I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Hayvon va o ‘simlik dunyosi, ularning biriigi va farq qiluvchi belgilari



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Hayvon va o ‘simlik dunyosi, ularning biriigi va farq qiluvchi belgilari
Aristotel zamonida biologiyani ikki dunyoga: o'simliklar va hayvon­
lar dunyosiga bo'lish boshlandi. O'simliklarga daraxtlar, butalar, o'tlar, 
lianalar, gullar kirsa; hayvonlarga kuchuklar, mushuklar, qurbaqalar, 
baliqlar kirgan. O'zlarining tashqi ko'rinishi jihatidan yuqorida keltirilgan 
o'sim liklardan farq qilsa-da, paporotniklar, moxlar va zamburug'larni 
ham o'simliklarga kiritish mumkin. Hayvonlarga esa molyuskalar, chu­
valchanglar, arilar, chumolilar va shu kabilar kiradi.
Bundan 100-yil ilgari nemis biologi Ernest Gekkel o'simlik va hayvon- 
larning oraliq shakli bo'lgan mikroorganizmlarning yangi guruhi bir hu­
jayrali organizmlar (proteste) kiritishni taklif qilgan. Biroq bu taklifni 
ko'pchilik olimlar jamoatchiligida qabul qilinmadi. Chunki ba’zi bir hu­
jayrali organizmlar hayvonlarga o'xshasa, b a’zi birlari o'simliklarga o'xshab 
ketadi. Yana ba’zi bir xillari esa na o'simlikka va na hayvonga o'xshaydi. 
Keyinchalik b a’zi biologlar M onera guruhini ajratishni taklif qilib, bu gu­
ruhga ular yadrosi shakllanmagan bakteriyalar va ko'k-yashil suvo'tlarni 
kiritgan.
Aslini olganda, o'sim liklar va hayvonlar bir-birlariga juda o'xshash 
bo'ladi. Ularning ikkovlari ham hujayralardan tuzilgan, ularning bir-biridan 
keskin farq qiluvchi xususiyatlari ham mavjud. U lar quyidagilardan iborat:
1.O'simliklar hujayrasida qattiq sellyulozadan tashkil topgan qattiq 
hujayra membranasi bo'ladi.
2. 
O'simliklar doimo bo'yiga va eniga o'sib turadi. Boshqacha qilib 
aytganda, o'sim liklar vegetativ davrlarining oxirigacha ham o'sish im- 
koniyatlarini yo'qotishmaydi. Tropik iqlim sharoitida o'suvchi o'simliklar 
yil bo'yi bir xil o'sib tursa, m o'tadil iqlim sharoitida o'suvchi o'simliklar
73


esa asosan bahor va kuzda o ‘sib, kuz va qish fasllarida o ‘sishdan to ‘xtab 
turadi. 0 ‘simliklardan farq qilib hayvonlarda o ‘sish m a’lum davrgacha, 
m a’lum yoshgacha davom etadi. Keyin esa yangi hujayralaming organizmi 
hosil b o ‘lishiga qaramay to ‘la o ‘sishdan to ‘xtaydilar.
3. Ko‘pchilik hayvonlar harakatchan bo‘lsa, o'simliklar esa o ‘troq holda 
hayot kechiradi. 0 ‘simliklar bir yerda turgan holda o ‘zlari uchun kerak 
bo‘lgan suv va mineral tuzlam i ildizlari ham da karbonat angidrid va qu­
yosh energiyasini yer ustki organlari (asosan bargi) orqali qabul qiladilar.
4. 0 ‘simliklaming hayvonlardan farq qiluvchi eng muhim belgilaridan 
yana biri — bu oziqlanishdadir. Hayvonlar harakat qilib atrofdagi organizm­
lar bilan oziqlanadi. 0 ‘simliklarning ko‘pchiligi esa o‘zlari uchun kerak 
bo'lgan organik m oddalam i o ‘zlari tayyorlaydilar. Bu xususiyatlar xlorofil 
donachalari bo‘lgan barcha yashil o ‘simliklarga taalluqlidir. Xlorofillari 
bo ‘lmagan zam burug‘lar va bakteriyalar esa hayvonlar singari tayyor 
organik m odda hisobiga oziqlanadi.
Yuqorida bayon etganimizdek, hayvon va o'simliklar dunyosi xilma- 
xilligi bilan ajralib turadi. Shu sababli har bir o'simlik va hayvonlar turlarini 
o'rganish, aw alo shu o'rganilayotgan obyektning boshqalarga qaraganda 
qaysi holatda ekanligini, ularning bir-biriga nisbatan filogenetik holatini 
(kelib chiqishini) bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Turlaming sistematik 
holatini bilish, tushunish faqatgina sistematika fani uchun emas, boshqa 
yondosh fanlar uchun ham m uhim rol o'ynaydi.
Sistematika bilimlarining genetika va biokimyoda urug'chilik va selek- 
siyada va hattoki ekologiya va biogeografiya fanlarida ham o 'm i beqiyos. 
Tabiatni muhofaza qilishni ham sistematik bilimlarsiz to'la-to'kis amalga 
oshirib bo'lmaydi. Turli-tum an hayvonlar va o'simliklar dunyosini tas- 
virlab m a’lum bir sistemaga solib o'rganish qadim zamonlardan bosh- 
langan bo'lib, u bir necha davrni o 'z ichiga oladi. Organizmlarni ilk bor 
klassifikatsiya qilish yunonistonlik olim Aristoteldan (miloddan oldingi 384— 
322-yilda) boshlangan. Aristotel va uning shogirdi botanik Teofrast (milod­
dan oldingi 3 70-285-y.) o'sim liklarni o 't, buta, daraxt, hayvonlarni 
yashash joyiga qarab suv hayvonlari, quruqlik hayvonlari va havo hay- 
vonlariga bo'ladi.
Albatta, ularning klassifikatsiyasi sun’iy klassifikatsiya edi. Sun’iy klassi­
fikatsiya namoyondalaridan biri shved olimi K.Linneydir (1707—1778-y.) 
K.Linney 1735-yilda chop etgan “Tabiat sistemasi” degan asarida tur 
to'g'risida to 'la-to'kis m a’lum otlar keltirgan, uning tushunchasiga ko'ra, 
sistematikada asosiy kichik taksonomik birlik tur bo'lib, u bir-biriga o'xshash 
organizmlar yig'indisidan iborat. Biroq Linney tur o'zgarmaydi va u doimiy 
degan konsepsiya tarafdori edi. O'simliklar va hayvonlarni klassifikatsiya
74


qilishda K.Linney bitta yoki bir nechta belgisini hisobga olgan edi. Bu 
albatta sun’iy klassiflkatsiya edi. Biroq shunday bo'lsa ham Linneyning sis­
tematikada xizmati salmoqli edi. Bu o'simlik va hayvonlarning klassifika- 
tsiyasi edi. U o'simlik va hayvonlarni klassiflkatsiya qilish prinsiplarini 
yaratdi. Sistematikaga qush nom enklaturani kiritdi. Ya’ni har bir hayvon 
va o'simlik turini ikkita nom bilan atashni tavsiya qildi. Masalan, qattiq 
bug'doy triticcum durum Z, yoki uy mushugi - ftlis domestica Z, sher -
fales leo, yo'lbars — felis tigris, kuchuk — canis lamiliaris va hokazo.
H ar bir hayvon va o'simlik turidan keyin shu turni birinchi bo'lib 
tasvirlab bergan olimning familiyasi qisqartirilgan holda yoki familiyasi- 
ning bosh harfi qo'yilishini ta ’kidladi. Tartiblarni avlodlarga, avlodlarni 
oilalarga, oilalarni tartiblarga, tartiblarni sinflarga, sinflarni bo'limlarga 
birlashtirish prinsi plarini ham K.Linney asoslagan. U 10 mingdan ortiq 
o'simlik turlarini tasvirlab, ularga nom bergan buyuk allomadir.
Sistematikaga m a’lum miqdorda xizmat ko'rsatgan olimlardan biri fran- 
siyalik J.Lamark hisoblanadi. U hayvonlarni umurtqasizlar va umurtqa- 
lilarga bo'lib, chuvalchanglar tipini yassi, yum aloq va halqali chu­
valchanglar guruhiga bo'ldi. Hayvonlar tiplari to'g'risidagi tushunchani 
fransuz olimi J.Kyuvye (1769—1832) fanga kiritib hayvonlarning bir nechta 
ti plarini tasvirlab berdi.
Oila atamasi sistematikaga kiritilgandan so'ng hayvon va o'simliklar 
turlarini (Species) avlodlariga (genus), avlodlarini oilalarga (familio), 
oilalarni tiplarga (tynos, divisio) va bo'limlami dunyosiga (regnum) bo'lib 
o'rgatila boshladi. XIX asrda nemis olimi E.Gekkel (1834—1919) organik 
dunyoni 3 ta podsholikka, ya’ni protistlar, hayvonlar va o'simliklarga 
bo'lib o'rgatdi. O 'sim liklar klassifikatsiyasi borgan sari takom illashib 
bormoqda. Hozirgi kunda har bir takson uchun uning kichik yoki kat- 
talashtirilgan shakllari ishlatilmoqda, chunonchi, kenja sinf, kenja tur va 
hokazo. Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasining paydo bo'lishi bilan 
organizmlarning filogenetik sistemasi shakllana boshladi. Ya’ni organizm- 
larni klassifikatsiyalashda ularning qarindoshlik belgilari va kelib chiqishiga 
asoslangan sistematika paydo bo'ldi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish