Yashash uchun kurash.
Ch.Darvin “Yashash uchun kurash" iborasini
keng m a’noda tushungan, ya’ni organizmning o ‘zaro hamda noqulay sha-
roitlarga nisbatan kurashishini, shuningdek, o ‘zidan keyin normal nasi
qoldirishini tushungan. Ch.Darvin yashash uchun kurashning 2 xili mavjud-
ligini ta ’kidlaydi:
- Tur ichidagi;
- Tur orasidagi.
O rganizm tabiatining noqulay sharoitlarga qarshi kurashi, uning
t a ’kidlashicha, tu r ichidagi kurash, ayniqsa, keskin b o ‘ladi, chunki
ularning oziqqa, yashash sharoitga talabi xavf-xatari bir xildir. Bir xil yosh-
dagi kiyiklar, bo‘rilar hayot poygasi ham tu r ichidagi kurashga yaqqol
misoldir. Turlararo yashash uchun kurash turli shakllarda ko‘rinadi, chu-
172
nonchi, Markaziy Osiyoda keyingi 30 yil mobaynida Hindiston maynasi-
ning ko‘payishi boshqa qushlaming asta-sekin kamayishiga sabab bo'lmoqda.
Yirtqich hayvonlar turlari o ‘txo‘rhayvonlar bilan oziqlanadilar. Parazit-
lik qilib hayot kechiradigan organizmlardan jigar qurti, qoramol gijjasi
yoki g‘o ‘za o ‘rgimchak kana, karam kapalagining lichinkasi yoki madaniy
o'simliklar hisobiga yashaydigan shumg'iya, zarpechaklar ham turlararo
kurashga misoldir. Oiganizmlarning organik tabiatning noqulay sharoitlarga
qarshi kurashini ham m a joyda ko‘rish mumkin. M asalan, k o ‘pincha
qurg‘oqchilik sharoitida o ‘sadigan o ‘simliklaming ba’zi birlari (qo‘ng‘irbosh,
lolaqizg'aldoq, kiyiko‘t) qisqa muddat ichida ayni bahorda o‘sib, gullab
urug‘ beradi. Boshqa xil o ‘simlik turlari (chunonchi, yantoq, saksovul)ning
barglari mayda, reduksiyalashgan, ildizlari chuqur—15—18m gacha ketadi.
Havo haroratining pasayishi bilan qushlar va sutemizuvchilarning pat va
yunglari qalinlashadi, suvda ham, quruqlikda ham yashovchilar, sudralib
yuruvchilar, umurtqasiz hayvonlar qishki uyquga ketadi. Bulaming ham -
masi organizmlaming tashqi muhitning noqulay sharoitlariga moslashishidan
bo'lak narsa emas.
Tabiiy tanlanish. Foydali o ‘zgarishlari mavjud b o ig an , tashqi muhit
sharoitiga moslashgan individlaming yashab qolishi, zararli o ‘zgarishga ega
bo ‘lganlaming nobud bo ‘lishi tabiiy tanlanish deb ataladi. Agar sun’iy
tanlanishni inson olib borsa, tabiiy tanlanishda saralovchi bo‘lib tabiiy
sharoit hisoblanadi. Tabiiy tanlanishning shakllaridan biri jinsiy tanlanish-
dir. Jinsiy tanlanish asosida ikki jins orasidagi munosabat yotadi. Bu sohada
hattoki tuban taraqqiy etgan organizmlarda ham tanlab qo‘shilish jarayoni
kuzatiladi. Masalan, eng kuchli erkak individ, o ‘ziga ko‘p jalb qila oladigan
urg‘ochi individlar o ‘zidan keyin ko‘proq avlod qoldirish imkoniyatlariga
ega.
Tabiiy tanlanishning quyidagi xususiyatlari bor:
a)tabiiy tanlanish turga foydali bolm agan o'zgarishsiz turni o ‘zgartira
olmaydi. Tabiiy tanlanishda sun’iy tanlashga qarama-qarshi o'laroq orga
nizmlar o ‘ziga kerakli va foydali bo‘lgan o ‘zgarishlarni to ‘playdi;
b) ko‘payishsiz tabiiy tanlanish to ‘la-to‘kis o'tmaydi;
d) tabiiy tanlanishda bir individda hosil bo‘lgan instinktlar shu turdagi
boshqa individlar uchun ham foydali boladi;.
e) tanlash natijasida turda paydo bo‘lgan o ‘zgarishlar b a’zan shu turga
zarar ham keltirishi mumkin. Masalan, jam oa b o ‘lib yashovchi hayvon-
larda tabiiy tanlanish natijasida hosil bo‘lgan instinktlar podani qo‘riqlayman
deb, b a’zi hayvon individlarining o ‘limiga sabab bo‘ladi yoki asalari chaqsa
oiad i. Chumoli va term itlar o ‘z uyalarini qo‘riqlayman deb, halok b o ‘lib
ketadilar;
173
f)
organizm lar hayoti uchun zarur b o ‘lgan belgilar, uning hayoti
bo‘yicha faqatgina bir marta ishlatilsa ham agar u zarur va muhim bo‘lsa, bu
belgi tabiiy tanlanishda saqlanib qoladi. Masalan, repteliyalaming tumshug‘i
faqat tuxum dan chiqayotganda tuxum p o‘stini yoradi, yoki pillani ochib
chiqadigan (hayotda bir marta) hasharotlarning jag‘lari shular jumlasi-
dandir;
h) tabiiy tanlanish natijasida ikkita har xil turlar o ‘zaro qulay sharoit
asosida yashashi mumkin. Masalan, gulli o ‘simliklaming ulami changlatuv-
chi hasharotlar bilan yoki qisqichbaqaning aktiniya bilan simbiozi.
O rganizm lar yashayotgan muhit sharoiti vaqt o ‘tishi bilan asta-sekin
o ‘zgarib borishi yoki nisbatan o ‘zgarmay qolishi mumkin, har ikki holda
ham muayyan sharoitda yashayotgan individlarning ba’zilarida mutatsion,
kombinatsion o ‘zgarishlar bo‘lishi, boshqalarida esa oldingi avlodlarga
o‘xshash belgi-xossalar saqlanishi mumkin. Shunga asosan tabiiy tanla-
nishning stabillashtiruvchi hamda harakatlantiruvchi shakllari mavjud. Tashqi
m uhitning deyarli o'zgarm as m o‘tadil sharoitda avlod-ajdod belgilari
o ‘zgarmagan individlarning saqlanib qolishi, o ‘zgarganlarining esa qirilib
ketishi barqaror tanlanish deyiladi. Shunday tanlanishning tabiatda mavjud-
ligini ko‘pgina misollarda ko‘rish mumkin. Masalan, 1892-yili Shimoliy
Amerikada qattiq qor bo'ronidan so‘ng Bempes tomonidan 136 ta o ‘rtacha
muzlagan, chalajon chumchuqlar issiqroq xonaga keltirilgan, ulardan 72
tasi tirilib, 64 tasi o ‘lgan. Ular tekshirilganda tirik qolgan chumchuq qa-
notlari o ‘rtacha uzunlikda, o ‘lganlarining qanoti nisbatan uzun yoki qisqa
ekanligi m a’lum bo‘ldi. Stabillashtiruvchi tanlanish ta ’siri odamlarda ham
uchraydi. C hunonchi, normal odamlar hujayrasida 44 ta autosom a va 2 ta
jinsiy xromosoma uchraydi. Agar odamning urugiangan tuxum hujayrasida
44 ta autosoma va у xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda, X jinsiy xromo
soma yetishmasa, u holda homila ona qomida 2 - 3 oydan so‘ng rivojlanmay
qoladi va ayollarda tabiiy abort ro‘y beradi. Harakatlantiruvchi tanlanish esa
muhit sharoiti o ‘zgargan taqdirda u yoki bu turga kiruvchi individlar orasi-
dan irsiy o ‘zgaruvchanlikka, shu bilan yangi sharoitga anchagina mos kel-
adigan belgi-xossalariga ega organizmlar saqlanib qolib, ular orasidan
o‘zgarmaganlari nobud bo‘ladi. Ch.Darvin 5 yil sayohat davrida kuchli
shamollar tez -te z bo‘lib turadigan okean orollarida (Galapagoss) faqat
uzun qanotli yoki va qanotsiz rudiment qanotli hasharotlar borligini aniq-
ladi. Darvinning ta ’kidlashicha, bunday sharoitda normal qanotli hasha
rotlar bunday shamollarga uncha bardosh bera olmasligi sababli ular halok
b o‘lgan yoki sham ollar ularni uchirib ketgan, uzun qanotli individlarning
ayrimlari shamolga qarshilik qilib havoda uchib yurgan. Kichikroq qanotli-
lar esa havoga k o ‘tarila olmay turli yoriq, kovaklarga yashirinib olganlar. Bu
174
jarayon ko‘p ming yillar davom etishi tufayli irsiy o ‘zgaruvchanlik tabiiy
tanlanish okean orollarida qanoti uzun va qanotsiz individlarning kelib
chiqishiga sababchi bo ‘lgan. Bugina emas, shamol tez-tez bo‘lib turadigan
orollarda yoki baland toglarda baland bo‘yli daraxt yoki alohida-alohida holda
o ‘sadigan o‘t-o ‘simliklar ham tabiiy tanlanish natijasida sekin-asta yo‘qola
borgan, balandligi atigi lm ga boradigan butalar (yastik) hosil qiluvchi o ‘t-
o ‘simliklar saqlanib qolgan. Organizmlarning qaror topgan belgi, xossalari
o ‘zgarishini, yangi belgi, xossalarning hosil b o ‘lishi va rivojlanishini
ta ’minlaydigan tabiiy tanlanishga xarakterlantiruvchi tanlanish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |