Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
82
Aholi yashash joylarida hosil bo‘ladigan va chiqarib tashlanadigan chiqindilarni tashkiliy
tarzda to‘plash, uzoqlashtirish va zararsizlantirish tizimi tashkil etilmagan taqdirda ana shu
joylarning sanitar tartibini keskin yomonlashishiga sab’ab bo‘ladi.
Shuning uchun aholi yashash
joylarini axlatlar va chiqindilardan o‘z vaqtida tozalash hamda zararsizlantirish muhim gigiyenik
ahamiyatga egadir.
Aholi yashash joylarini qanday usulda bo‘lmasin tozalashda quyidagi asosiy prinsipga amal
qilish juda muhimdir - aholi imkoniyati boricha ana shu chiqindilar bilan kamroq aloqada bo‘lishi
va atrof-muhitga imkon qadar zarar keltirmasligi, ya’ni tabiiy muhitning tabiiy holiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmasligi kerak. Bu prinsipga aholi yashash joylarida to‘planadigan axlatlar va chiqindilarni
muntazam, o‘z vaqtida, maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan holda chetlashtirish va ularni
zararsizlantirishni esa iloji boricha germetik tarzda bajarilish sharoitidagina amal qilinishi mumkin.
Aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1) tashib chiqarish tizimi orqali;
2) aholi yashash joylarini kanalizatsiya bilan jihozlash orqali.
Tashib chiqarish tizimida kichik aholi yashash punktlarida hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilar
avval to‘planishi va vaqtincha saqlanishi lozim; bu tizimni qo‘llashda quyidagi holatlarga e’tiborni
qaratish kerak - chiqindilar to‘planadigan o‘ralar izolatsiya qilingan bo‘lishi kerak,
tuproq orqali
sizilib o‘tib shu tuproqni va er osti suvlarini ifloslamasligi lozim.
Axlat idishlari va o‘ralarning to‘lishi bilan tezlikda maxsus transport vositalari yordamida
ularni aholi yashash joylaridan chetga chiqarilishi va zararsizlantirilishi kerak. Suyuq chiqindilarni
zararsizlantirish assenizatsiya maydonchalari va haydash maydonchalarida amalga oshiriladi,
bunday tozalash va zararsizlantirish usuli shu maydonlardagi tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish
xususiyatiga asoslangan holda bajariladi. Kanalizatsiya tizimi aholi yashash joylarini suyuq
chiqindilardan tozalashdagi eng yaxshi variant hisoblanadi.
Kanalizatsiyalangan shahar va ishchi poselkalarida oqizish tizimidan to‘g‘ri
va unumli
foydalanilganda aholi yashash joylari doim toza bo‘lib, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar darajasi
keskin pasayadi. Kanalizatsiya deganda - turar joy binolari ichidagi har bir xonadonda hosil
bo‘ladigan suyuq chiqindilarni qabul qilish vositalari, oqizish shoxobchalari, chiqindi suvlarini
tozalash inshootlarini tushuniladi. Chiqindi suvlarini zararsizlantirish sug‘orish
va boyitish
maydonlarida, filtrlash maydonlarida yoki maxsus tozalash inshootlari majmuasida amalga
oshiriladi.
AQSHda qishloq xo’jalikini noto’g’ri yurgizilganliki uchun 1934-yildagi qattiq shamol tufayli
200 mln tonna yer yuzi qatlami uchib ketgan. Odamning xoʻjalik faoliyati ham tuproq hosil boʻlish
jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek,
yerga ishlov berish, uning meliorativ
holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir
koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda tuproq hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini
maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.Hozirgi yer usti tuproq qatlami esa 9 trillion deb baholangan.
Bundan boshqa sanab o’tilishi kerak bo’lgan va iqtisodiy qiymatga ega bo’lgan resurslar bor. Ulardan
biri, etnik va filosofik ahamiyatga ega bo’lgan bio turmaturlikni saqlash va qo’llab quvvatlashdir.
Masalan, odamlar baliq sanoatining yoqolib ketishiga yetarlicha ahamiyat
berishmasa va uni odamlarga
va ekosistemaga foydasini bilishmasa nima bo’ladi
4
?
Do'stlaringiz bilan baham: