Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Kasalliklarning kelib chiqishida suv omilining roli



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Kasalliklarning kelib chiqishida suv omilining roli 
Suv juda ko‘p kasalliklarni uzatuvchi va tarqatuvchi omil sifatida muhim o‘rinni egallaydi, 
jumladan infeksion hamda ayrim turdagi invazion kasalliklarning tarqatuvchisidir. Bunday holat 
juda ko‘p mikroorganizmlarning suv muhitida uzoq muddatlarda yashay olishi bilangina bog‘liq 
bo‘lmay, balki ular suv muhitida o‘zlarining virulentligini ham to‘liq saqlay oladi. Ayniqsa issiq 
iqlim sharoitida buning ahamiyati juda muhim, chunki bunday sharoitda mikroorganizmlar va 
ayniqsa patogen mikroblar juda uzoq muddatlargacha yashay oladi. Shuning uchun suv muhiti 
yuqumli kasalliklarning tarqalishida bizning Respublikada juda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 
Yuqumli kasalliklarning suv orqali tez tarqalishini aniqlash (suv epidemiyalar), ularning 
yanada keng tarqalib ketmasligining oldini olishdagi tez va samarali tadbirlarni amalga oshirishga 
imkon beradi. Shu narsani alohida nazarda tutish lozimki, suv orqali tarqaladigan epidemiyalar 
o‘ziga xos ayrim xususiyatlarga egadir, chunonchi: juda qisqa vaqt ichida katta miqdordagi bir 
turdagi kasallik aniqlanadi (ommaviy kasallanish), aniqlangan yuqumli kasallik aniq bir yashash 
joyiga ega (chegaralanganligi), kasallik aniqlanganidan so‘ng esa ifloslangan manbani 
zararsizlantirish choralari ko‘rilishi bilan kasallanish keskin kamayib ketadi. 
Suv orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar ko‘p bo‘lib, ularni bir qancha guruhlarga bo‘lish 
mumkin. Birinchi navbatda bu bakterial tabiatli ichak infeksiyalari bo‘lib, ularga vabo, qorin tifi, 
paratif A va B, ichburug‘ (dizenteriya), har xil enteritlar va enterokolitlar (patogen ichak 
tayoqchalari) kiradi. Suv orqali tarqaladigan eng xavfli ichak kasalligi bo‘lib vabo xisoblanadi. 
Kasallikning klinikasi og‘ir kechishi va pandemik tarqalish tendensiyasi tufayli vabo kasalligi – o‘ta 
xavfli infeksiyalarga kiradi. 
Ko‘pgina 
virusli kasalliklar
suv orqali tarqaladi. Bu infeksion gepatit (Botkin kasalligi), 
poliomielit, adenovirusli va enterovirusli infeksiyalar. Suv orqali tarqalishi ahamiyatli bo‘lgan 
kasallik infeksion gepatit bo‘lib , A tipdagi viruslar keltirib chiqaradi. 
Issiq iqlimli davlatlarda leptospiroz kasalliklari uchraydi. Ayrim 
bakterial zoonoz infeksiyalar
ham suv orqali tarqaladi. Bunda kasallik manbai bo‘lib kemiruvchilar (tulyaremiya) yoki 
qoramollar (brutsellez, kuydirgi) hisoblanadi. Bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari suvga bemor va 
bakteriya tashuvchilarning ajralmalari (najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar 
chiqindisi va har xil chiqindilar tushishi tufayli ro‘y beradi. Epidemiologik jihatdan ochiq suv 
manbalari ayniqsa xavotirli hisoblanadi. 
Ommaviy cho‘milish, kemalar ifloslarining suv havzalariga tashlanishi, qirg‘oqlarga axlat 
to‘kilishi va ularning yomg‘ir suvi bilan yuvilishi, suv havzalarida kir yuvish, hojatxonlarning yer 
osti suvlariga ta’siri, iflos chelaklardan quduqlarga patogen mikroorganizmlarning tushib qolishi 
ham suvning zararlanishiga sabab bo‘ladi. 
Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tug‘diradi. Shubhali ochiq 
suv manbalarida cho‘milish va mevalarni chayish ham xatarli hisoblanadi. 
Suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi juda xavflidir. Suvda rivojlanuvchi 
organizmlar — plankton, mollyuskalar, suv o‘tlari va boshqalar o‘zida radioaktiv moddalarni 
kumulyasiya qilish xususiyatiga ega, bu o‘z yo‘lida suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan 
ifloslanishiga olib keladi. 1950 yillardan boshlab, suv manbalarining sun’iy radioaktiv izotoplar 
bilan ifloslangani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar ayrim a’zolarda kumulyasiya qilinishi 
natijasida nur kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin. 
Ochiq suv havzalarining sanoat korxonalari, xo‘jalik chiqindilari bilan ifloslanishi tufayli, suv 
organik va noorganik qoldiqlar, zaharli birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. Bu aholida ko‘pgina


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
86 
surunkali zaharlanishlarni yuzaga keltiradi. bundan tashqari baliqlar nobud bo‘lishiga, suvning o‘z-
o‘zidan tozalanishi buzilishiga, organik moddalarning biokimyoviy oksidlanish jarayoni izdan 
chiqishiga sabab bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan zaharli kimyoviy moddalar ochiq suv 
havzalari bilan er osti suvlarini ham zaharlashi mumkin. 
Suv tarkibida mineral moddalar miqdori kamayib yoki oshib ketishiga qarab: flyuoroz (ftor 
miqdori oshishi), tish kariesi (ftorning kamayishi), endemik bo‘qoq (yodning oshishi), 
metgemoglobinemiya (nitratning oshishi) va boshqa kasalliklar kelib chiqishi ham mumkin. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish