1.Aholini ijtimoiy himoya qilishning mohiyati
Bozor munosabatlari sharoitida turli qatlamdagi aholini ijtimoiy himoyalash
muhim o‗rin tutadi. Hozirgi ko‗p ukladli iqtisodiyot va mulkchilikning turli-
tumanligi sharoitida har bir jamiyat a‘zosini ijtimoiy himoyalash va ularga
yordam berish zaruriy holdir. Amaldagi kuchli ijtimoiy himoya o‗tish davridagi
qiyinchiliklarni yumshatdi, ijtimoiy maqsadga mo‗ljallangan resurslar oshishi,
kam ta‘minlangan aholi uchun turli xil nafaqalar joriy etilishini ta‘minladi.
Iqtisodiyotga
oid
adabiyotlarda
ijtimoiy
himoya
atamasiga
turlicha
yondashishlarni ko‗rishimiz mumkin. Masalan, L.S.Rjanitsina shunday deb
yozadi: «Umumiy talqin qilganda ijtimoiy himoyalash orqali biz shaxsiy
huquqlarni, iqtisodiy huquqlarni, mehnatga, daromadga, ijtimoiy xizmat
ko‗rsatishga
bo‗lgan
huquqlarni
jamiyat
tomonidan
kafolatlanishini
tushunishimiz
mumkin»
1
.
SHuningdek,
YU.G.Odegov,
G.G.Rudenko,
N.G.Mitrofanov tomonidan quyidagicha ta‘rif beriladi: «Ijtimoiy himoya
bu
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy kafolatlarning butun bir tizimini tashkil etadi,
mehnatga layoqatli fuqarolarga shaxsiy mehnat hissasi va tadbirkorligi hisobiga
o‗z turmush farovonligini oshirishni, aholining mehnatga layoqatli bo‗lmagan va
muhtoj qismiga davlat tomonidan to‗g‗ridan-to‗g‗ri beriladigan moddiy
yordamlar va boshqa to‗lovlarni o‗z ichiga oladi»
2
.Amerikalik iqtisodchilar
S.Fisher, R.Dornbush, R.SHmalenzi ijtimoiy himoya tizimini quyidagicha
ifodalaydilar: «Ijtimoiy himoya tizimi –bu velfer dasturlari tizimi bo‗lib, muhtoj
aholining.kambag‗allik
darajasiga
ko‗ra
ta‘minlanadigan
nafaqalardan
iboratdir»
3
. AQSHdagi ijtimoiy himoya tizimi –muhtoj aholi guruhlariga davlat
tomonidan uy-joy berilishi, oziq-ovqat mahsulotlariga talonlar, ijtimoiy
nafaqalar, shuningdek, Medikeyd va boshqa dasturlar kiradi. Mamlakatimiz
iqtisodchi olimlari tomonidan ham «ijtimoiy himoya» tushunchasining
mohiyatini ochib berishda turlicha ta‘riflar keltiriladi. Jumladan, M.A.Hakimova
1
Ржаницына А.С. Даходы: уровень, дифференциация, гарантии. –М.: Профиздат, 1991. С.34–38
2
Рынок труда и социальное партнерство. /Ю.Т.Одегов, Руденко Г.П., Митрофанов Н.Т. –М.: Хронограф,
1998-С.239.
3
6Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика -М.: Дело ЛТД, 1995.-829 с.
«O‗tish davrida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi deganda biz bozor
shakllanishining og‗ir oqibatlari va aholini umuman yangi turmush sharoitlariga
o‗rgatish bilan bog‗liq chora-tadbirlar tizimini tushunishimiz lozim. Bu chora-
tadbirlar davlat, tashkilot, muassasa yoki har xil hayriya organlari tomonidan
amalga oshirilib, ularning aholi yoki uning ayrim guruhlari oldidagi burchidir»
4
,
deb
ta‘riflaydi. Iqtisodchi olim A.V.Vahobovning fikricha, «Bozor
munosabatlariga
o‗tish davrida ijtimoiy himoya o‗zining manzilini
o‗zgartirmoqda, ya‘ni u aholining o‗zini muayyan bir sharoitda hayot kechirish
uchun zarur bo‗lgan ne‘matlarni eng kamdarajasi bilan ta‘minlay olmaydigan
qatlamlariga maqsadli yo‗naltirilgan»
5
. Muallif fikricha,manzilli ijtimoiy himoya
deganda, muayyan vaqt oralig‗ida aholining aynan muhtoj qatlamiga
yo‗naltirilgan ijtimoiy kafolatlarni tushunishimiz lozim.
Ijtimoiy himoya tushunchasini ochib berishda ikki tomonlama ma‘noni ifoda
etuvchi fikrlarni ham ko‗rishimiz mumkin. Agar kengroq talqin qiladigan bo‗lsak,
har bir mehnatga layoqatli fuqaro o‗z haqida o‗zi qayg‗urishi, munosib yashash
uchun mustaqil mehnat qilishi kerak. Har bir fuqaro avvalo daromad keltiradigan
ijtimoiy faoliyat bilan shug‗ullanishga intilishi, tirikchilik qilishi uchun zarur
bo‗lgan mutaxassisliklarni egallashi, o‗z ustida tinmay mehnat qilishi hamda
jamiyat bergan huquqiy imkoniyatlardan foydalanilgan holda o‗zini aktiv
faoliyatini takomillashtirib borishi zarur. Jamiyatni boshqarayotgan davlat
tomonidan berilgan imkoniyatlardan fuqarolar o‗zlarini ijtimoiy ahvollarini
yaxshilashda foydalanishlari, tadbirkorlik bilan shug‗ullanishlari, fermer xo‗jaligi
hamda berilayotgan er uchastkalarini olib, undan daromad olishga harakat
qilishlari lozim. SHu bilan birga davlatning kadrlarni qayta tayyorlash bo‗yicha
berayotgan moddiy yordamidan foydalanish, korxonalar tomonidan amalga
oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari, yangi texnologiyani o‗zlashtirishda
mutaxassislarning ishtirok etishi, zamonaviy texnikani o‗rganish bo‗yicha
malakasini oshirish uchun berilayotgan imkoniyatlardan foydalanish orqali
4
Хакимова М. и др. Микрокредитование: перспективы развития в Узбекистане.//Экономическое обозрение,
2001, No2.–С. 5
5 Ваҳобов А. Бозор муносабатларига ўтиш босқичидаги кўп укладли иқтисодиѐт ва унинг такроран ҳосил
бўлиши. –Т.: Молия, 2002. –336 б.
fuqarolar yangi imkoniyatlarni qo‗lga kiritib, yuqori daromad oladigan ishga
joylashishlari hamda o‗z hayotlarini farovon bo‗lib borishini ta‘minlashlari lozim.
«Ijtimoiy himoya» tushunchasini tor ma‘noda talqin etiladigan bo‗lsa, asosan
aholini ob‘ektiv va sub‘ektiv sharoitlar tufayli moddiy jihatdan qiyin ahvolda
qolgan, o‗z kuchi bilan bu qiyinchiliklardan o‗zini va oilasini himoya qila
olmaydigan aholining ijtimoiy qatlamlarini davlat tomonidan himoya qilish
tushuniladi. Agar boshqacha qilib ta‘rif beradigan bo‗lsak, «Ijtimoiy himoyalash»
muayyan (murakkab, xavfli) vaziyatlarda aholi daromadlari darajasi keskin
pasayishini oldini olish, ayrim ijtimoiy guruhlarga yordam ko‗rsatishi bo‗yicha
davlat va ijtimoiy guruhlarning sayi
harakatlari yig‗indisini ifodalab, davlat
tomonidantartibga solinadigan chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi. Fikrimizcha
manzilli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini quyidagi uch toifaga ajratishimiz
mumkin:1) yakka tartibdagi manzilli;2) hudud tamoyili va indikatorlari bo‗yicha
manzilli;3) o‗zini-o‗zi manzilli himoya qilish.
Umuman olgana, ijtimoiy himoya — keng ma‘noda — mamlakat aholisini
ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta‘minlaydigan va jamiyatda qaror topgan
xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma‘noda — davlat va
jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan
etarli ta‘minlanmagani tufayli yordamga, ko‗makka muhtoj fuqarolar to‗g‗risidagi
g‗amxo‗rligini ifoda etadi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to‗xtovsiz
yaxshilanishini ta‘minlash, aholi qatlamlarining ta‘lim, madaniyat, kasb malakasi,
daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan
insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta‘minlashga yordam
berishdan iborat. Ijtimoiy himoyaning asosiy yo‗nalishlari: erkin ijtimoiy-iqtisodiy
faoliyat ko‗rsatishni ta‘minlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, o‗qish va bilim
olish; daromadlarning kafolatlanishi; har bir fuqaroning o‗z iqtisodiy faoliyatida
daromadga ega bo‗lishi; iste‘molchilar himoyasi, iste‘molchilar jamiyatlari;
tovarlar va xizmatlar sifati, iste‘mol kafolatini ta‘minlash; aholiga tibbiy xizmat
ko‗rsatish; ijtimoiy ta‘minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta‘minlangan
qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berishdan iborat.
Rivojlangan demokratik jamiyatda Ijtimoiy himoya vazifalarini bajarishni
davlat o‗z zimmasiga oladi. «Ijtimoiy himoya» tushunchasi birinchi marta 1935
yilda AQSHning «Ijtimoiy xavfsizlik bo‗yicha qonun»ida qo‗llanilgan, keyinchalik
Xalqaro
mehnat
tashkiloti
konvensiyalarida
bu
tushuncha
mazmuni
mukammallashtirilgan.
Turli mamlakatlarda aholini Ijtimoiy himoya tizimi mamlakatning iqtisodiy
taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi,
ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy ta‘minot tizimi kabi omillarga bog‗liq holda amal
qiladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash bozor iqtisodiyoti sharoitida eng muhim
vazifalardan biridir. Ijtimoiy himoya tizimi hozirgi iqtisodiy islohatlar davrida
jamiyatning hal etilishi zarur bo‗lgan ijtimoiy
muammolarini o‗zida
mujassamlashtirgan kategoriya sifatida amal qilmoqda.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini
shakllantirishning birinchi bosqichi amalga oshirildi. Bu bosqichda Evropa
mamlakatlarida ijtimoiy muhofaza qilish bo‗yicha bir qator qonunlar ishlab
chiqildi. Ularda aholini ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish maqsadida ijtimoiy
cyg‗yptalash masalalari ko‗rildi. XX asrning 30-yillarida Evropa mamlakatlarida
iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Natijada aholi o‗rtasida ishsizlar soni oshdi, aholi
daromadlari pasayib, turmush sharoiti yomonlashdi. Bunday muammolarni hal
etish maqsadida Evropa mamlakatlari va AQSHda aholi turmush sharoitini
o‗rganuvchi maktablar yaratildi.
30-40 yillarda AQSHda ―Aholishunos olimlar maktabi‖ning namoyondalari
E.Meyo, F.Retlisberg, M.Follet va boshkalar tomonidan aholini ijtimoiy
himoyalash bo‗yicha aholi o‗rtasida tadqiqot ishlari olib borildi. Ularning
fikricha, sanoatda texnologiyalarni insonlar boshqaradi, shu sababli sanoatga yangi
texnologiyalarni olib kirish ishchilar mehnatini engillashtiradi. Ikkinchi jahon
urushidan keyin qator mamlakatlarda ijtimoiy ta‘minotning yagona tizimi
shakllandi. Endilikda aholining fakat faol qismi emas, balki barcha aholi qatlami
haqida qayg‗urish, ularni ijtimoiy ta‘minlash, hamda bemorlarga tekin tibbiy
yordam ko‗rsatish imkoniyatlari yaratildi. Rivojlangan mamlakatlarda aholini
ijtimoiy himoyalash tizimida davlatning o‗rni oshib bordi. Ishlab chiqaruvchi va
ishchilar o‗rtasidagi munosabatlarni boshqarish va nazorat etish, aholini ijtimoiy
himoyalash tizimini takomillashtirish borasida davlat kuchli ijtimoiy siyosat olib
bordi.
Turli davlatlarda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog‗liq holda amal qiladi. Mamlakatda aholini
ijtimoiy himoyalashning samarali tizimi hozirgi zamon iqtisodiyotining rivojlanish
belgisidir desak xato bo‗lmaydi. Iqtisodiyoti ravnaq topgan mamlakatda aholi
turmush darajasining tez sur‘atlarda o‗sishini kuzatish mumkin. Ushbu
mamlakatda har bir kishi ijtimoiy kelib chiqishidan qat‘i nazar jamiyatda o‗z
o‗rnini topadi, uning mehnat qobiliyatidan to‗la-to‗kis foydalaniladi, hamda uning
haq-xuquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash
tushunchasi ko‗plab adabiyotlarda keltirilgan bo‗lib, ularda asosan davlatning
ijtimoiy siyosati tushuniladi.
Ko‗plab olimlarning fikricha, keng umumsotsiologik ma‘nodagi ijtimoiy
himoya konsepsiyasi birinchi bor 1935 yilda AQSHning ―Ijtimoiy xavfsizlik
bo‗yicha qonun‖ida qo‗llanilgan. Ushbu qonunda qariyalar va mehnatga layoqatsiz
aholi qatlamiga ijtimoiy yordam ko‗rsatish masalalari bo‗yicha dasturlarni ishlab
chiqish haqida takliflar keltirilgan. Ammo aholini ijtimoiy himoyalash tushunchasi
unda to‗laligicha yoritilmagan va ushbu muammoni hal etuvchi tavsiyalar hali
ishlab chiqilmagan edi. SHuni ham aytish kerakki, ba‘zi adabiyotlarda ―ijtimoiy
himoyalash‖ iborasi, birinchi marta, Rossiyalik olim P.I.Novgorodsevning
asarlarida qo‗llanilgan, hamda ushbu tushunchaga tegishli bo‗lgan muammolar
echimini ishlab chiqilgan
6
.
Keyinchalik ―ijtimoiy himoya‖ tushunchasining mazmuni Xalqaro mehnat
tashkiloti konvensiyalarida mukammallashtirilgan, hamda ushbu muammoning
mohiyati aniqroq ko‗rsatilgan. Bundan tashqari, ushbu tushuncha mamlakatning
ijtimoiy siyosatida keng qo‗llanilib, u o‗z ichiga mehnat sohasi, aholi bandligi,
6
Новгородцев П.И. ―Право на достойное человекское существование.‖СПБ., 1911, -С. 3-13.
kasb tanlash, o‗qitish, bilim olish, daromadlarning kafolatlanishi, har bir
fukaroning o‗z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo‗lishi, iste‘molchilar
himoyasi, iste‘molchilar jamiyatining tashkil etilishi, tovarlar va hizmatlar sifatini
oshirish, aholiga tibbiy hizmat ko‗rsatish, ijtimoiy ta‘minot tizimi va aholining
muxtoj, kam ta‘minlangan qismiga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar
berishni qamrab oladi.
Ijtimoiy himoyaning asosiy vazifasi ijtimoiy qiyin ahvolda qolgan aholi
qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‗rsatish yoki kutilayotgan moddiy qiyinchiliklar
haqida ogohlantirishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotining hususiyati shundan
iboratki, shaxsning iqtisodiy hayotda qay tarzda ishtirok etishi haqida o‗zi mustaqil
qaror kabul qiladi. Xar bir shaxs, avvalom bor, sug‗urtalash masalasi bo‗yicha o‗zi
javob beradi. Agar bu shaxs ijtimoiy sug‗urtalanmagan bo‗lsa, daromadi
vaqtinchalik kam bo‗lgan taqdirda davlat uni ijtimoiy yordam orqali himoya
qiladi.
Keng ma‘noda, ―ijtimoiy himoya‖ deganda mamlakat aholisining ijtimoiy va
moddiy muhofaza qilinishini ta‘minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy,
iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui tushunilsa, tor ma‘noda, davlat va
jamiyatning aholining yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik
vositalari bilan etarli ta‘minlanmagani tufayli yordamga, ko‗makka muxtoj
fuqarolarga ko‗rsatilayotgan g‗amxo‗rligi nazarda tutiladi. ―Ijtimoiy himoyalash‖
tor ma‘noda davlat siyosatini bildirib, hayot darajasiga mos ravishda inson haq-
xuquqlarini himoya qiladi va ijtimoiy kafolatni ta‘minlaydi. Bir vaqtning o‗zida
ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi keng ma‘noga ega bo‗lib, aholini ijtimoiy
himoyalashga faqatgina davlat jalb qilinmaydi, balki jamiyatda mavjud bo‗lgan
barcha aholi katlamlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar ham jalb etiladi. Aholini
ijtimoiy himoyalash bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishining asosiy
unsuri bo‗lib xizmat qiladi. Ko‗rib turganimizdeq davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida jamiyatning har bir a‘zosi, nodavlat-notijorat tashkilotlari va boshqa
fuqarolik institutlari ham ishtirok etadi.
―...bozor iqtisodiyotida ijtimoiy himoya jamiyatning xo‗jalik va ijtimoiy
hayotini tashkil etishning tabiiy komponenti sifatida namoyon bo‗ladi, uning
tashkiliy-huquqiy shakllari esa mehnat jarayonining va ishchi kuchining takror
ishlab chiqarishni beto‗xtovligini ta‘minlashga xizmat qiladi‖
7
.
Olimlarning fikricha, davlatning ijtimoiy siyosati amalda asosan ikki
ko‗rinishda namoyon bo‗ladi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta‘minot. Ijtimoiy
himoya mustaqillikning moddiy va ma‘naviy asoslarini mustahkamlash va bozor
islohatlarini amalga oshirish davrida aholini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilish va
milliy xo‗jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va hatto, siyosiy
chora-tadbirlar majmui bo‗lib, xususan, aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy
holati hamda hayot kechirishning zarur vositalarga ega bo‗lmaganligi sababli
yordamga muhtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va jamg‗armalarning
yordami hisoblanadi
8
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelayotgan ijtimoiy muammolarni hal
etish uchun kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi taqozo etiladi. Bunday siyosatning
mohiyati shundaki, davlat aniq ishlab chiqilgan va bozor munosabatlariga o‗tishni
yumshatadigan, aholining u yoki bu sabablarga ko‗ra daromad ishlab topish
imkoniyatiga ega bo‗lmagan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan
qamrab olishga harakat qiladi.
―Ijtimoiy himoya‖ nazariy jihatlarining shakllanishi ko‗p asrlik tarixga ega.
Bu tushuncha asta-sekin shakllangan va mohiyatan rivojlanib borgan. Aholini
ijtimoiy himoyalash sohasiga ajratilgan investitsiyalar ijtimoiy himoyaning yuvori
darajada o‗sishiga olib keldi. Natijada davlat va xususiy sektorlar uchun keng
imkoniyatlar ochildi, hamda jamiyatda aholi turmush darajasini oshirish imkoni
tyg‗ildi. 90-yillarda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti yangi raqobatbardosh
sharoitga,
jumladan
savdoning
erkinlashuvi,
davlat
tashkilotlarining
hususiylashtirilishiga moslashib bordi. Mamlakat milliy iqtisodiyotida inflyasiya
7
Ромашев О.В. Социальная защита трудящихся: проблемы и пути решения. //Социальные
исследования. -М.: 2001. №1, -С. 110
8
Т
у
хлиев Н.,
Ҳ
а
қ
бердиев
Қ
, Эрназаров Ш., Холматов Н.
Ў
збекистон и
қ
тисодиѐти асослари. -Т.: 2006, -Б.260.
darajasining pasayishi, to‗lov balansi defitsitining kamayishi, korxona va
tashkilotlar umumiy samaradorligining oshishi kabi ko‗plab sohalarda ijobiy
natijalar ro‗y berdi. Biroq shunga qaramasdan, uning ketidan aholi o‗rtasida
ishsizlik darajasining o‗sishi, kam ta‘minlangan oilalarning ahvoli yomonlashuvi,
raqobatbardosh bo‗lmagan korxonalarning tanazzulga yuz tutishi kabi muammolar
kelib chiqdi. SHunday qilib, bozor iqtisodiyotining tizimining ijtimoiylashuvi,
hamda ijtimoiy muhofaza tizimidan aholini ijtimoiy kafolatlash va ijtimoiy
ta‘minot tizimiga o‗tish mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishning tarixiy evolyusiyasi
natijasi deb tan olindi. Ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamning mavjudligi va
ijtimoiy himoya tizimining takomillashuvi inson taraqqiyoti konsepsiyasining
shakllanishiga sabab bo‗ldi. ―Ijtimoiy himoya‖ning konsepsiya sifatida yuzaga
kelishi XX asr o‗rtalariga borib taqaladi. Bu konsepsiyada insonlarning mehnat
daromadlarining pasayishi va ulardan mahrum bo‗lishdan himoyalovchi chora-
tadbirlar ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Har bir mamlakatda fuqarolarning ijtimoiy himoyasi o‗zining shakllanishi va
rivojlanishining tarixiy yo‗lidan o‗tdi, ammo ularning rivojlanishi uchun qo‗yilgan
vazifalarning barcha o‗xshashligi bilan ularni hal qilish usullari va yondashuvlari
sezilarli darajada farq qiladi.. Mamlakatda rivojlangan ijtimoiy himoya tizimi
fuqarolarga samarali himoya mexanizmlarini taqdim etadi va shu bilan birgalikda
iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlaydi va jamiyatda ijtimoiy birdamlik muhitini
yaratadi. Bugungi kunda bir-biridan tuzilishi bilan ham, moliyalashtirishning turli
usullari bilan ham farq qiluvchi turli xil ijtimoiy himoya tizimlari mavjud.
Belgilangan vazifalarning barcha o‗xshashligi bilan har bir mamlakatda
ijtimoiy himoyaning rivojlanishi o‗ziga xos tarixiy noyob yo‗lni bosib o‗tdi. Davlat
hukumati ijtimoiy siyosatini mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va iqlim
xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boradi. Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy
himoya asosiy 3 ta model xususiyatlariga moslab qurilgan: Bismark (kontinental),
Beveridj (anglosakson, liberal) modeli va xususiy-korporativ (aralash,
skandinaviya) modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |