijtimoiy
ishlab chiqarish va bandlik dinamikasi asosan to‗lov bilan ta‘minlangan talab
orqali ifodalanadi, shu bilan birga qayta taqsimotni kam ta‘minlangan aholi
ijtimoiy guruhlariga taqsimlanishi ommaviy haridorlarning pul talabini oshiradi.
Beveridj tomonidan ijtimoiy himoya tizimining tamoyillari ishlab chiqilgan bo‗lib,
ular quyidagilardan iboratdir:1)Universallik tamoyili; 2)Bir xillik tamoyili va
ijtimoiy xizmatlar unifikatsiyasi, bu o‗z navbatida bir xil xajmdagi pensiya va
nafaqalarni, ularni to‗lash shartlarini o‗z ichiga oladi. Beveridj―bir xildagi
ijtimoiy ajratmalardan bir xildagi pensiyalarni to‗g‗ri baholagan. Bu modelning
asosida har qanday faol aholi minimal ijtimoiy himoya huquqiga egaligi yotadi.
Beveridj konsepsiyasining mohiyati shundan iboratki, har bir fuqaro uchun
kafolatlangan aniq daromad mavjud bo‗lishi lozim, uning natijasida oziq
ovqat
mahsulotlariga, turar joy va meditsina xizmatlari ehtiyojlari qondiriladi .SHunday
qilib, bu modelning asosini uni taqsimotidagi haqqoniylik tashkil etib, kasbiy
hamkorlik emas, balki milliy birdamlik haqida gap yuritiladi. Bunday ijtimoiy
himoya tizimini moliyalashtirish ijtimoiy ajratmalar hisobidan, shuningdek
umumiy soliq to‗lovlari orqali amalga oshiriladi. Oila nafaqalarini va sog‗liqni
saqlash xarajatlari asosan davlat byudjeti mablag‗lari hisobiga amalga oshirilsa,
boshqa ijtimoiy nafaqalar esa yollanma ishchilar va ish beruvchilarning ijtimoiy
badallari orqali amalga oshririladi. Bu modelning asosiy xususiyati shundan
iboratki, ijtimoiy nafaqalarni olishidan oldin shu nafaqani olmoqchi bo‗lgan oila
daromadlari tekshiruvi bo‗lib o‗tadi. Ushbu modelning asosi bir xil bo‗lgani bilan
har bir mamlaktda qandaydir o‗zgarishlar mavjud. Masalan, Buyuk Biritaniya
milliy sog‗liqni saqlash tizimi barchaga tekin tibbiy xizmatini ko‗rsatadilar, ularni
daromad darajasini hisobga olmagan holda. Irlandiyada esa meditsina hizmatlari
faqat kam ta‘minlangan aholigagini bepul amalga oshiriladi.
Beveridj modeli esa ijtimoiy sohada davlatning rolini kuchaytirish zarurligini
asoslab beradi. Uning fikriga ko‗ra, oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar (yordam),
milliy sog‗liqni saqlash tizimi davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi zarur,
ammo ijtimoiy himoyaning boshqa tadbirlari ish beruvchilar va ishchilar hamda
davlat subsidiyalari hisobidan ajratmalar asosida amalga oshirilishi kerak. Beveridj
modelining o‗ziga xos xususiyatlari: davlat – barcha aholining ijtimoiy himoyasini
kafolatlashi; ish beruvchi – yollanma ishchilarning ijtimoiy sug‗urtasini amalga
oshirish; ishchi – qo‗shimcha shaxsiy sug‗urtalashni amalga oshirish. 1944 yilda
Buyuk Britaniya Hukumati U.Beveridj tavsiyalar asosida ijtimoiy sug‗urta tizimini
isloh qilishga kirishdi. 1952 yilga kelib, yangi ijtimoiy ta‘minot tizimining
mazmuniga aniqlik kirituvchi asosiy qonun hujjatlari ishlab chiqildi va qabul
qilindi
9
. Davlat sog‗liqni saqlash xizmati to‗g‗risidagi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalar bilan bog‗liq sug‗urta dasturlari, pensiya sug‗urtasi kabi qonunlar shular
jumlasidandir.
Davlatning ijtimoiy ta‘minlashning anglosakson (liberal) modeli yuqorida
tavsiflangan kontinental modeldan sezilarli darajada farq qiladi. Ushbu model
asoschisi 1941-1942 yillarda Buyuk Britaniyada ijtimoiy sug‗urta islohotlari
bo‗yicha ishchi guruhni boshqargan ingliz iqtisodchisi Uilyam Beveridj
hisoblanadi. Beveridj ijtimoiy sug‗urta tizimiga badallarning yagona miqdorini va
ijtimoiy ta‘minotning har xil turlari uchun to‗lovlarning bir xil miqdorini
belgilashni taklif qildi. Olingan badallar va to‗lovlar miqdori oluvchining ijtimoiy
sug‗urta tizimidagi ishtiroki va u tomonidan o‗tkazilgan badallar miqdoridan qat‘i
nazar, ma‘lum bir guruhga mansubligi asosida belgilandi. YAshash minimumi
belgilash taklif qilindi. Agar fuqaro o‗zini yashash minimum bilan ta‘minlay
olmaydigan bo‗lsa, davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi.
9
Fenge R., S cheubel B. Pensions and fertility back to the roots: Th eintroduction of Bismarck‘s pension scheme
and the European fertility decline. European Central Bank. Working paper series. 2014. N 1734. 6 p.
O‗sha davrdagi aksariyat mutaxassislarning fikriga ko‗ra, Beveridj modeli
urushdan keyin iqtisodiy va ijtimoiy farovonlikni tiklashga, mehnat unumdorligini
va umuman iqtisodiyotni tiklash uchun sharoit yaratishga imkon berdi. Bundan
tashqari, ob‘ektiv sabablarga ko‗ra (homiladorlik, nogironlik va hokazo) sug‗urta
badallarini to‗lay olmaganlar uchun ijtimoiy ta‘minot olish imkoniyatini saqlab
qolishga imkon berdi. Beveridj modeli dolzarbligi sababli mamlakat tashqarisida
ham faol qo‗llab-quvvatlandi. Bu modelning muvaffaqiyatli tarzdagi amaliyotga
tatbig‗ini AQSH, Fransiya, YAponiya, SHveysariya kabi mamlakatlarida ko‗rish
mumkin.
Beveridj modelining ba‘zi bir asosiy xususiyatlari quyidagilar:
- ijtimoiy xizmatlar ―umumiylik‖ tamoyiliga asoslanadi va bir xil miqdordagi
nafaqalar beriladi (hamma sug‗urta badali to‗laganlarga teng miqdordagi nafaqa
beriladi);
- hukumat faqat aholi daromadlarining minimal miqdorini saqlash va zaif
qatlamlar farovonligi uchun javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi, shu orqali ijtimoiy
sohada minimal ishtirok etadi;
- ushbu model aniq sug‗urta dasturlari uchun alohida sug‗urta mukofotlarini
hisobga olmaydi. YAgona ijtimoiy to‗lovlar yordamida daromadlar yig‗iladi va
ma‘lum ijtimoiy ta‘minot sohasining zarur ehtiyojlariga taqsimlanadi;
- ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishning moliyaviy asosi bo‗lib birinchi
navbatda davlat byudjeti emas, balki xususiy sug‗urta badallari hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada zamonaviy ijtimoiy sug‗urta tizimida ikkita tarmoq
mavjud:
a) milliy ijtimoiy sug‗urta, unga pensiya sug‗urtasi dasturlari, nogironlarni
sug‗urtalash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‗urta qilish, onalikni
qo‗llab-quvvatlash, kasallik uchun nafaqalar;
b) mamlakat rezidentlariga, shuningdek, Angliyada uzoq vaqt yashagan chet
elliklarga tibbiy xizmat ko‗rsatadigan milliy sog‗liqni saqlash tizimi.
Dastlab AQSHda ijtimoiy sug‗urta to‗g‗risidagi qonuni 1935 yil 14 avgustda
qabul qilingan edi. Vaqt o‗tishi bilan ushbu qonun ijtimoiy sug‗urtaning yangi
qoidalari bilan to‗ldirildi va qo‗shimchalar qilindi. Qo‗shma SHtatlarda yagona,
umummilliy, markazlashgan ijtimoiy ta‘minot tizimi mavjud emas. U federal
qonun yoki shtat qonuni bilan tartibga solinadigan har xil dasturlardan tashkil
topgan. Amerika Qo‗shma SHtatlaridagi davlat ijtimoiy ta‘minoti tizimi aniq ikki
sohaga bo‗linadi: ijtimoiy sug‗urta (to‗lovlar ishchilardan olinadigan ijtimoiy
sug‗urta badallaridan hosil bo‗lgan sug‗urta mablag‗lari hisobidan amalga
oshiriladi) va ijtimoiy yordam (to‗lovlar byudjet mablag‗lari hisobidan amalga
oshiriladi. Bu federal yoki shtat byudjeti bo‗lishi mumkin). SHuningdek, bugungi
kunda AQSHda tibbiy sug‗urtadan tashqari ijtimoiy sug‗urta tizimi ham ancha
rivojlangan bo‗lib, ijtimoiy sug‗urta orqali ishsizlik, mehnat qobiliyatini
yo‗qotganlik, boquvchisini yo‗qotganlik, qarilik kabi sug‗urta hodisalari sug‗urta
qilinadi.
Tizimning tashkil qilinishiga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, har bir fuqaro
ijtimoiy sug‗urtalanish huquqiga egaligini tasdiqlovchi muhim hujjat – ―Social
security number‖ ga ega. SHuningdek, u fuqarolarning hisob kartochkasi bo‗lib
xizmat qiladi. Sug‗urta hodisasi sodir bo‗lgan paytda, nafaqa miqdori ish stajga,
daromadga va hokazolarga bog‗liq holda hisoblab chiqiladi. SHu bilan birga
sug‗urta bilan bog‗liq bo‗lmagan kambag‗allarga, etim va boshqa
ehtiyojmandlarga davlat tomonidan to‗lanadigan ijtimoiy ta‘minot mablag‗lari
(masalan, ayrim toifalarga maktabda bepul ovqatlanish, uy-joy va boshqalar
beriladi) alohida hisoblanadi.
Boquvchisini yo‗qotganligi bo‗yicha ijtimoiy sug‗urta.
Boquvchisini
yo‗qotish bilan bog‗liq sug‗urta hodisasi yuz berganda, agar vafot etgan shaxs
sug‗urta qilingan bo‗lib, uning asosiy ish faoliyatidan kelayotgan daromadi orqali
oilasi ta‘minlanayotgan bo‗lsa, oila asosiy daromad manbaini yo‗qotgan
hisoblanadi va qo‗shimcha moddiy yordamga muhtoj bo‗lgan taqdirda marhuming
oila a‘zolariga (odatda turmush o‗rtog‗i) nafaqa to‗lanadi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‗yicha ijtimoiy sug‗urta. Bunda
ishlayotgan xodimning bajarayotgan mehnatiga bog‗liq bo‗lmagan ravishda
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‗qotishi natijasida sug‗urta hodisasi yuz beradi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun xodimning besh yillik
ish staji va ish beruvchi tomonidan belgilangan sug‗urta badallarining to‗lovi talab
qilinadi.
Ishsizlik nafaqasi bo‗yicha sug‗urta. Bunda sug‗urta badallari yillik
daromadning 6,2 foizini tashkil qiladi, lekin bu raqamni korrektirovka qilishda
shtatlar tomonidan o‗zgartirishlar kiritilishi mumkin. Umumiy qoida bo‗yicha, ular
ish beruvchilar tomonidan to‗lanadi. Ushbu badallarni to‗lash sug‗urtalangan
shaxslarga ishsizlik holatida, tegishli nafaqalarni to‗lashda kafolat berishga imkon
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |