Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Mikroorganizmlarning tuproq muhitida yashash muddatlari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

 
Mikroorganizmlarning tuproq muhitida yashash muddatlari 
Bakteriyalar 
Tuproqda yashash muddati, oy 
O‘rtacha 
maksimal 
Qorin tifi salmonellalari 
0,5 
12 
Ichburug‘ tayoqchalari 


Vabo vibrionlari 
0,5 

Sil mikobakteriyalari 


Brutsella 
0,5 

O‘lat 
0,1 

Tulyaremiya qo‘zg‘atuvchilari 
0,5 
2,5 
Ifloslangan tuproq muhiti infeksiyalar va inyaziyalarning uzatilishida muhim omil bo‘lib 
qoladi. Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi geokimyoviy epidemiyalarning kelib 
chiqishini belgilab berishi ham mumkin. Shuning uchun aholi yashash joylarini turli xildagi 
chiqindilar va iflosliklardan muntazam tozalab turilishiga ehtiyoj tug‘iladi va tuproq muhitining 
ifloslanishining oldini olishga doir tadbirlarning ishlab chiqilishini talab etadi. 
Tuproq muhitini ifloslashi mumkin bo‘lgan manbalar juda ko‘p va xilma-xildir. Masalan, 
qishloq aholi yashash joylarida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish ob’ektlari (pestitsidlar, mineral 
o‘g‘itlar, chorvachilik), shahar sharoitida esa xo‘jalik chiqindilari, ko‘cha supirindilari, sanoat 
korxonalarining chiqindilari bo‘lishi mumkin. Sanoat korxonalari oxirgi o‘n yilliklarda atrof-
muhitni ifloslovchi asosiy ob’ektlar bo‘lib qolmoqda va hattoki qishloq aholi yashash joylarining 
ifloslanishida ularning tutgan o‘rni yuqori ekanligi aniqlanmoqda: birinchidan zararli moddalarning 
manbai bo‘lgan korxonalarni shahar hududidan chetga chiqarilishi bo‘lsa, ikkinchidan atmosfera 
havosiga chiqariladigan gaz, tutun, chang, bug‘, kul ko‘rinishidagi iflosliklar havo oqimlari tufayli 
qishloq hududlarini ham ifloslaydi. Ifloslangan havo muhitidagi zararli moddalar atmosfera 
yog‘inlari orqali tuproq muhitini ifloslovchi manbaga aylanadi. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
81 
Tuproq muhitining kimyoviy ifloslanishi fan-texnika taraqqiyotining eng salbiy oqibatlaridan 
biri hisoblanadi. Tuproq muhitining kimyoviy iflosliklardan tozalanishi juda sekinlik bilan 
boradigan jarayon hisoblanadi va shuning uchun ham tuproq muhitini kimyoviy ifloslanishiga yo‘l 
qo‘ymaslik eng asosiy muhofazalash variantidir. Tuproqning organik ifloslanishiga kelganimizda, 
uning o‘z-o‘zidan tozalanishini inobatga olish talab etiladi. Organik birikmalarning o‘z-o‘zidan 
tozalanishi natijasida kichik miqdorlardagi ifloslanishlar oxirgi mahsulotlargacha parchalanib ketadi 
va mineral tuzlar, suv, C0
2
va chirindiga aylanadi. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda 
murakkabdir. Suyuq holdagi iflosliklar tuproq orqali filtrlanadi, kolloidli moddalar va qo‘lansa 
hidga ega bo‘lgan gazlar sorbsiyalanadi, suyuqlik tarkibidagi organik moddalar esa ularning 
fizikaviy va kimyoviy xossalariga muvofiq aerobli va anaerobli sharoitlarda parchalanishga 
uchraydi. 
Aerobli 
sharoitda 
karbonsuvlar 
va 
yog‘lar tuproq tarkibida bo‘ladigan 
mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari ta’sirida suv va CO
2
va chirindi mahsulotigacha 
parchalanib ketadi. 
Oqsilli moddalar aerobli sharoitda ham, anaerobli sharoitda ham I-bosqichda tuproq 
mikroorganizmlari ta’sirida ammonifikatsiya jarayoniga uchraydi, 2-bosqichda esa aerobli sharoitda 
nitritlargacha parchalanadi. Keyinchalik nitritlar nitrobakteriyalar ta’sirida nitratlargacha 
parchalanadi. Anaerobli sharoitda organik moddalarning parchalanishidan qo‘lansa hidga ega 
bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi. 
Tuproqda aeratsiya sharoiti yaxshi bo‘lsa, o‘z - o‘zidan tozalanish jarayoni juda yaxshi ketishi 
uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari organik moddalarning parchalanishi uchun yuqori 
bo‘lmagan tuproq namligi hamda bakteriotsid ta’sirga ega bo‘lgan quyosh nurlarining ultrabinafsha 
radiatsiyasining ahamiyati ham kattadir. Ammo, bu omillar ta’sirida tuproqning yuza qatlami doimo 
toza bo‘lishi mumkin. Organik moddalarning parchalanishi natijasija chirindi hosil bo‘ladi. 
Gummus - bu moddalar kompleksi bo‘lib, o‘z tarkibiga gemitsellulozalarni, yog‘larni, organik 
kislotalarni, mineral moddalarni, protein komplekslarini va sanitar saprofitlarni oladi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish