Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Tuproqning fizik-mexanik xossalari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Tuproqning fizik-mexanik xossalari 
Tuproqning fizik-mexanik xossalari qatoriga uning donadorligi, g‘ovakliligi, o‘zida nam va 
suvni tutish xususiyati, kapillyarliligi, namligi, suv o‘tkazuvchanligi kabilar kiradi va ular 
tuproqning boshqa xossalarini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa turli xildagi obektlar, chunonchi 
- turar-joy binolari, davolash-profilaktika muassasalari, maktabgacha va maktab muassasalari, 
korxonalarni qu’rish uchun yer-joy tanlash, aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash va 
obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir. 
Yirik donador tuproq yuqori g‘ovakli bo‘ladi, shuning uchun bunday tuproqda aeratsiya 
jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tuproq muhiti tez quriydi, tuproqqa tushgan organik va 
anorganik iflosliklarning o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni jadallikda boradi. Kichik zarrachali 
tuproqda esa yuqoridagilarning aksi bo‘lib, bunday tuproq muhiti o‘zida namni ko‘p va uzoq 
muddatlarda ushlaydi, o‘zidan suvni kam va juda sekin o‘tkazadi, yuqori kapillarlilikka ega, 
shuning uchun gigiyenik nuqtai-nazardan bunday tuproq nomuvofiq hisoblanadi. Bunday tuproqli 
joylarga turar-joy va jamoat hamda ma’muriy binolar qurilgan bolsa, binolarning erto‘lalari va 
birinchi qavatdagi xonalar doim zax va namligi yuqori bo‘ladi, natijada xonalarning mikroiqlim 
sharoitlari gigiyenik talablarga javob bermaydi, yashash sharoitlari keskin yomonlashadi. Bunday 
tuproqli sharoitda o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda yomon va sekinlik bilan boradi. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
80 
6.2. Tuproqning epidemiologik ahamiyati. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanishi. 
Tuproq muhitida doimo turli xildagi mikroorganizmlarning bo‘lishi tabiiy bir holdir. 
Ifloslanmagan tuproq tarkibida asosan saprofit mikroorganizmlar bo‘lib, ular organik va anorganik 
birikmalarning parchalanishida ishtirok etadi. Biroq tuproq muhiti insonlarning chiqindilari - najas, 
peshob, xo‘jalikda hosil bo‘ladigan qattiq va suyuq chiqindilar, uy hayvonlarning axlatlari kabilar 
bilan ifloslanishi mumkin. Natijada bunday tuproq tarkibida patogen mikroorganizmlar paydo 
bo‘ladi, inson organizmi uchun xavf-xatar tug‘dirishi mumkin. 
Qoida bo‘yicha patogen mikroorganizmlar tuproqning yuza qismida hayot kechiradi (1-10 
sm). Bunday kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar tuproq muhitida ancha uzoq muddatlargacha 
hayot kechirishi va o‘zining virulentligini saqlab qolishi mumkin. Tuproq tarkibida bo‘ladigan 
patogen mikroblar suv bilan yuvilib, suv havzalarini ifloslaydi, ifloslangan tuproqli sharoitda 
etishtirilgan sabzovot va mevalararni ifloslaydi va natijada odam organizmiga tushib, turli 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Tuproq muhiti turli kasalliklarning tarqalishida insonlarning u bilan bevosita aloqasi yoki 
bilvosita aloqalarning tutgan o‘rni ham kattadir. Bundan tashqari, tuproq muhiti turli gelmentlar va 
ularning tuxumlari bilan ifloslanishi mumkin, shu bilan bir qatorda ayrim turdagi gelmentlar 
o‘zlarining yashash va rivojlanish bosqichlarini tuproq muhitida o‘tkazadi. Gelment tuxumlari 
tuproq tarkibida juda uzoq muddatlargacha saqlanishi va o‘rtacha 14 oygacha o‘zlarining invazion 
xususiyatlarini saqlashlari mumkin. Bunday sharoitda shu tuproqda etishtirilgan sabzavot va 
mevalar yuvilmay iste’mol qilinganda, yoki shunday ifloslangan tuproqli joylarda bolalarning 
o‘ynashi orqali ular odam organizmiga o‘tadi, natijada gelmentoz kasalliklarini ko‘payishiga 
sababchi bo‘ladi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish